Ii bob. Operatsion kuchaytirgichlar asosidagi analog signallar o‘zgartgichlari 1 Umumiy ma`lumot
Download 0.56 Mb.
|
Документ Microsoft Word
II bob. Operatsion kuchaytirgichlar asosidagi analog signallar o‘zgartgichlari 2.1 Umumiy ma`lumot Amalda signallami kuchaytirish uchun OKlarni bevosita qo'llab bo‘lmaydi. Buning birinchi sababi — dinamik diapazonning kichikligida; ikkinchi sababi esa — OKning kuchaytirish koeffitsienti har OK namunasidan keyingisiga o'tganda keng oraliqda o'zgaradi va shu bilan birga ishlash sharoitiga, ayniqsa temperaturaga kuchli ravishda bog‘liq. OKlarga tashqi ТА zanjirlari kiritish yo‘li bilan bu sabablarning ta’siri yo'qotiladi. Inverslaydigan kirishning qo‘llanilishi kirish va chiqish orasida manfiy TAni, inverslamaydigan kirishning qo'llanilishi esa — musbat TAni amalga oshirishga imkon beradi. ТА turi va tuzilm asini o ‘zgartirib, OKga turli funksional qurilmalar xossalarini berish mumkin: kuchlanish yoki tok bo‘yicha barqarorligi yuqori kuchaytirgich, turli shakldagi tebranishlar generatori, integrator, differensiator, jamlash qurilmasi, solishtirish qurilmasi, trigger va boshqalar. Oddiy holda ТА zanjiri rezistorda bajarilgan kuchlanish bo‘lgichni hosil qiladi. Bu vaqtda OKli sxema chiziqli o ‘zgartgich sifatida ishlaydi. Agar ТА zanjirida turli RC — zanjirlar qo‘llanilsa, aktiv filtrlar yoki matematik o‘zgartishlar bajaradigan qurilm alar hosil bo‘ladi. Va nihoyat, OK ТА zanjiriga diod va tranzistorlarning kiritilishi signallami nochiziqli o‘zgartish imkonini beradi. Hozirgi kunda OKlarning yuzlab sxema turlari mavjud. OKning bu funksional universalligi, analog integral sxemotexnikaning asosiy negiz qurilmasi bo‘lishiga olib keldi. OK sxemalari ish prinsipini tushunish va tahlilini aniqlashtirish maqsadida ideal OK tushunchasi kiritiladi. Ular quyidagi xossalarga ega: a) cheksiz katta kuchlanish bo'yicha kuchaytirish koeffitsienti Kv = oo (real OKlarda 1 mingdan 100 mln. gacha); b) siljitish kuchlanishi USlL nolga teng, ya’ni ikkala kirishlarda kuchlanishlar teng bo'lsa, chiqishdagi kuchlanish ham nolga teng boladi (real OKlarda USIL = 5 mkV — 50 mV gacha); d) chiqish toklari nolga teng (real OKlarda nA ulushlaridan birlik mkA gacha); e) chiqish qarshiligi nolga teng (real kam quwatli OKlarda o‘nlab Omdan birlik kOmlargacha); f) sinfaz signallarni kuchaytirish koeffitsienti nolga teng; g) OK kirishlari potensiallari doim bir-biriga teng. Uning bu xossasi a) kirishdagi signallar farqi Uv = U2 — U1 —»0 bo‘lgan, ya’ni OK kirishidagi signal U' = U" qiymatlariga bog‘liq emasligidan kelib chiqadi. Us kattalik virtual nol ( virtue — ing. haqiqiy) deb ataladi. OK ideal deb olingan farazlardan kelib chiqqan holda quyida keltiriladigan formulalar va ularning isbotlari amaliyotda tasdiqlangan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling