Ii bob. Mustabid sovet matbuoti: illatlar va


Kurs ishining davriy chegarasi


Download 201.5 Kb.
bet2/10
Sana31.01.2023
Hajmi201.5 Kb.
#1145018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Matbuot

Kurs ishining davriy chegarasi. Tadqiqot uchun davriy chegara sifatida XX asr boshlaridan 1941 yilgacha belgilandi. Bu davr oralig’ida Turkistonda rus mustamlakachilari rahnamoligida ilk davriy nashrlarga asos solindi va keyinchalik bu hududda mahalliy matbuot taraqqiy eta boshladi. Birinchi va ikkinchi rus inqiloblari davrida o`lkada bir nechta milliy ruhdagi, mahalliy gazeta va jurnallar chop etildi. Albatta, ularning tashkilotchilari va mualliflari milliy ziyolilarimiz edi.
Kurs ishining mavzusining o`rganilish darajasi. Hozirga qadar Turkistonda vaqtli matbuotning paydo bo`lishi va rivojlanish tarixi haqida juda ko`plab asarlar, risola va maqolalar nashr qilingan. Ularni biz shartli ravishda uch guruhga bo`lib o`rganishimiz mumkin:

  1. Rus mustamlakachiligi davrida,

  2. Sovetlar hukmronligi yillarida,

  3. Mustaqillik davrida e`lon qilingan asarlarni kiritishimiz mumkin.

Birinchi guruhga oid dastlabki maqola va asarlar rus mustamlakachiligi va sovet tuzumi yillarida nashr qilingan bo`lib, ularning ko`p qismi bizgacha etib kelmagan. Bu asarlarda ayrim matbuot organlari xususida fikr yuritilib, milliy matbuot to`ng’ich nashrlarining tafsilotlari ataylab buzib talqin qilinganligi va rasmiy organlarning faoliyatlari qo`llab–quvvatlanganligi yaqqol ko`zga tashlanadi.
O`zbek matbuotining ilk tadqiqotchisi Abdulhamid Sulaymon o`g’li Cho`lponning “Turkistonda matbuot” maqolasi yozilish sanasiga ko`ra, aynan shu mavzudagi dastlabki ish bo`lishi bilan birga, unda o`zbek vaqtli matbuoti tarixida nashr etilgan gazeta va jurnallarning o`z davrida millatimizga qay darajada xizmat
qilganligi haqqoniy va xolisona yoritilgan1. Bundan tashqari adabiyotshunos olim va jamoat arbobi, qatag’on yillari qurboni Ziyo Saidning 1927-yilda e`lon qilingan “O`zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar” kitobi xam o`zbek vaqtli matbuoti tarixini o`rganishda muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, tarixchi N.F. Simyonov yozgan asarda xam bolshevistik matbuot haqida bir qancha ma`lumotlar berib o`tilgan2.

Download 201.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling