Ii bob. Leksikologiyani o‘qitishda samarali usullardan foydalanish


Download 196.48 Kb.
bet9/17
Sana17.06.2023
Hajmi196.48 Kb.
#1544807
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
VULGARIZMLAR
Vulgarizmlar tilda mavjud bo‘lgan so‘kish va qarg’ish o‘zlardir: yer yutkur, oqpadar va h.k.
PARAZIT SO`ZLAR
Tilimizga hali o‘zlashmagan, tilda tarjimasi bo‘lgan,lekin ayrim doiralar ichida qo‘llanadigan so‘zlar bo‘lib, bularga uje, poka, uspet qilmadim, meshat qilma kabi so‘zlar kiradi
SHEVAGA XOS SO‘ZLAR
Shevaga xos so‘zlar – ma’lum hududda qo‘llanuvchi

so‘zlardir: moma, moyak, (aka, inak, ena.) Bunady so‘zlar bir tilning faqat ma’lum hududiga xos bo‘lib, boshqa joylarda o‘zgacha niom bilan yuritiladi.
Bu so‘zlardan bittasi umumxalq tili bo‘lgan adabiy til uchun qabul qilinadi va ana so‘z adabiy til uchun me’yor sanaladi: mo‘rcha, qarinja, chumoli –bu so‘zlardan chumoli adabiy tilga, mo‘rcha – Buxoro shevasiga, qarinja – Xorazm shevasiga xos so‘zdir.

1.3. DTS va uning samarali bajarilishini ta’minlash.
Davlat ta’lim standarti umumiy o’rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim uchun alohida- alohida ishlab chiqarildi.
Davlat ta’lim standarti ta’lim mazmuni shakllari vositalari , usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o’zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko’rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o’z mohiyatiga ko’ra oq’uv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, nizomlar o’quv rejasi va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. DTS ta’lim mazmunining rivojlanishida ko’zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o’rnatilishi) hisoblanadi.
Standartlashtirishda quyidagi omil muhim ahamiyatga ega:
1.) Turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2.) O’zbekistonning jahonhamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o’rta va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi mazmuni rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi;
Davlat ta’lim standarti;
1.) Ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo’lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat.
2.) O’quv fani bo’yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat.
3.) Ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o’quvchilar tomonidan bajariladigan o’quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek , bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo’yiluvchi talablarni belgilaydi.
DTS ni, uning talablarini bajarish O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysunishdan qat’iy nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o’rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS quyidagi tamoyillarga tayangan holda ishlab chiqiladi.
-DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi;
-O’quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy –iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog’liqligi;
-Umumiy o’rta (kasb-hunar va oliy ) ta’lim mazmunining insonparvarligi;
-Ta’lim mazmunining Respublikadagi barcha hududlaridagi birligi va yahlitligi;
-Ilg’or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribalarida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.

Download 196.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling