Ii bob. Klauzius-Klapeyron tenglamasini keltirib


Kurs ishining dolzarbligi


Download 89.16 Kb.
bet2/5
Sana12.03.2023
Hajmi89.16 Kb.
#1262052
1   2   3   4   5
Bog'liq
FIZIKAAA

Kurs ishining dolzarbligi: Fizik kimyoviy jarayonlar termodinamikasining аsоsiy tushunchаlаri bо’lgаn: termodinamikaning birinchi, ikkinch, uchinchi qonunlari , jarayonlarning yo’nalishi hаqidа nаzаriy vа аmаliy tushunchаlаrgа egа bilishlаri kеrаk.
Kurs ishining maqsadi: Fizik kimyoviy jarayonlar termodinamikasi - Birinchi tur fazaviy o'tishlar, Klapeyron-Klauzius tenglamasi, shuningdek, bug'lanish, suyuqlanish va sublimatlanish issiqliklarini hisoblash hаqidаgi tushunchаlаrni hаmdа ulаrning хоssаlаrini о’rgаtishdаn ibоrаtdir.
Kurs ishining obyekti: Talabalarga birinchi va ikkinchi tur fazoviy o’tishlar. Ernfest tenglamasi haqida malumot berish.
Kurs ishining vazifalari:

  1. Birinchi va ikkinchi tur fazoviy o’tishlar.

  2. Ernfest tenglamasi haqida malumot bera oladi.

  3. Birinchi va ikkinchi tur fazoviy o’tishlarning turlarini;

  4. Faza va fazoviy o’tishlarning mohiyatini;

  5. Fazoviy o’tishlarning klassifikatsiyasini;

  6. Fizik kimyoviy jarayonlar termodinamikasi fanidagi asosiy tushunchalar;

  7. Bug'lanish, suyuqlanish va sublimatlanish issiqliklarini hisoblash


I BOB. BIRINCHI VA IKKINCHI TUR FAZAVIY O`TISHLAR
1.1. Faza o’tishlar
Kritik nuqta mavjudligini ilk bor Endryu (1869) C ni o‘rganganda kuzatgan. Bir qancha vaqtdan keyin Van-der Vaals o'zining mashhur tenglamasini taklif qiladi. Van-der Vaals holat tenglamasi kondensatsiya nazariyasi tarixiy roi o'ynagan. Bu tenglamaning muhim xossasi, bitta tenglama bir vaqtning o‘zida ham gaz, ham suyuq holatni tavsiflay olgaa Bizga umumiy fizika kursidan ma’lumki, bu tenglama m a’lum temperaturalar intervalida nomuvozanat sohaga ega. Bunday holdan qutilish uchun Maksvell teng yuzalar qoidasini kiritadi. Van-der-Vaals tenglamasi va Maksvell teng yuzalar qoidasi birgalikda kondensatsiya hodisasini tushuntirib bergan. 0 ‘sha vaqtda moddaning bir agrégat holatdan ikkinchisiga o'tishi faza o‘tishi degan nom olgan. Shunday qilib, fazalar o'tishinim; nazariyasiga asos solingan. Turli sistem aiar ustida olib borilgan tadqiqotlar faza o‘tish gaz holatdan suyuqlik holatiga o‘tish bilan chegaralangan, juda ko‘p qirrali ekanligi namoyon bo‘ldi.
Muvozanat holatdagi geterogen sistem ada tashqi ta ’sirlarning o'zgarishida modda bir fazadan boshqa fazaga o‘tishi mumkin. Masalan: suyuq holatdan gaz holatga, bir kristall modifikatsiyadan boshqasiga, normal o‘tkazgich holatdan o‘ta o'tkazgich holatga, ferromagnit holatdan param agnit holatga va h.k. Bu faza o‘tishlarning qisqacha ro'yxati bo'lib, uni yana davom ettirish mumkin. Faza o'tishlar nazariyasi hozirgi kunda juda rivojlangan bo'lib, ushbu darslik doirasida barcha nazariyalarni qamrab olish mumkin emas.
Faza o‘tishlar nazariyasini avval termodinamik nuqtayi nazardan ko'rib chiqamiz. Faza o'tishlar har doim ba’zi bir termodinamik kattaliklar uzluksizligining buzilishi bilan bog‘- langandir. O'tish nuqtasida Gibbs termodinamik potensialining birinchi yoki ikkinchi tartib li hosilalarining uzilishga duchor bo‘lishiga qarab, faza o'tishlar birinchi va ikkinchi xil faza o'tishlarga bo'linadi. Agar Gibbs termodinamik potensialidan olingan birinchi tartibli hosila uzilishga duchor bo'lsa, ikkinchi tartibli hosila esa uzluksiz bo'lsa, bunday faza o'tish birinchi xil faza o'tishlar deb yuritiladi. Agar aksincha bo'lsa, u holda ikkinchi xil faza o'tishlar deb yuritiladi.



Download 89.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling