Ii bob. Nomoddiy madaniy merosni tiklash va rivojlantirish
Download 47.02 Kb.
|
2 5244686785367251465
Bob bo'yicha xulosa
Insoniyat yaratgan moddiy va ma'naviy madaniyat yaxlit bir butunlikni tashkil etadi. Din, tarix, falsafa, qadriyatlar, urf-odat va marosimlar shu muazzam daraxtning shoxlari, xalq ijodi, dunyoqarashi va flkriy kashfiyotlari esa uning ildizidir.Dunyodagi boshqa xalqlar qatori o‘zbek xalqining ham madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar mobaynida Sharqning ma'naviy o‘choqlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan. Bundan tashqari, biz yashab turgan hudud g‘oyat xilma-xil diniy e'tiqodlar, dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan mintaqa hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, 0 ‘zbekiston hududi nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biridir. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlaming asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Nomoddiy madaniy meros bu xalq ijodi zamonaviy san'atining bitmas - tuganmas chashmasi hisoblanadi. Nomoddiy madaniy meros mehnatkash xalq yaratgan omma orasida keng tarqalib, og’izdan-og’izga , ustozdan - shogirdga, avloddan - avlodga o'tib, takomillashib sayqal topib , taraqqiy etgan ijod maxsulidir. Unda xalqning mehnat faoliyati, ijtimoiy va maishiy hayoti, turmush tabiati to'g’risidagi tushunchalari, madaniyati , e'tiqodi, orzu - istaklari va ideallari, xis-tuyg’ulari va tafakkurining boy olami baxtli va adolatli zamon haqidagi o'ylari o'z ifodasini topadi.Nomoddiy madaniy meros durdonalari mehnatkash ommaning qobiliyati vakillari tomonidan ijod etiladi. Og’izdan- og’izga ko'chib boshqalar ham bu asarlami ijro etadilar,uning boyib borishiga o'z xissalarini qo'shadilar. Xulosa Ma'lumingizkim, kurs ishida adabiyot nazariyasi, o ‘zbek madaniyati tarixi, mustaqillik yillaridagi madaniy yutuqlarga to‘xtaldik. “Sutdan qaymoq ajratib olinganidek , endi ishning xulosa qismida bayon qilingan qaydlarimizning eng muhimlarini e'tiboringizga havola etmoqchimiz.Ildizi uzoq tarix qaridan boshlanadigan Vatanimiz madaniyati nihoyatda boy va rang-barangdir. O'lkamizning qadimgi davrlardan boshlab jahon madaniyati o'choqlaridan biriga aylangan. Tarixda o'chmas iz qoldirgan olimu-fuzalolar, davlat arboblariyu sarkardalar dunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shganligi bilan haqli ravishda faxrlansak arziydi. Vatanimiz hududidagi minglab arxeologiya, madaniyat va san’at yodgorliklari jahonda m aslihur ekanligi hech kimga sir emas. Shuning uchun ham Vatanimiz madaniyat xazinasini qanchako‘p o'rgansak, shunchalik kamlik qiladi. Keyingi vaqtlarda ko’p jildli tarix kitoblari bilan bir qatorda qisqa tarixlar yozish odat tusiga kirmoqda. Shularni hisobga olgan holda minglab yillarni o ‘z ichiga olgan tarixiy madaniyatimizni qisqa bo‘lsa-da, davrlarga ajratib o ‘rganishga harakat qildik. Birinchi davr — paleolit (tosh) davri. O 'zbekiston hududida ilk paleolit davri odamlari yashagan manzilgohlar Farg'ona vodiysining So‘x tumanidagi Selung'ur g‘oridan va Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko‘lbuloq makonidan topilgan va o'rganilgan. Olimlar Selung‘ur g‘orida bundan1,5 million yillar ilgari odamlar yashagan degan xulosaga keldilar. O 'rta paleolit - Muz davri bundan 100-40 ming yillar avvalda Teshiktosh (Surxondaryo)dan topilgan juda ko‘p tosh qurollar, turli hayvon suyaklari hamda neandertal bolaning skeleti g'orda yashovchi odamlarda o ‘ziga xos sodda madaniyat asoslari vujudga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ibtidoiy teshiktoshliklar olovdan samarali foydalana olganlar. 9 yoshli neandertal bola dafn etilgan qabrdan har xil buyumlar va tog' echkisi shoxining topilishi o ‘sha davrlarda diniy tasavvurlar paydo bo'lganini tasdiqlaydi. Teshiktoshliklar e'tiqodi bo'yicha tosh va shox murdani himoya qilgan. Omonqo'ton g ‘ori, Qo‘tirbuloq (Samarqand viloyati), Obirahmat va X o‘jakent (Toshkent viloyati), Boqiig‘on darasi (Farg'ona vodiysi), Uchtut (N avoiy viloyati)ga oid topilmalar odamlar to'da bo‘lib yashab, ovchilik bilan hayot kechirgani, ov qurollaridan foydalangani, shu bilan birga ovchilik o ‘yinlari (ovga tayyorgarlik ko'rish mashqlari) ham paydo bo'lgani haqida malumot beradi. Qoya va g‘or devorlarida ibtidoiy odamlar chizgan tasvir-rasmlardan ma ’lum bo‘ladiki, bu davrdan boshlab odamlar o ‘simlik va hayvonot dunyosini tushunishga harakat qilganlar, ularning ongi, harakatlari. marosimlarida fetishizm -odam uchun kerakli narsalar (m asalan, yog‘och va tosh qurol!ar)ning muqaddasligiga ishonish; animizm — tabiatdagi barcha hodisalar, jismlar, hayvonlarning joni borligi va ruhga ishonish, ularning ilohiy kuchiga sig‘inish; totem izm — hayvon va o'simliklar bilan kelib chiqishimiz bir, deb ularni muqaddaslashtirish va sig‘inish magiya — ilohiy kuch yordamida atrofdagi barcha hodisalar, predmet va jonzotlarga ta ’sir g‘oyalari paydo bo‘ldi. So‘nggi paleolit miloddan taxminan 40-12 ming yillar avvalgi davrda Samarqand makoni, Krasnovodsk (Turkmaniston), Ohangarondan topilgan ashyolar (mehnat qurollari)da esa san’at (badiiy bezak) izlari, belgilari ko‘zga tashlanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, shu davrdan boshlab ayollar urug‘i hukmdorligi (matriarxat) boshlangan bo‘lib, ayollar katta mavqega ega bo‘lgan, mansab, nasi (avlod) va mulk ona urug‘i bo'yicha meros bo‘lib o'tgan.. Erkaklar ayollarga bo‘ysungan. Matriarxat davrida ayollar turmushiga xos madaniyat ustuvor bo‘lgan. Shu bilan birga, o ‘sha davrlardan boshlab bola tarbiyalash, ro‘zg‘or yuritish, taom tayyorlash kabi vazifalam i bajarishda ayollar asosiy ishi edi. Uchinchi bor — XIV-XV asrlarda Temuriylar davrida Mavounnahrda ilm-fan, ma’rifat, adabiyot, san’at, m e'morlik jadal rivoj topib, Buyuk saltanat poytaxti — Samarqand dunyoning madaniy markazlaridan biriga aylandi. Demak, tarixda ajdodlarimiz o ‘z yuksak madaniy darajasi bilan (vaqti-vaqti bilan bo'lsa ham ), vatanimizda vujudga keltirgan eng ilg‘or madaniyat tufayli jahon sivilizatsiyasiga o ‘zining munosib hissasini qo‘shdi.Tarixiy tajribada (jumladan, IX -X II asrlarda ham) ma’rifatga e ’tibor berish — taraqqiyot «g‘ildiragi»ni aylantirib yuborganidek, hozirgi davrda ta ’lim to ‘g‘risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida boshlangan ma’rifiy islohotlar Millatimizning ma ’naviy darajasini ko ‘tarishda poydevor bo'lmoqda.. Demak, m a’naviy omil (ilm -fan. ma'rifat, mafkura, siyosat, adabiyot, san 'at, din kabilar) millatimizni yana yuksaklarga ko‘tarishiga ishonchimiz komil.Millat madaniyatini yanada yuksaltirish uchun jamiyatda mavjud bo'lgan salohiyat, layoqat, qobiliyatlardan foydalanish jiddiy ahamiyat kasb etadi. Millatning ichki ma’naviy imkoniyatlaridan foydalanish bilan bir qatorda millat vakillarining tashabbuskorlik, ijodkorlik faolligini oshirmoq zarur. Eng muhimi, ziyolilar ongi va ruhidagi yaratuvchilik salohiyatini jonlantirib,uning millat kamolotiga xizmat qildirish darkor. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta' ’kidlaganidek: «Xalq — bamisoli ulug‘ va sharafli yo‘ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvon. Uni hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch — m a’naviyat bor. .Har qaysi avlod undan kuch-qudrat, g‘ayrat va ilhom olib, o ‘zining naqadar ulkan ishlarga qodir ekanini namoyon etadi».Mustaqillik aynan shunday ezgu ishlarni amalga oshirishga, madaniy rivojlanishga imkoniyat yaratib bermoqda. Respublikamizda amalga oshirilayotgan madaniy islohotlaming barchasi inson kelajagiga, ma’naviy kamolotiga xizmat qiladi. Download 47.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling