Ii bob. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda ijtimoiy-iqtisodiy omillarni takomillashtirish
Download 116.69 Kb.
|
jamiyat taraqqiyotida biznesning ma\'naviy o\'rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
Mundarija: Kirish…………………………………………………………………………..2-6 I bob. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji - iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili ………………………………………………………………..…..6 1.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning muhim soxasi sifatida ………………………………………………………………………………..7-10 1.2. Milliy iqtisodiyot hududlarida kichik biznes sohasining o’ziga xos xususiyatlari.................................................................................................... 11-12 1.3. Mintaqalarda kichik biznes sohasining davlat tomonidan qo`llab quvvatlanishi…………………………………………………………………13-16 II bob. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda ijtimoiy-iqtisodiy omillarni takomillashtirish ……………………………………………….………………162.1. Kichik biznesni ijtimoiy-iqtisodiy omillari…….…….……………….. 16-20 2.2. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish muhiti…………………...20-26 2.3. Kichik va o`rta bizneslarni qo`llab- quvvatlash to`g`risida…………….27-29 Xulosa……………………………………………………………………….29-32 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………33-34 Kirish Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiy va ijtimoiy sohada ijobiy natijalarga erishish ustuvor yo’nalishlardan hisoblanadi. Bu yo’nalishda 2011 yilda «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik»ga bag`ishlangan dasturni qabul qilinishi sohani rivojlantirishda muhim omil bo’lib hisoblanadi. 5 Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar shakllanib, xususiy mulk va kichik biznesning o’rni va ahamiyati tobora mustahkamlanmoqda. Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining hissasiga mamlakat yalpi ichki mahsulotining 53 foiz, ish bilan band bo’lganlarning 74 foiziga to`g`ri kelmoqda1 . Kurs ishning dolzarbligi. Mamlakatimizni modernizastiya qilish va yangilashning ishonchli tayanchi bo’lgan mulkdorlar sinfini shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining o’rni kattadir. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov “...kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida hal qiluvchi tarmoqqa, ijtimoiy faol aholimizning katta qismini qamrab olgan sohaga aylandi. Hozirgi vaqtda ish bilan band aholimizning 74 foizidan ortig`i aynan shu sohada mehnat qilayotgani buning yaqqol tasdig`idir. Birgina 2011 yilda respublikamizda yaratilgan qariyb bir millionga yaqini ish o’rinlarini 64 foizi shu sohaga to`g`ri keladi. Kichik biznes sub`ektlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni sotish hajmi 2011 yilda 600 milliard so’mni tashkil etgani, zarur xom ashyo resurslarini qo’shib hisoblaganda, bu ko’rsatkich 2 trillion 800 milliard so’mdan oshdi.Shuning uchun ham bu soha uchun yangi imkoniyat, imtiyoz va preferensiyalar yaratib berish va uning rivojini yangi bosqichga ko’tarish masalalariga katta ahamiyat berilmoqda”2 deb ta’kidlaganlar. Yana bir muhim yondashuv, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda birinchi navbatda zamonaviy texnologiya va asbob-uskunalar asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, ichki va tashqi bozordagi o’zgarishlarga tez moslashadigan xususiy tadbirkorlik sohasini taraqqiy ettirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida ko’p mablag` talab etmaydigan xo’jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori suratlarini ta’minlaydi, iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurslar cheklanganligi sharoitida iste’mol bozorini shakllantirish va uni to’ldirish muammosini tez hamda tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar iste’mol talabining o’zgarishiga darhol moslashadi va shu yo’l bilan iste’mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta’minlaydi. Kichik biznes yangi ish o’rinlarini yaratishi bilan ishsizlik muammosini hal etishda muhim rol o’ynaydi. Hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o’sish sur’atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo’lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi o’rin tutmoqda. Oxirgi yillarda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi korxonalar soni yil sayin ortib borayotgani soha izchil rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Mustaqillik yillari mobaynida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy va huquqiy asoslari yaratilganligini qayd etish joiz. Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati sezilarli darajada yaxshilandi. Biroq, amalga oshirilgan ishlar ko’lamiga qaramasdan mintaqalarda bu sohada hali yechimini kutayotgan muammolar ham bor. Jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining turli kesim (tuman, tarmoq va tadbirkorlik shakillarda rivojlanish xususiyatlarida muvozanatsizlik holatlarini ko’rish mumkin. Respublikamizning barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlashda mintaqalarning tabiiyiqtisodiy salohiyatidan oqilona foydalanish, ular asosida sanoatni oqilona joylashtirish va rivojlantirish amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «Iqtisodiyotimizning hududiy tarkibini takomillashtirish, foydalanilmayotgan resurslar va iqtisodiy imkoniyatlardan yuqori darajada foydalanish, shakllanib qolgan hududiy nomutanosibliklarni bartaraf etish hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biridir” O’zining boy tabiiy-iqtisodiy salohiyati bilan respublika iqtisodiyotida Buxoro viloyati alohida o’ringa ega. Buxoro viloyatida ishlab chiqarilayotgan yalpi hududiy mahsulotning tarkibida sanoatning ulushi (19,5 %) nisbatan kichik bo’lib, mineral xom ashyo resurslari va mavjud talab bilan o’zaro muvofiqlashmagan. Ayniqsa sanoat korxonalarining joylashtirishda ma’lum tizimning yo’qligi sanoat bilan qishloq xo’jaligi, ijtimoiy soha, infratuzilma o’rtasida nomutanosibliklar mavjud va ularning kuchayishi kuzatilmoqda. Ayniqsa, viloyat tumanlarida kichik sanoat korxonalarini joylashtirishda bir qator muammo va kamchiliklar mavjud bo’lib iqtisodiyotni barqaror va muvofiqlashgan holda rivojlanishiga to’siq bo’lmoqda. Yuqorida keltirilgan nomutanosiblik va muammolar viloyatimizni barqaror rivojlantirishda sanoatni ulushini oshirish, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarning undagi salmog`ini oshirish yo’li bilan rivojlantirish istiqbollarini ilmiy asoslashni zarurligini ko’rsatmoqda. Kurs ishning maqsadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotni modernizastiya qilish sharoitida, xususan Buxoro viloyatida sanoatni rivojlantirish va oqilona joylashtirishni tartibga solish mexanizmini takomillashtirishda kichik biznesning o’rniga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar va chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shu bilan birga iqtisodiy fanlarni o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash jihatlarini o’rganish. Mazkur bitiruv malakaviy ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagilar bitiruv malakaviy ishining vazifalari etib belgilandi: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining nazariy-uslubiy asoslarini o’rganish; mintaqa iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining o’rnini asoslash hamda o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mintaqaviy muammolarini bartaraf etishga asos bo’ladigan omillarni aniqlash; bozor islohotlarini va iqtisodiyotni modernizastiyalash sharoitida sanoat korxonalarini joylashtirishning o’ziga xos umumiy va mintaqaviy xususiyatlarini ilmiy asoslash; viloyatda sanoat korxonalarini joylashtirishga ta’sir etuvchi asosiy omillarni chuqur tahlil qilish; viloyatda sanoatni oqilona joylashtirishning asosiy yo’nalishlari va ko’rsatkichlarini ilmiy asoslash; viloyatda sanoatni oqilona joylashtirishning huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlari bo’yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishi predmeti–mintaqa sanoatni taraqqiy ettirishda kichik biznesning o’rni. Kurs ishi ob`ekti bo`lib, mintaqa iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining o’rni. Bitiruv malakaviy ish kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat. Kurs ishning birinchi bobida O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining xususiyatlariga bag`ishlangan bo’lib, unda iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili sifatidagi xususiyatlari, mamlakatimiz hududlarida kichik biznes sohasining o’ziga xosligi va mintaqalarda kichik biznes sohasining davlat tomonidan qo`llab quvvatlanishi haqida ma’lumot berilgan. Bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobida esa, Buxoro viloyati sanoatini taraqqiy ettirishda kichik biznesning o’rniga bag`ishlangan bo’lib, unda Buxoro viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi xususiyatlari, viloyat tumanlarida kichik biznes rivojlanishining iqtisodiy tahlili va viloyatimiz sanoatini taraqqiy ettirishda kichik biznesning o’rni haqida batafsil ma’lumot berilgan. Uchinchi bobda iqtisodiy fanlarni o`qitishning o’ziga xos xususiyatlariga bag`ishlangan bo’lib, unda iqtisodiy fanlarni o`qitishda noan’aviy ta’lim metodlarning mohiyati va dars jarayonida ularni qo’llash xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. I bob. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji - iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning muhim soxasi sifatida Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik qobiliyati asosiy iqtisodiy resurslardan biri hisoblanib, inson omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. Tadbirkor – bu ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish borasida bilim va malakaga ega bo’lgan, foyda olish maqsadida tavakkalchilik bilan ish ko’ra oluvchi tashabbuskor shaxs. Tadbirkorlikning muayyan mahsulotlarini ishlab chiqish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha faoliyati tadbirkorlik faoliyatini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi qonunida ta’riflanishicha, ”Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad(foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” 4 . Tadbirkor faoliyati asosida bir qator shart va talablar mavjud bo’ladi. Birinchidan, tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va “katalizator” vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u mustaqil qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor-tashkilotchi shaxs bo’lib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To’rtinchidan, tadbirkor – tavakkat qilishdan qo’rqmaydigan insondir. U nafaqat o’z molmulki, vaqti, mehnati bilan, balki o’z sheriklari, hissadorlari qo’shgan mablag`lar bilan ham tavakkal qilishga boradi. Tadbirkorlik faoliyati to`g`risida yuqorida keltirilgan turli xil fikr va yondashuvlarni umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin: tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohadan qat’iy nazar, foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishida quyidagi bir qator qoidalarga rioya etilishi talab qilinadi: tadbirkorning xo’jalik yuritish bo’yicha huquq va erkinliklarga ega bo’lishi shart; tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o’zi tomonidan ham, unig mol-mulki asosida ish yurituvchi sub’ekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkinligi; xo’jalik yuritish erkinligini ta’minlovchi qulay iqtisodiy muhit va ijtimoiy-siyosiy sharoitning mavjud bo’lishi; mulkchilik va o’zlashtirishning turli-tuman shakllari va turlarining mavjudligi; tadbirkorning maxsus bilimga, ma’lumot va malakaviy tayyorgarlikka ega bo’lishi. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari xilma-xil bo`lib, ular orasida o’zining xo’jalik yuritish ko’lamini cheklangani bilan ajralib turuvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim o’rin tutadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o’rni va ahamiyati bu soha tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalar orqali namoyon bo’ladi. Bunday vazifalarning turli-tumanligi esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining jahondagi barcha mamlakatlar uchun ham, o`ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan alohida bir mamlakat uchun ham qandaydir darajada ahamiyat kasb etishdan darak beradi. Prezidentimiz bu borada Konstitustiyaning 18 yiligiga bag`ishlangan tantanli marosimdagi ma’ruzasida quyidagilarni ta’kidlagan edi: ”Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali biz mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bilan o’rta sinfining shakllanishiga va unga tobora mustahkam bo’lib borishiga erishmoqdamiz. Barchamizga ayonki, aynan ana shu ijtimoiy qatlam- ya’ni o’rta sinf yurtimizda amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirishdan, mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishidan eng ko’p manfaatdordir. Shu bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo’lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda”5 . Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ahamiyati, eng avvalo uning iste’mol bozoridagi muvozanatini ta’minlash vazifasini ta’kidlash lozim.Uzoq yillik sobiq rejali iqtisodiyot tajribasidan ma’lumki, o’ta darajada yiriklashgan ishlab chiqarish ehtiyojlari va talab tuzilishidagi o’zgarishlarga qiyin moslashuvchan, harakatchanlik borasida o’ta sust hisoblanadi. Bundan farqli o’laroq, kichik biznes va xususiy tadbirorlik iqtisodiyotning eng moslashuvchan, o’zgarib turuvchi talabga tez javob beruvchi sohasi hisoblanib, turli ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, iste’molchi uchun zarur bo’lgan mahsulot va xizmatni yetkazib berish muammosini zudlik bilan hal etadi. Shu bilan birga, ular aholi ehtiyojlarini o’zgarishi natijasida mahsulot turlarini o’zgartirish va ishlab chiqarishga joriy etishni ishlab chiqarishga nisbatan kam xarajat qilgan holda amalga oshiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ahamiyati, ayniqsa, ko’lami jihatidan katta bo’lmagan yangi bozorlarni o’zlashtirishda yaqqol namoyon bo’ladi. Mavsumiy, milliy, mahalliy ahamiyatga molik ba’zi mahsulot va xizmatlar talab hajmiga ko’ra yirik ishlab chiqarish uchun ko’p ham istiqbolli hisoblanmaydi. Biz kundalik turmushda kerak bo’ladigan uy-ro’zg`or buyumlaridan tortib ularning ta’siri va shu kabi maishiy xizmatlarni ko’rsatadigan korxonalarning rolini odatda to’la tasavvur eta olmaymiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy sohadagi xizmatlardan biri bu aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishdir. O’z navbatida mazkur vazifani ikkita asosiy yo’l orqali bajarish mumkin: yangi ish o’rinlarini barpo etish va vaqtincha bo’sh bo’lgan yoki ish bilan qisman band bo’lgan aholini ishga jalb etish, yoki boshqacha aytganda, ikkilamchi bandlikni ta’minlash. Aholining ish bilan bandligi va qo’shimcha daromad olish imkonini yaratish orqali jamiyatdagi muvozanatni saqlashga katta hissa qo’shish mumkin. Ushbu jihatlarni Prezidentimiz “Ichki bozorimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirishga buguni kunda eng dolzarb masalalardan biri bo’lmish, aholimizning, avvalambor, yoshlarni ish bilan ta’minlash va shu asosda ularning munosib daromad topishi, farovonlikning oshib borishiga erishishda ayni shu sohani tez va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish eng asosiy omillardan biri ekanini hech unutmasligimiz darkor", deb ta’kidlab o’tganlar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining rivojlantirilishiga xo’jalik yuritishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi salbiy oqibatlarini bartaraf etishdagi asosiy yo’nalishlar sifatida ham qarash mumkin. Jumladan, aynan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi davrida noto`g`ri yuritilgan ijtimoiy siyosat oqibatida yirik shaharlarda ishlab chiqarishning haddan ziyod to’planishi, kichik shahar va qishloq joylarida esa ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning past darajada qolishi tabaqalashuvni keskinlashtirdi. Bundan yaroqsiz usul ayniqsa, mamlakatimizdagi ko’plab shahar va qishloqlardagi ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Respublika aholisining asosiy qismi qishloqlarda joylashganiga qaramay, mavjud ortiqcha ish kuni uchun yangi ish joylarini tashkil etish muammolari hal etilmadi. Shunga ko’ra, bu muammoni tezlik bilan hal etishning asosiy yo’llardan biri-kichik korxonalarni, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarishga va qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisosolashgan kichik korxonalarni tashkil etishdir. Milliy iqtisodiyot hududlarida kichik biznes sohasining o’ziga xos xususiyatlari O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi bu jarayondagi eng muhim ustuvor yo’nalishlardan biri-kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinliklar berish bilan tavsiflanadi. Bu toifadagi sub’ektlarga mustaqillik berish ularda faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini yanada oshiradi, mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi muttasil orta borishiga zamin bo’ladi. Mintaqaviy rivojlanishni tartibga solishning ma’nosi davlatning alohida hududlarning, birinchi navbatda ma’muriy-hududiy bo’linmalarning barqaror va majmuali ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishini ta’minlash borasidagi harakatlari tushuniladi. Bunda “Mintaqa” tushunchasiga aniqlik kiritish kerak deb, hisoblaymiz. Mintaqa – avtonom respublika, viloyat, shahar, tuman, hudud bo’lib, mamlakatning ma’muriy-hududiy bo’linishi va tabiiyiqtisodiy shart-sharoitlari bo’yicha farqlanuvchi ma’lum bir qismi hisoblanadi . Bundan kelib chiqqan holda biz “Mintaqa” va “hudud” terminlaridan sinonimlar sifatida foydalandik. Hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o’sish sur’atlarini jadallashtirishda, balki, mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo’lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi o’rin tutmoqda. Bunga asosan huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotning mazkur sektori uchun barqaror qulaylik, imtiyoz va kreditlar tizimini shakllantirish masalalariga jiddiy e’tibor berilayotgani tufayli erishilmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotida ahamiyati tobora oshib borayotgan kichik biznes sub’ektlari xo’jalik yuritishning shaxsiy manfaatdorlik, tashabbuskorlik va mulkiy javobgarlik tamoyillariga tayanib, mulkchilikning turli shakllari teng huquqlilik va sog`lom raqobat asosida rivojlanib borishiga asoslanadi. O’z mulkiga, etishtirgan mahsulotiga sohiblik hissiga, ixtiyoridagi mol-mulk, moliyaviy va moddiy resurslarni mustaqil tasarruf etishiga ko’ra, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga to’la mos tushadi. Uning mamlakatda bandlik muammosini hal etish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishdagi imkoniyatlari esa juda katta. Shularni inobatga olib, O’zbekistonda bu sohaning rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Kichik tadbirkorlikning o’ziga xos quyidagi xususiyatlaridan kelib chiqilmoqda: bozordagi talabga tez moslasha borib, sifatli mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati; nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni qondira olishi; dastlabki sarmoyasi nisbatan kichikroq hajmda ekanligi; tez orada yangi ishchi o’rinlari barpo etish hamda bandlik muammosini hal etishga ko’maklashish imkoniyati; tegishli vazifalarni amalga oshirishda biznes egasi (tadbirkor)ning bevosita ishtiroki. Keyingi yillarda mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi: ulgurji va chakana savdo tizimi isloh qilindi; kichik tadbirkorlik korxonalariga infratuzilma bo’linmalari tomonidan xizmat ko’rsatishning samarali tizimi yaratilmoqda; kichik tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish hamda tadbirkorlik erkinligini kafolatlash tizimi shakllanmoqda; tadbirkorlarni Davlat ro’yxatiga olish va hisobga qo’yishning yengillashtirilgan va xabardor qilish tartibi joriy etildi; birja savdolari orqali tadbirkorlarning moddiy-texnik resurslarni erkin sotib olishiga qulay shart-sharoit yaratildi; mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlarini majburiy standartlashtirish va sertifikatlash jarayoni soddalashtirildi; soliq yukini pasaytirish va soddalashtirish choralari ko’rildi; statistika va soliq hisobotining qisqartirilgan shakli kiritildi; kichik tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi; ish boshlovchi tadbirkorlar uchun dastlabki sarmoyani shakllantirish va boshqa shakllardagi yangi moliyaviy qo`llab-quvvatlash tizimi joriy etildi va boshqalar. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kichik biznes korxonalari xususiy mulk asosida tashkil etiladi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, kichik biznesni qo`llab-quvvatlash hamda tadbirkorlarning huquqlari va manfaatlarini himoyalash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida iqtisodiyotning bu tarmog`i tobora mustahkamlanib, uning respublikamiz iqtisodiyotidagi o’rni, ish bilan ta’minlash va mahsulot ishlab chiqarishdagi salmog`i yildan-yilga oshib bormoqda. 2011 yil YaIMda kichik tadbirkorlikning hissasi 53,0 foizga yetdi. Kichik biznesning iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishdagi hissasi sanoatda 24,1 foizni, qishloq xo’jaligida 98,5 foizni, umumiy chakana tovar aylanmasida 51,5 foizni, aholiga pullik xizmatlar ko’rsatishda 50,5 foizni, avtomobil transporti yuk aylanmasida 41,3 foizni, yo’lovchi tashish hajmida 79,3 foizni tashkil etdi (2 -jadval). Mintaqalarda kichik biznes sohasining davlat tomonidan qo`llab quvvatlanishi O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim jihatlaridan biri, bu-kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirish asosida mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmini keskin oshirish, bandlik masalalarini hal qilish, aholi daromadlarini ko’paytirish hamda milliy farovonlikni ta’minlashdan iboratdir. Chunki, yirik ishlab chiqarish ob’ektlariga qaraganda kam sarmoya talab qiladigan hamda turli o’zgarishlarga moyil bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mahsulot turlarini yangilash, ishlab chiqarishni modernizastiyalash va shu bilan birga, bozor kon’yunkturasining beqaror hamda vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadigan iqtisodiy inqirozlari sharoitiga tez moslashuvchandir. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rag`batlantirilishi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hal qiluvchi strategik omillaridan biri hisoblanadi. Hukumatimiz tomonidan chiqarilgan bir qator qarorlar natijasida boshlangan kichik biznes korxonalarini tashkil etish va uni rag`batlantirish jarayoni keyingi yillarda iqtisodiyotimizda muhim ijobiy o’zgarishlarga olib kelmoqda. Davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash deganda, bir tomondan, davlat tuzilmalari tomonidan kichik tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirishni rag`batlantirish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish tushunilsa, boshqa tomondan, unga moddiy va moliyaviy resurslar kiritish ko’zda tutiladi. Davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash soliq solish, kreditlash, sug`urtalash va investistiyalashdagi imtiyozli tartiblar va xokazolar shaklida namoyon bo’lishi kerak. Bu holda, u boqimandalikni rag`batlantirish bo’lmaydi va kichik korxonalar tomonidan doimiy holat yoki raqobatbardoshlik va rentabellikni oshirishning asosiy manbai sifatida qaralmaydi. Zamonaviy sharoitlarda davlat ko’magining asosiy tamoyili biznesni ma’muriy-direktiv boshqarishni asta-sekin qisqartirish va bozor xo’jaligini barqaror yuritish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratish bo’lmog`i lozim. Davlat ko’magi tarmoqli xususiyatlar, shuningdek, xorijiy tajribani hisobga olgan holda tadbirkorlikning raqobatbardoshligini rivojlantirish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar, omillar yaratish sifatida namoyon bo’lishi kerak. Tadbirkorlikni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning eng muhim vazifalari kichik korxonalarga teng huquqlarni ta’minlash, kichik va yirikroq korxonalar o’rtasidagi xo’jalik imkoniyatlari bo’yicha farqni imkon qadar kamaytirish. Ya’ni raqobatli bozor munosabatlarida teng huquqlilikni, faoliyat turini erkin tanlash va mustaqillik hamda ishbilarmonlikni namoyon etishning shakl va usullarini erkin tanlash sharoitida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda teng imkoniyatlar yaratish, tadbirkorlarning huquqlari va javobgarligini, imkoniyatlari va tavakkalchiligini aniq belgilashdir. Bunda ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik, siyosiy va boshqa qulay sharoitlar mavjud bo’lsagina biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish mumkin. Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi xo’jalik yuritish tizimini yaratishning bozor mexanizmlariga asoslanib respublikaning joriy va istiqbolli rivojlanish bosqichlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga erishish vositasi hamdir. Iqtisodiy islohotlarning haqiqiy maqsadi-iqtisodiy o’sishga erishish, aholining yuqori turmush darajasini ta’minlovchi samarali iqtisodiyotni yaratish, O’zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatida real ishtirok etishini ta’minlashdir. Davlatning iqtisodiyotga, shu jumladan, kichik biznes taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko’rsatishi davlat tomonidan shu sohaga taalluqli qonunlar yaratilishi bilan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan «Tadbirkorlik to`g`risida»9 , «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish»10, «Korxonalar to`g`risida»11, «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantirish»12 to`g`risidagi qonunlar shu yo’lda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar natijasidir. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, iqtisodiyotning ushbu sektorini rivojlantirishning zarur me’yoriy-qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, ularni samarali amalga oshirish mexanizmi shakllana boshladi va uni davlat tomonidan keng miqyosda qo`llab-quvvatlash tizimi vujudga keltirildi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida O’zbekiston Respublikasining “Erkin tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi13 qonuni va respublika hukumati tomonidan boshqa ko’plab me’yoriy xujjatlari qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bunday chora-tadbirlar ijobiy natijalarini bera boshladi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksport qilish, mavjud zaxiralardan tejamkorlik bilan foydalanish asosida sifatli va arzon xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarib, aholi turmush farovonligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, makroiqtisodiy va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash choratadbirlari amalga oshirilishi natijasida oxirgi yillarda kichik tadbirkorlikning rivojlanishida ijobiy siljishlar ro’y berdi. Uning kelgusida ham jadal sur’atlar bilan rivojlanishi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor vazifalaridan bo’lib qoladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tez sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlamasdan barqaror iqtisodiy o’sish va ijtimoiy soha muammolarini hal etish mumkin emas. Hozirgi kunga qadar mamlakatimizda davlatning kichik biznesni qo`llab-quvvatlashi asosan quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirib kelindi: mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun lozim bo’lgan huquqiy-me’yoriy asos yaratildi; kichik biznesning rivojlanishida ustuvorliklar belgilandi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashning Dasturi ishlab chiqildi va joriy etilmoqda; kichik biznesning rivojlanishiga yordam beruvchi bozor infratuzilmasiga asos solindi; imtiyozli soliq, subsidiyalar, davlat va byudjetdantashqari fondlardan beriladigan imtiyozli kreditlar, xalqaro moliya institutlari kreditlarini jalb etish kichik biznes rivojlanishini rag`batlantiradi; huquqiy va jismoniy shaxslarga xorijiy va milliy valyutada mikrokredit berish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etilmoqda. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun davlat tomonidan belgilanayotgan soliq imtiyozlari etarli darajadagi rag`batlantiruvchi rol o’ynayotganligi hisoblanadi. Jumladan, bu borada 2011 yilda kichik sanoat korxonalari uchun yagona soliq to’lovi 7 foizdan 6 foizga pasaytirildi va 2012 yilda 5 foizga tushirilishi rejalashtirilmoqda, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o’rtacha 1,3 barobar kamaytirildi. Download 116.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling