Ii-bob ma’naviyat, uning jamiyat va inson kamolotidagi o‘rni. 1 «Ma’naviyatshunoslik»
Madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi o’rni
Download 149 Kb.
|
ma\'naviyatning jamiyat hayotidagi o\'rni
1.2 Madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi o’rni
Har qanday jamiyat ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi, bor bilim olami bo’lib, u insonni qayerda yashashini belgilashga yordam beradi. Madaniy qadriyatlar inson uchun o’ta shaxsiy mohiyat va mazmun kasb etib, inson u orqali boshqa kishilar bilan, butun jamiyat bilan munosabatga o’tadi. Qadriyatlar jamiyatga manzur bo’luvchi axloq va shakillarni yaratishda va anglashda insonga yordam beradi. Taxsinga loyiq joyi shundaki, insonda boshqalarga nisbatan munozarali emas, balki muloyim munosabat shakillanadi. Munozaralar tug’ulgan holda jamiyatni mustahkamlashda munosib bo’lgan bartaraf qilishning qulay usullari topiladi. Jamiyat, avvalo tarixning muayyan bir taraqqiyoti bosqichida tabiatdan ajralib chiqqan moddiy dunyoning tarkibiy qismi bo’lib, rivojlanuvchi kishilar hayotiy faoliyatlarning majmuidir. Shuningdek, jamiyat kishilik tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tizimning aniq tipidir. Ishlab chiqarish munosabatlarining majmui ijtimoiy munosabatlar deyiluvchi jamiyatni, ya’ni tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichidagi jamiyatni vujudga keltiradi. Shaxs bilan jamiyatning o’zaro munosabatlari turli tarixiy davrlarda turlicha bo’lib, shaxs madaniyatini belgilaydi va shaxs madaniyati ham o’z navbatida muayyan bir jamiyat madaniyatida shakillanadi. Har bir jamiyat shaxs madaniyatni kamol toptirishda o’zining me’yoriy qadriyatlarini belgilaydi va shaxsning madaniyat ehtiyojlarini ta’minlaydi. Jamiyat bilan shaxsning o’zaro munosabati shaxsning erkinligi, uning, huquq va burchlari, insoniy qadriyatlar haqidagi muammo barcha tarixiy davrlaridagi muhim masala hisoblanadi. Inson tabiatning oliy mahsuli bo’lib, uning mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisi bilan belgilanadi. Inson ayni paytda ham tarixni taraqqiyotning mahsuli, ham uning sub’yektidir. Ijtimoiy munosabatlar insonni ijtimoiy vujudga aylantiradi, dunyoqarashini shakillantiradi. Inson ishlab chiqarish jarayonida faqat narsalar yaratib qolmay, o’zini, o’z shaxsiyatini ham qayta yaratadi. Bu jarayonda inson o’zini takror ijod qiladi va u ijtimoiy mavjuddir. Odam ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish natijasida shaxsga aylanadi. Inson ijtimoiy munosabatlar yig’indisi sifatida muayyan huquq va burchlarga egadir. Bu uning shaxs ekanligini ifodalaydi. shaxsning komillikka erishuvini ta’minlashda jamiyatdagi mehnat madaniyatni rivojlantirish, kishilarning siyosiy ongini oshirish, axloqiy va estetik nafosatini tarbiyashda madaniyatning tarkibiy qismlari katta vazifani bajaradi. Shaxsni sotsial jihatdan fikrlashiga ko’ra insonning mehnat madaniyati, munosabat madaniyat, axloq madaniyati, badiiy tafakkur madaniyati, dunyoqarashi ruhning olami haqida gapirish mumkin. Madaniyat ijtimoiy tizim tuzilma sifatida ilmiy bilimlarni, tafakkurni, axloqiy – estetik qadryatlarni, axloqiy – huquqiy nizomlarni, urf-odat va an’analarni qamrab oladi. Shaxs madaniyatning shakillanishida jamiyat madaniyatining quyidagi tizimlari ahamiyatlidir: siyosiy madaniyat – kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, e’tiqodlari, maqsadlarini ifodalovchi siyosiy – huquqiy g’oyalar majmui bo’lib, ma’naviy qadriyatlarning mahsus tizimini tashkil qiladi. Bu madaniyat tarixiy taraqqiyot bosqichlariga jamiyatning ijtimoiy tabaqalari manfaatlari bilan bog’liq holda vujudga kelib jamiyat siyosiy faoliyatiga uzviy bog’liq. Siyosiy madaniyat, siyosiy faoliyat sifatida ya’ni insonlar faoliyatidagi tabiatni qayta yaratish va o’zlarini tarbiyalash jarayonlarini qamrab olib, “Siyosiy ishlab chiqarishni” aks ettiradi. Bunda siyosiy faoliyat amaliy jihatdan ijtimoiy guruhdan (sotsium)ning siyosiy hokimiyat uchun bo’lgan harakatlarini belgilaydi, madaniy - nazariy jihatdan esa ijtimoyi munosabatlarni tabaqaviy dunyoqarash ruhida anglash, muayyan siyosiy g’oyalar, dasturlar ishlab chiqishni nazarda tutadi. Siyosiy madaniyat tarkibiga; mafkura, siyosiy tajriba va an’analar, siyosiy tashkilotlar, siyosiy faoliyat usullari kiradi. Siyosiy madaniyatning mavjudlik usuli: jamiyatning siyosiy – madaniy boyligi; amaliy siyosiy madaniyatdan iboratdir. Jamiyat siyosiy madaniyati taraqqiyotning ma’lum bir bosqichidagi siyosiy – ijtimoiy qadriyatlar, siyosiy tizimlar, siyosiy faoliyat usullarining majmuidir. Shaxs siyosiy madaniyati esa individ tomonidan jamiyatning siyosiy, mafkuraviy va ijtimoiy va ruhiy qadriyatlarni va usullarini o’zlashtirilishi hamda amalgam oshirishi tizimidir. Shaxs siyosiy faoliyatda qo’llash darajasining o’zaro bog’liqligi, yaxlid birligidan siyosiy madaniyat tarkib topadi. Siyosiy madaniyat tarkibi huquqiy madaniyat bilan bog’liq bo’lib, bu faqat qonunlarni bilish, huquqiy saviyadagina iborat bo’lib, qonunlarga amal qilish va ular bo’y sunish madaniyati demakdir. Umuman, huquqiy madaniyat, huquqqiy ong, huquqiy munosabatlar, huquqiy faoliyatning birlikda namoyoy bo’luvchi ma’naviy qadriyatlar tizimidir. Iqtisodiy madaniyat tushunchasida iqtisodiy bilimlar va fikrlar uslubi bilan faol ishlab chiqarish, iqtisodiy faoliyat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik omillari namoyon bo’ladi. Iqtosodiy madaniyat mazmunida madaniyat va iqtisodning o’zaro ta’siri xususiyatlari majjud bo’lib, tarkibiga iqtisodiy ong, iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy munosabat kiradi. Iqtosodiy madaniyatning mazmunini kishilarning turli sohalarda maqsadga muvofiq faoliyati, yangi sifat natijalarini tashkil etadi. Jamiyat iqtisodiy madaniyatida shaxsning iqtisodiy madaniyati uning o’zini kamol toptirishini anglab, nafaqat madaniyat qadriyatlarini yaratishi, boyitishi va iste’mol qilish darajasini, balki o’z erkinligini yangi bosqichga ko’tarilishini ta’minlayni. Aqliy madaniyat – jamiyat, sotsium, induvidlar tomonidan aqliy kamolot me’yorlariga erishish darajasidir. Kundalik turmushda, kishilar faoliyatida amal qiladigan va o’zlashtiriladigan axloqiy qadriyatlar, axloqiy kamolot me’yorlari bilan bog’liqdir. Axloqiy madaniyat – tarkibiga axloqiy ong, axloqiy munosabat va axloqiy faoliyat kiradi. Estetik madaniyat – insonning ma’naviy – hissiy faoliyat bina bog’langan qadriyatlar tizimini ifodalaydi. Estetik madaniyat jamiyat madaniyatining iqtisoslashtirilagan qismi bo’lib, uning holatini san’at va estetik munosabatlar rivojlanishi bilan bog’lab tushuntirish mumkin. Ma’naviy meros biror xalq, millat, uning vakillari tomonidan yaratilib, so‘ng umuminsoniyatning ma’naviy boyligiga, merosiga aylanib qoladi. Markaziy Osiyo xalqlarining o‘tmish avlodlari qoldirgan ma’naviy meros bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ma’naviy merosimiz jihatidan jahondagi oldingi o‘rinlardan birini egallaymiz. Prezidentimiz Islom Karimov qayd etganidek, «Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. SHuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin»3. Bularning hammasi Turon zaminida yashagan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidirkim, endi bu nodir ma’naviy merosimizni jiddiy o‘rganish, xalqimizga etkazish davri keldi. Milliy-ma’naviy merosimiz jihatdan Prezidentimiz ta’kidlaganidek jahon xalqlari orasida oldingi o‘rinlardan birida turamiz, ammo ana shu boy merosimizni o‘rganish, o‘zlashtirish, idrok etish jihatidan jahon xalqlari orasida 57 o‘rinda turishimiz achinarli holdir. Milliy – ma’naviy merosimiz bilan uni o‘rganish va idrok etish orasidagi masofa ancha olis. Mazkur boy milliy – ma’naviy merosimizni har tomonlama chuqur o‘rganish, idrok etishimiz uchun barcha imkoniyatlar mustaqil davlatimiz tomonidan, bevosita Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan yaratib berilmoqda. Bu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun tarixchi, olim, adabiyotchi, san’atkorlarimizdan, qo‘yingki milliy ma’naviyatimiz jonkuyarlaridan g‘ayrat –shijoat, qunt bilan ishlash, izlanish talab etiladi. Prezidentimiz aytganlaridek, xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi katta bir xazina. Bu xazinadan mustaqilligimizni mustahkamlashda, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda oqilona foydalanishimiz lozim. Qadimiy yozuvlar, bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, ulug‘ shoir va mutafakkirlarimiz yaratgan dunyoviy bilim va badiiy asarlar, Qur’oni karim, xadislar, YAssaviy va Boqirg‘oniylar yaratgan diniy-axloqiy ruhdagi asarlar, Ahmad YUgnakiy, YUsuf Xos Hojiblar yaratgan axloqiy, pand-nasihat tipidagi asarlar, Najimiddin Kubro, Bahouddin Naqishbandiylar yaratgan, inson ichki dunyosi, ruhiyatiga qaratilgan ta’limotlar, Navoiyning o‘lmas badiiy ijod xazinasi va boshqalar bizning boy ma’naviy merosimiz hisoblanadi. Ular inson ichki dunyosini, ruhiyatini, ma’naviyatni sayqal topishiga qaratilgan. Prezidentimiz aytganidek ma’naviy merosimiz bo‘lmish: “muqaddas kitoblarimiz va qadriyatlarimiz, buyuq mutafakkir ajdodlarimiz merosi bizni doimo halol mehnat bilan yashashga, mardlik, saxovat va kamtarlikka chaqiradi”4. Ularda insonlar ma’rifatga, ilm-bilim olishga, yuksak axloq – odobga, olijanob fazilatlarga, yaxshilikka da’vat etiladi; yomonlik, yovuzlik qoralanib undan saqlanishga chaqiradigan pand-nasihatlar, o‘gitlar juda ko‘p. Ular kishilarni ma’nan tarbiyalaydi. Ma’naviyatsizlik, ma’naviyatdan mahrum bo‘lish insonni o‘g‘irlik, yulg‘ichlik, poraxo‘rlik kabi illatlar sari yo‘llaydi. Bundan Allohning o‘zi asrasin! Madaniyat, ma’naviy va madaniy meros, ma’naviyat rivoji insoniyat sivilizatsiyasi bilan bog‘lanib ketadi. Ammo ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Sivilizatsiyaning o‘zi insoniyatning madaniyati va ma’naviyati taraqqiyoti bosqichlarida ro‘y beruvchi sifat jihatidan yangi bosqichi bo‘lib, kishilik jamiyati tarixida chuqur iz qoldiradi. Sivilizats iya – ma’lum bir tarixiy bosqichda insoniyatning madaniy taraqqiyotida yaratgan, erishgan, qo‘lga kiritgan sifat jihatidan yangi, yuqori yutuqlari majmui. Sivilizatsiyaning madaniyatdan farqi shundaki, u o‘zidan oldingisini qabul qilmaydi, balki sifat jihatidan yangi, unga o‘xshamagan o‘zgarishlarni vujudga keltiruvchi jarayon hisoblanadi. Sivilizatsiya har bir xalqning yoxud jamiyatning, tarixiy bosqichning o‘ziga xos tarixiy-madaniy rivojlanishi, shakllangan qadriyatlari, tafakkur taraqqiyoti hisoblanadi. Hozirgi davrda ilmiy adabiyotlarda uni «SHarq» va «G‘arb» sivilizatsiyasiga bo‘lish qabul qilingan. Insoniyat tarixidagi bu sivilizatsiyalar hind, konfutsiylik, buddaviylik, musulmon yoki katolik, pravoslav va hokazolarning paydo bo‘lishi shaklida bo‘lgan. Bugungi sivilizatsiya insoniyatning olamni bilishi, undan umumbashariy manfaatlari yo‘lida foydalana olishi, har bir halqning umuminsoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’naviyati va ma’rifati shaklida namoyon bo‘lmoqda. SHunday qilib, madaniyat, ma’naviy meros, sivilizatsiyalar yutug‘i jamiyat va inson ma’naviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlodni voyaga etkazishda katta ahamiyatga ega. SHuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘tmishda toptalgan ma’naviy merosimizni tiklashga qat’iyan kirishildi. Mustaqilligimizning o‘tgan o‘n etti yili ana shu boy merosimizni o‘rganish va o‘zlashtirish orqali chinakkam milliy tiklanishimizga erishdik. O‘zbeklar o‘zining milliy-ma’naviy «qiyofasiga» ega bo‘ldilar. Ammo bu borada hali oldimizda juda katta vazifalar turibdi. Ana shulardan biri hali merosimizning bizga noma’lum, ammo dunyoning turli mamlakatlarida saqlanayotgan, jahon sivilizatsiyasida munosib o‘rin egallab kelgan juda ko‘plab moddiy va ma’naviy meroslarimizni o‘z Vatanimizga keltirishimiz, ularni o‘rganishimiz, dunyoqarashimiz va ma’naviyatimizning ajralmas qismiga aylantirishimiz lozim bo‘ladi. Ma’naviyat va mafkura, ularning jamiyat, inson hayotida tutgan o‘rni va roli Ma’naviyat va mafkura bir-birlari bilan mustahkam bog‘langandir. Ma’naviyat insonning ruhiyati, o‘zini – o‘zi anglashi, yuksaklikka intilishidagi salohiyati bo‘lsa, «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» konsepsiyasida ko‘rsatilishicha «Mafkura-muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir»5 Mafkuraning ma’naviyatda tutgan o‘rni shundaki, u inson, jamiyat, yoxud millat yoki guruhlarning intilishlari, ruhiyatlari va kayfiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ma’naviyat singari mafkuraning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda kattadir. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy – ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog‘lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o‘z muddaolariga erishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch – quvvat beradigan poydevor bo‘lib kelgan».6 Mafkura jamiyat taraqqiyotida quydagi vazifalarni bajaradi: birinchidan, davlat rivojlanishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy – ma’rifiy sohalaridagi vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi; ikkinchidan, bir davlat, bir mamlakat miqiyosida barcha fuqarolarni, turli millat, elat, sinflar va ijtimoiy guruhlarni bir g‘oya va maqsad sari birlashtirishga xizmat qiladi; uchinchidan, davlat olib boradigan ichki va tashqi siyosat g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirib, uni fuqarolarga targ‘ib etadi; to‘rtinchidan, davlat doirasida yashayotgan fuqarolarni yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik faoliyatini faollashtiradi va ularni jamiyat maqsadlariga yo‘naltiradi; beshinchidan, xalqning orzu-umidlarini o‘zida ifoda ettiradi, jamiyatda mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun butun jamiyat va fuqarolarni harakatga keltiradi; oltinchidan, mafkura jamiyatda ma’lum siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy – ma’rifiy qarashlarni shakllantiradi. Mafkuraning jamiyat, millat, shaxs va fuqaro hayotidagi ana shunday muhim ahamiyatini hisobga olib, Istiqlolimizni qo‘lga kiritgan ilk kunlardan boshlab, biz milliy g‘oyamizning eng asosiy tushuncha va tamoyillarini belgilab olish va ishlab chiqarishga harakat qildik. SHu maqsadda ijtimoiy fanlar sohasidagi etakchi olimlar, siyosatshunos va iqtisodchilar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchiligimiz e’tiborini ana shu muhim masalaga qaratdik. Xalqimizning asriy orzusi, ko‘zlangan yuksak maqsadlarimizga etishning asosiy omili-avvalambor mustaqillikni asrab-avaylash, uni yanada mustahkamlash bilan bog‘liq ekanidan kelib chiqqan holda, milliy g‘oyamizning ma’no-mazmunini ham ana shunday mezonlar negizida belgilashni vazifa qilib qo‘ydik.7 Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling