Ii bob. Mavzuni ishlanganlik darajasi
Download 179.58 Kb.
|
Nafisa 212
Qish keldi.
Mana qish ham keldi. Ariqlarda suvlar muzladi. Hamma yoqni oppoq qor qopladi.Uyning tomlari ham oppoq bo‘ldi. Bolalar pal’to va qo‘lpoq kiyib qorda o‘ynaydilar. Abbos bilan Malikning yangi chanasi bor. Ular yalanglik chetidagi tepalikdan mazza qilib chana uchdilar.Malik juda saxiy bola. U chanasini o‘rtoqlari bilan birga uchadi (49 ta so‘z.) Diktant matnini o‘qib, ayrim tushunarsiz so‘zlarni yo‘l – yo‘lakay tushuntirib boriladi, o‘quvchilar yozmay, faqat eshitib esda saqlab qolishlarini eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qilinadi. Matn diktovka bilan yozdiriladi. O‘qituvchi matnni yana bir marta sekin o‘qiydi, O‘quvchilar yozganlarni tekshiradilar. O‘qituvchi matnni adabiy til normalariga rioya qilib o‘qib berishi zarur. O‘quvchilarni ishlari yig‘ib olinib tekshiriladi. Tekshirilishi lozim bo‘lgan BKM elementlari nomi va soni: 1. Gapda bosh harflar bilan yoziladigan so‘zlarni aniqlash. 2. Xat boshidan yozish. 3. Atoqli otlarni aniqlay olish va ularning imlosi. 4. Ko‘plik qo‘shimchalarini to‘gri yozish. 5. Kema-ket kelgan bir xil undoshlarni yozish. 6. Chiroyli yozuv. Diktant o‘quvchilarni yozma nutqini o‘stirishda katta ahamiyatga ega, diktant uchun matn tanlash muhim masaladir. Dastlab kichik matnlar tanlanadi. U sintaktik va leksik jixatdan sodda va tushunarli bo‘lishi zarur. Diktant uchun tanlanadigan matnlar mazmun jihatidan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Birinchi sinfda diktant yozishda mo‘ljallangan matn to‘rt - besh gapli bo‘ladi. O‘qituvchi matnni bir marta sekin va ifodali o‘qiydi. Har bir so‘zni diktovka qilib yozdiradi. Har bir gap tugagandan so‘ng takrorlab o‘qiydi. O‘quvchilarga yangi gap bosh harflar bilan boshlanishini va oxirida nuqta qo‘yilishini ham o‘rgatiladi.O‘qituvchi qaysi chorakda, nechta va qachon diktant yozdirilishini oldindan rejalashtirgan holda, oldindan tayyorlab boriladi va aytiladi.O‘quvchilarni diktant yozishga tayyorlash, ular yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolarni oldini olish ustida muntazam ishlash odatlantirishning-sharti-hisoblanadi. Download 179.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling