Ii bob. Mustabid sovet matbuoti: illatlar va


Download 201.5 Kb.
bet8/10
Sana31.01.2023
Hajmi201.5 Kb.
#1145018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Matbuot

5-jadval
Kitob mahsulotlarining turlarga bo’linishi1





Sohalar bo’yicha

Chiqarilgan kitoblar
soni

Adadi (ming nusxa
xisobida)

Bosma taboq, (ming list
hisobida)

Ijtimoiy-siyosiy adabiyot Ilmiy adabiyotlar
Shu jumladan, ommabop ilmiy asarlar
Qishloq xujaligi adabiyoti Maktablar uchun darsliklar Badiiy adabiyot
Bolalar adabiyoti
Meditsina adabiyoti

591
506
305
522
450
350
117
173

11675,0
7253,0
6717,0
5928,0
19487,5
3485,2
1793,5
2087,0

33019,2
13453,0
6331,0
11569,4
229191,0
19997,4
6120,0
3510,3

O`rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi natijasida “Turkdavnashr’ qayta tashkil qilinib, uning negizida 1925 yil fevralda O’zbekiston davlat nashriyoti (“Uzdavnashr”) tashkil topdi.


“Uzdavnashr” tashkil topgan rasmiy sana 1924 yil 25 noyabr, ya`ni O’zbekiston Maorif Xalq Komissarligi tuzilgan kun hisoblanadi. 1925 yil 3 fevralda esa O’zbekiston Inqilobiy qo`mitasi “Uzdavnashr” Nizomini tasdiqladi. Shu bilan nashriyot tuzilgani qonuniy kuchga ega bo`ldi1.
Ma`lumki, 1920-yillarning ohiri va 1930-yillarda o`zbek badiiy adabiyoti shakllanib, rivojlanib bordi. Fitrat, elbek, Cho’lpon, Xurshid, Abdulla Qodiriy, Oltoy, Botu singari o’zbekyozuvchilarining davr jarayonlarini madx etgan xiQoya, qissa, romanlari, hikoya va ocherklar to`plamlari nashr qilindi.
Birinchi o’zbekromani 1925 yilda nashr etilgan. Bu atoqli o’zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriyning O`tgan kunlar romani bo`lib, uni “Uzdavnashr” bosib chiqargan. 1929 yilda esa yozuvchining “Mexrobdan chayon” romani chop etildi.
1931 yilda G’afur G’ulomning ikkita hikoyalar to`plami nashrdan chiqdi. Sadriddin Ayniy asarlari “Odina” (1927), “Qulbobo” (1929), “Doxunda” (1930)
birin-ketin kitobxonlarga tortiq qilindi. Kitobxonlar 1929 yilda Oybekning “Ko`ngil naylari”, Hamid Olimjonning “Ko’klam”, Uyg’unning “Bahor sevinchlari”, 1930 yilda Komil Yashinning “Quyosh” she`riy to’plamlarini o`qishga muyassar bo`ldilar. Shuningdek, 1930— 1940 yillar oralig’ida Sadriddin Ayniyning “Gullar”, Abdulla Qodiriyning “Obid ketmon”, Abdulla Qahxorning “Sarob”, G’afur G’ulomning “Yodgor”, Xusayn Shamsning “Dushman” singari qissa va romanlari nashrdan chiqarildi va o’zbek kitobxonlari javonidan o`rin oldi. Yosh avlodga bagishlangan “Bolalar hikoyalari” to’plamlari chiqdi1.
1925—1940 yillarda badiiy tarjimaga katta e`tibor berildi. Jahon badiiy adabiyotining eng yaxshi namunalari o’zbek kitobi oltin fondidan munosib o`rin oldi. O’zbek kitobxonlari rus va xorij mumtoz adabiyot durdonalarini o`z ona tilida o’qishga muyassar bo`ldilar. Ular orasida A.Chexovning “Van’ka”, A.Fadeyevning “Tor-mor”, A.Serafimovichning “Temir oqim”, F.Gladkovning “Sement», M.Gorisiyning “Mening dorilfununlarim”, “Bolalik”, “Artamonovlar ishi”, A.Pushkinning “Evgeniy Onegin”, “Kapitan qizi”, V.Shekspirning “Gamlet”, “Otello”, E.Voynichning “Suna”, G.Bicher-Stouning “Tom tog’aning kulbasi” singari ko`pdan-ko`p asarlari bor.
6-jadval

1925—1935 yillarda “Uzdavnashr” chop etgan kitoblar





Yillar

Nashrlar soni

Hajmi

Nusxasi, MISH

Bosma tabot ming

1925
1928
1930
1934
1935

189
212
737
863
1140

874
1083
2272
3442
4950

1074
1296
6060
7839,5
7507

499,8
7258
26856
34192,3
41000





1 Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008.
– Б. 96.
Avval aytib o`tganimizdek, “Uzdavrnashr” ko`p sohali nashriyot edi. Kitoblar ijtimoiy-iqtisodiy adabiyot bo`limi (mudiri ustoz noshir, moxir tarjimon, muxarrir Naim Said), badiiy adabiyot bo`limi (mudiri avval shoir Uyg’un, Qeyinroq shoir Xasan Po`lat), bolalar va o`smirlar adabiyoti bo`limi (mudiri ustoz noshir, yozuvchi Nasrullo Oxundiy), o`quv-pedagogika, QISHLOQ ho`jalik, tibbiyotga oid, ma`lumotnoma xarakteridagi va boshqa xil adabiyotlar chiqaruvchi bo`lim va taxririyatlarda tayyorlanar edi.
Keksa noshir Zaynab opa Tincherovaning eslashicha, o`sha yillarda mualliflardan qabul qilib olingan qo`lyozmalarni taxrir qilib, pirovardida kitob holiga keltiruvchi “muxarrir” lar “siyosiy muxarrir” va “adabiy muxarrir” lar deb atalardi. Ulardan birinchisi asarni G’OYAVIY, tarbiyaviy va siyosiy jihatdan ko`rib chiqib, unga baxo berar edi. Adabiy muxarrir esa undan keyin qo’lyozmani adabiy-badiiy jihatdan ishlab chiqib, mantiqiy, uslubiy, tili va imlosi jihatdan sayqallashtirardi. Nashriyot kitoblari Shukur Sa`dullaev, Malik Raxmonov, Sharif Bulatov, Usmon Nosir, Zulfiya Isroilova, Axad Qosimov, Oydin Sobirova, Sobir Ibroximov, Abdulla Xo`jaxonov, Meli Jo`ra, Ilyos Muslim, Vali Raximov, Nurmat Otajonov singari usta noshir, moxir muxarrirlar qo`lidan chiqqan. Aziz Burnashev, Raxim Aliev, Buri Voxidov, Sanjar Siddiq, Nabi Alimuxamedov singari faollar tarjimachilikda yaxshi nom chiqardilar. Shuningdek, nashriyotda mashhur mo`yqalam ustasi Iskandar Ikromov singari usta rassom xam faoliyat ko`rsatgandi1.
Mahalliy millat vakillaridan bo`lgan, nashriyot ishini puxta egallagan, muxarrirlik, tarjimonlik maktabini o`tagan moxir tashkilotchilar, garchi kuchli nazorat o`rnatiltan bo’lsa-da, milliy qadriyatlarini uning tazyiqlaridan asrashga, madaniy an`analarni zamonaviy buxronlaridan olib o`tishga intilib, chuqur mazmunli, sifati yaxshi, chiroyli bezalgan bosma maxsulotlar chiqarishdan iborat nashriyot oldida turgan murakkab vazifalarni xal etish yo`lida sidqidildan




1 Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008.
– Б. 85.
mexnat qilganlar, o`z burchlarini halol va vijdonan bajarishga harakat qilganlar, kitobat ishini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo`shganlar.
Kitob har bir inson hayotiga o`ziga xos betakrorlik bilan kirib keladi. Garchi XIX asrning ikkinchi yarmida va XX asrning birinchi choragida qayta- qayta mustamlakachilik domiga tortilgan bo`lsa-da, o’zbek xalqi o`zining ma`rifatga intilishi va ilm-fanni sevishini namoyon etdi.
O’zbek matbaachiligini shunchaki bo`ysunuvchan taqlidchi deya ta`riflash noo`rin. Aytish kerakki, O`rta Osiyodagi ilk nashriyotlar tarixi ularning paydo bo’lishiga oid ma`lumotlarda xam ba`zan soxtalashtirishlarga duch kelish mumkin. Mustaqilligimiz boshlaridayoq milliy tarixni qaytadan, haqqoniy yozilishiga ehtiyoj sezildi. Prezident Islom Karimov millatning asl tarixini dalillar asosida yaratishga olimlarimizni ilhomlantirdi, ularni aniq misollar bilan qurollantirdi. Bu tarixiy madaniy burilish unutilmas voqea bo`lib millat tarixida, xar bir g’ururli o’zbek qalbida abadiy qolishiga ishonch uyg’otdi. Bu xaqiqat, so`zsiz, istiqlol tufayligina qaror topdi.
XX asr tufonlarida uning milliyligi, o`ziga xosligi toptalgan, rangsizlantirilgan bo`lishiga qaramay, ”Biz tariximizni va madaniyatimizni o`zimiz uchun va butun dunyo uchun qayta tiklayapmiz. Darhaqiqat, bu yakunni buyuk yutuq deb dadil aytish mumkin”1.



Download 201.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling