Ii-bob. O‘zbek va turk tillarida zoonimlar qiyosiy tahlili, bu tillarda zoonimlar ishlatilgan maqollar tahlili


Bitiruv malakaviy ishning obyekti va manbalari


Download 115.02 Kb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi115.02 Kb.
#1550121
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BIM

Bitiruv malakaviy ishning obyekti va manbalari.Mazkur kurs ishining obyekti o‘zbek-turk tilidagi hayvon nomlari sanaladi.
Y.Abdurasulovning ‘‘Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammastikasi’’ va X.A. Dadaboyev, Z.T. Xolmonova “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi”, Berdaq Yusufning “ Turkcha -o‘zbekcha va o‘zbekcha-turkcha lug‘at”, Ibrohim Yoldoshevning “O‘zbek va turk maqollari, iboralari” kitoblari asosiy manba qilib olindi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Bugungi kunda o‘zbek-turk tilidagi leksemalarning qiyosiy tahlilini hayvon nomlari misolida ko‘rib chiqish, tillarning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganishdan, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishdan iborat.
Ushbu kichik tadqiqot ishining vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
– turkiy tillarning umumiy onomastik xususiyatlarini yoritish;
– o‘zbek-turk tilidagi so‘zlarning imkoniyatini ko‘rsatadigan birliklar tasnifini tuzish;
– o‘zbek-turk tilidagi zoonimning qiyosiy tahlilini qilish;
– o‘zbek-turk tillari maqollarida ishlatilgan hayvon nomlari qiyosiy tahlil qilishga harakat qildim.
Mavzuning o‘rganilish darajasi. O‘zbek tilshunos olimlaridan Z.T. Xolmonova turkiy tillar oilasi va aynan turk tilining grammatik va semantik xususiyatlari haqida juda ko‘p ma’lumotlar berib o‘tgan. Bundan tashqari yana tilshunos olimimiz Y.Abdurasulov ham turkiy tillar oilasi va turk tili haqida qimmatli ma’lumotlar aytib o‘tgan. Bu ikki tilning xalq og‘zaki ijodini qiyosiy tarixini Ibrohim Yoldashev tomonidan o‘rganiladi.
Mavzuning amaliy va nazariy ahamiyati. O‘zbek-turk tilidagi hayvon nomlari o‘rganilishi bevosita ularning statistikasini chiqarish barobarida ularning qanday birliklar bilan kelishi, qo‘llanilish o‘rinlari, shakllari, birikuvchanlik xususiyatlari, uning tuzilishi, tarkibining o‘rganilishi, turkumlarining ochib berilishi kabi qiyosiy tahlilini o‘rganishga yordam beradi.
Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi. sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlari olindi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Turkcha-o`zbekcha izohli lug‘at”, “Hozirgi o‘zbek tili”, ‘‘Turkiy tillar qiyosiy- tarixiy grammatikasi’’ kursiga oid qator darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar asos sifatida foydalanildi.

Download 115.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling