Ii-bob. O‘zbek va turk tillarida zoonimlar qiyosiy tahlili, bu tillarda zoonimlar ishlatilgan maqollar tahlili
O‘zbek va turk tillarida hayvonlarini o‘rganilishi
Download 115.37 Kb.
|
BIM ozbek va turk
O‘zbek va turk tillarida hayvonlarini o‘rganilishi.
O‘zbek va turk tillari bir-biriga yaqin, umumiy bir oilaga mansubligi, tarixi va etnografiyasi yaqinligi sababli bu ikki til qiyosini yoritilishiga qaratilgan ko‘plab ilmiy ishlar qilingan. Zoonimlar , matnlarda ishlatilgan zoonimlarning lingvistik xususiyatlarini D.X.Bozorov, B.B.Abdushukurov, N.R.Nishonova, B.M.Jo’rayeva, H.A.Saidova, G.E.Hakimova, SH.Noraliyev, B.Zaripov, D.Metyakubov kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan26. Mazkur olimlarning ishlarida turkiy yozma manbalar tilidagi zoonimlar, zoologik terminlarning shakllanish bosqichlari, maqollarning til tizimida tutgan o‘rni, semantik-uslubiy xususiyatlari, zoonimlarning ma’no ko‘chimlari, badiiy san’at turlarini hosil qilishdagi, inson xarakterini ifodalashdagi ahamiyati, “hayvon” arxisemali leksemalar maydonining mazmuniy tahlili, o‘zbek folklorida bo‘ri obrazining mifologik talqini, shaxs tavsifida hayvon nomlaridan foydalanish, badiiy matnlarning antropotsentrik talqini, o‘zbek bolalar folklori tilida zoonimlar, zoonim komponentli frazeologik birliklarning strukturaviy va semantik xususiyatlari singari masalalar tahlil qilingan. Bugungi kunga qadar olib borilgan tadqiqotlarda zoonim komponentli o‘zbek maqollarining lingvokulturologik aspektda maxsus tadqiq etilmaganligi ushbu tadqiqot mavzusining monografik planda o‘rganilishini taqozo etadi.27 Zoonim komponentli matnlarni o‘rganish turli xalqlar madaniy xususiyatlari bilan tanishish imkonini beradi. Shuningdek, bu jarayon hozirda mavjud bo‘lmagan hayvonlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish, madaniyatlar mushtarakligi yoki farqli jihatlarini aniqlash imkoniyatini ham yaratadi. Shu bois zoonim komponentli matnlarni, xususan, maqollarni tadqiq etish tilshunoslikning bir qator masalalarini hal qilishda ahamiyatlidir. Ulardan biri Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘qituvchisi Salimova Zeboxon “Turk-o‘zbek tilida xarakterni bildiruvchi zoofrazeologizmlar semantikasi” mavzusida maqola yozgan. Ushbu ilmiy maqola turkiy tilda inson qiyofasini ifodalashda zoonimlarning qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Ijobiy va salbiy xususiyatlarni tavsiflash uchun ishlatiladigan lug‘at birliklari tahlil qilinadi. Zoonimlar orqali shaxs qiyofasini ifodalashda lingvistik imkoniyatlarning kengligi ko‘rib chiqiladi. Turkiy tilda tilning so‘z boyligi va boshqa tilda qanday ifodalanishiga urg‘u beriladi. Zoofrazeologizmlar tarkibida uy hayvonlari: qo‘y, ot, it, mushuk, ho‘kiz, sigir, tuya, echki, tovuq; yovvoyi hayvonlar:yo‘lbars, tulki, ayiq, quyon, bo‘ri, to‘ng‘iz, sher; sudralib yuruvchilar: timsoh, toshbaqa, ilon; kemiruvchilar:sichqon, kalamush, olmaxon; qushlar: chumchuq, qarg‘a, bulbul, bedana, mayna, g‘oz, o‘rdak, kabutar, tovus; suvda yashovchilar: baliq, qurbaqa; hasharotlar: ari , pasha, chivin, bit, burga, suvarak va h.k. zoonimlar ishtirok etadi. Turkiy tillardagi “zookomponentli frazeologik birliklar jismoniy sifat, tashqi ko‘rinish, xarakter belgilari, intellekt, inson faoliyati kabilarni aks ettiradi”. Ot, tuya, qo‘y, mushuk, it, sigir kabi hayvonlarning xonakilashtirilishi turkiy xalqlar leksikasida ijobiy ma’no belgilarini o‘zida aks ettiruvchi frazeologik birliklarning ifoda va mazmun jihatidan boyishida yanada muhim bir omil bo‘ldi. Turk va o‘zbek tillaridagi zoonim komponentli iboralarning semantik guruhlari Turk va o‘zbek tillaridagi zoonim komponentli iboralarni semantik jihatdan uch guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga shakl va mazmun jihatidan to‘liq muqobil iboralar kiradi. Mazkur guruhdagi frazeologik birliklar turk va o‘zbek lingvomadaniyatida bir xil vaziyatlarda qo‘llaniladi. Bunday iboralarda milliy kolorit farqlari kuzatilmagani uchun ham ularni tarjima qilish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Zero, ularning aksariyati ayni manbadan o‘sib chiqqan bo‘ladi. Bu o‘rinda S.Florinlar va S.Vlaxov ta’kidlaganidek, ikki qiyoslanilayotgan tildagi frazeologizmlarda to‘liq ekvivalentlik namoyon bo‘ladi. Turkcha iboralar o‘zbekcha birliklar bilan taqqoslaganda “deve yapmak”- birovning pulini, molini o‘zlashtirmoq, ya'ni “tuya ko‘rdinmi- yo‘q”; “deveyi havutuyla yutmak” tuyani yutib, dumini ko‘rsatmoq har qanday katta (ko‘p) narsani ham o‘zlashtirib, undan nishon, iz qoldirmaslik; “kuş uykusu”- qush uyqusi bizda bir zumlik uyqu, “tavşan yürekli” -quyon yurak o‘ta qo‘rqoq, jur’atsiz, “sağmal inek”- sog‘in sigir, ma’lum miqdordagi mablag‘ bilan muntazam ta’minlab turadigan manba, “arının yuvasına (inine) çomak sokmak”- arining inini to‘zitmoq, xavfli odamni gijgijlab o‘ziga hujum qilishiga yo‘l qo‘ymoq, “sıçan deliği bin altın”- sichqonning ini ming tanga bo‘ldi, qochib qutulgani joy topolmay qolmoq kabi o‘xshash va aynan mos keluvchi iboralar ko‘pdir. Bu esa o‘zbek va turk tillarining o‘zaro yaqin tillardan kelib chiqqanligi asosidadir.28 Bu maqola orqali ham ko‘p ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Bunday maqolalardan biri Abdinazarov O‘tkam Qushoqovich Termiz muhandislik- texnologiya instituti o‘qituvchisi “ O‘zbek tilida yilqichilikka oid terminlarning o‘rganilishi” mavzusini juda qiziqarli qilib yoritib bergan. Ushbu maqolada o‘zbek tilida yilqichilikka oid terminlarning o‘rganilishi va lug‘atshunoslikdagi tahlili haqida fikr va mulohazalar yoritilgan, sohaga oid terminlar tahlil qilingan. Oʻzbekiston diyorida Yilqichilik anʼanalari va madaniyati minglab yillar bilan oʻlchanadi. Oʻzbeklar avlodi qadimdan otdan tushmagan. Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Mirzo Boburlar umri "ot usti"da oʻtgan. Yilqichilik – chorvachilikning kattagina bir tarmog‘i. Boshqa xalqlar singari o ‘zbek xalqi ham qadimdan yilqichilikni maxsus kasb etib kelgan. Natijada o‘zbek tili da yilqi boquvchilar, otlarni parvarish qiluvchilar, ularni o‘rgatuvchilar, ot bilan savd o qiluvchilar, ot abzallarini yasovchilarni o‘ziga xos atamalari paydo bo‘lgan. Gipologik (gippologiya – grek.hippos – ot+logiya, ya’ni ot haqidagi fan) termi nologiyaning qarab chiqilayotgan tematik gruppasida asli o‘zbek (umumturkiy) qatla m mavjudki, bu yilqichilikka oid terminlarning qadimdan mavjud bo‘lganligini tasdiqlaydi. Xalq dostonlarida ko‘pgina zoonimlar bilan bir qatorda ot nomlari ham a nchagina miqdorda uchraydi. Xalq dostonlarida otlarning o‘tizdan ortiq turlari uchraydi. Bu nomlar o‘zining leksik-semantik xususiyatlariga semantik xususiyatlariga ko‘ra otlarning quyidagi belgilarini ifodalashga xizmat qiladi. Otlarning jismoniy qobiliyatiga ko‘ra tasnifi: a) Chopqir va chaqqon zotdor otlar: arg‘umoq (20, III), aspi tozi (53,III ), arabi ot (243, III), bedov ot (20, III), churra bedov (332, III), beli do‘ngot (1 22,III), duldul ot (22, III), yugurik ot (67, III), so‘poq ot (264, III), to‘riq ot (158, III), tulpor ot (233, III)3 ; b) Zoti past, yaroqsiz otlar: yobi ot (280, III), partal ot (39, III), cho‘mmoq ot (351, III), cho‘ntoq ot (242, III), cho‘bir ot (265, III)1 . Jismoniy qobiliyatiga ko‘ra farqlanuvchi bu ot turlarini ajralishiga quyidagi so‘zlar asos ajralishiga qo‘yidagi so‘zlar asos bo‘lib xizmat qiladi: 1.Tozi - manbalarda qayd etilishicha, tozi so‘zi arab xalqiga nisbatan ishlatilgan. Shuningdek, qadimgi turkiy manbalarda tozi-terisi yo‘l-yo‘l, ola-bula otlarga nisbatan ham qo‘llangan. Masalan, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu liug‘atit turk”asarida “taz at” ana shunday izohlangan: taz at tafarchї bo‘lmas - terisi yo ‘l-yo‘l olacha ot yuk tashiydigan bo‘lmaydi. Chunki uning tirnog‘i yomondir29 . «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da tozi - arabcha chopag‘on ov iti; uchqur arabiyot; chopqir ot, tulpor ma’nolarida izohlangan.30 Nazarimda, bu otning nomlanishi Mahmud Koshg‘ariy qayd etib o‘tganidek, ot terisidagi belgi asos bo‘lib xizmat qilgan. Arabi, bedov–tarixda ajdodlarimiz tomonidan arab zotli otlarga alohida e’tibor berilgan. Dostonlarda uchraydigan bedov - arabcha, cho‘lda yashovchi sa hroyi ma’nosidagi badaviy so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur so‘zning ma’no ko‘chishi natijasida arab oti, chopqir, uchqur singari sifatlarga ega bo‘lgan ot ma’nosi yuzaga kelgan. O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da bedav(forscha) - yugurik, uchqur yoki arabcha sahroyi ot ma’nolarida izohlangan Dostonlardach opqir arabi otlarni tavsiflashda churra so‘zi ham ishlatiladi. Churra so‘zi Radlo vning qayd etishicha, turkiy tillarda mehnatkash ma’nosini ifodalaydi31. Churra so‘zi Radlovning qayd etishicha, turkiy tillarda mehnatkash ma’nosini ifodalaydi (Rad, 219, III) Shunday qilib, churra bedov – chopqir, epchil, mehnatkash zotdor ot ma’nolaririni foda etadi. 3. Otlarning ijobiy xususiyatlarini ko‘rsatilishida beli do‘ng epiteti ham ishlatiladi. Bu epitetning yuzaga kelishida klassik manbalarda qo‘llangan dol so‘zi (d ol - arab alibosidagi د ni ifodalovchi harf) asos bo‘lib xizmat qilgan. Qiyoslang: M.Koshg‘ariyda shunday izohlangan: jugruk at – yugruk ot. Poygada o‘zib ketadigan chopqir ot . 4. Zoti past, chopish uchun yaroqsiz bo‘lgan otlar uchun emotsional bo‘yog‘iga ko‘ra salbiy so‘zlar sifatlovchi (epitet) sifatida qo‘llaniladi. Masalan, yo bi so‘zi qadimgi turkiy manbalarda va turkiy tillarda oriq, makkor, jahldor, yaramas,och hayvonlarga va shaxslarga nisbatan ham ishlatilgan2 . (Radlov, 279, III). O‘zbek tilining izohli lug‘atida (forscha) – yuk tashuvchi, nasli past, xashaki ot ma’nosida ma’nosida izohlangan 3 . G‘o‘nan - ikki yoshli toy; mo‘g‘ul tilida uch yoshli ho‘kiz (g‘o‘//du) yo ki har qanday erkak hayvon. O‘zbek tilining izohli lug‘atida g‘o‘non – ikki yashar ayg‘ir yoki qo‘chqor tarzida izohlangan. Do‘nan - to‘rt yoshli ot, shuningdek, to‘rt yoshga kirgan har qanday uy hayvoni. O‘zbek tilining izohli lug‘ati do‘non (mo‘g‘ulcha – to‘rt yoshli) 1.Uch yoshga to‘lib, to‘rt yoshga o‘tgan ot yoki tuya. 2. Ikki yoshga to‘lib, uch yoshga qadam qo‘ygan yoki echki tarzida izohlangan. Qulun - bir bahorni ko‘rgan toycha. Shuningdek, bir yoshga kirgan ot. Bulardan tashqari, to‘bichoq, toy, toyloq singari so‘zlar. Bulardan tashqari to‘bichoq, toy, toyloq singari so‘zlar ham otlarning yoshiga ishora sifatida qo‘llani ladi. Masalan, O‘TELda toy – otning ikki yashardan kichik bolasi tarzida qo‘llanga n bo‘lsa (344), qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni anglatgan bu ot asli tay tarzi talaffuz qilinganligi «Devon»dan ma’lum (DLT, III, 173). O‘zbek adabiyotida yilqichilik bilan bog‘liq sinchi termini ham juda ko‘p qo‘llanilishi sir emas. Sinchi - otlarning (hayvonlarning) zotini, feʼl-atvorini yaxshi biladigan kishilarga nisbatan qo‘llaniladi. “Alpomish” dostonida otlarni ta’rifini, tavsifini aniqlaydigan Ko‘sa sinchi, “Go‘ro‘g‘li” dostonida To‘liboy sinchi, “Ravshan” dostonida Tersak sinchi nomlari keltiriladi.32 Ushbu maqola bilan tanishib, shuni xulosa qilib aytganda, o‘zbek tilida o‘z aksini topgan ot nomlari va boshqa yilqichilik bilan bo‘g‘liq terminlarning ko‘pchiligi tilimiz tarixining eng qadimgi davrlaridan boshlab asrimiz boshlariga qadar bo‘lgan katta tarixiy davrda faol iste’mol qilib kelingan lug‘aviy birliklarni o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan boshqa leksik birliklar bilan bir qatorda bilan bir qatorda, yilqichilik terminlarining leksik-semantik tahlili tarixiy leksikografiya,leksikologiya, til tarixi, etimologiya singari sohalarni chuqur o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. D.Bazarovaning “O‘zbek tili zoologik terminologiyasining shakllanish va rivojlanish tarixi” nomli tadqiqotida o‘zbek tilida mavjud qush nomlariga to‘xtab o‘tilgan. Madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy aloqalar natijasida o‘zbek tilida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar qush nomlarining variantlashuvi, dubletlar va sinonimlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lganligi ta’kidlangan33. Tadqiqotda o‘zbek tilidagi qush nomlari tadqiqi asosida turkiy tillarga xos ornitonimlar tavsiflangan. B.P.Zaripov nomzodlik dissertatsiyasida Alisher Navoiy ijodida badiiy san’atlarni hosil qilishda 337 ta zoonim qo‘llangani haqida ma’lumot beradi. Ulardan 117 tasi chorva mollari, 94 tasi qush nomlari, 9 tasi sudralib yuruvchi hayvon nomlari, 48 tasi yovvoyi hayvon nomlari, 41 tasi hasharot va boshqa mayda jonivorlar, 6tasi suv hayvonlari, 12 tasi afsonaviy jonzotlar nomi ekanligi qayd etilgan. Zoonimlarning jinsi, rang-tusi va yoshiga qarab nomlanish asoslari keltirilgan.34 B.Abdushukurovning nomzodlik dissertatsiyasida XI-XIV asrlar oralig‘ida yaratilgan turkiy yozma manbalar matnida qo‘llangan zooonimlar leksik- semantik, funksional-semantik hamda strukturgrammatik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot turkiy lug‘at fondida mavjud zoonimlarning semantik guruhlarini aniqlashda ahamiyatlidir. A.Omonturdiev, D.Yo‘ldasheva, G.Hakimova, N.Nishonova, H.Saidova tadqiqotlarida zoonimlar va ular bilan aloqador belgilar tahlil etilgan. Yana shunday ilmiy ishlardan biri Ahmet Erdem “Ota tushunchasi ifodalovchi o‘zbek va turk xalq maqollarining qiyosi” nomli maqollari orqali ham ko‘plab ma’lumotlarni olish mumkin. Ushbu maqoladan koʻzlangan maqsad ikki qardosh xalq – turk va oʻzbek xalqining madaniy tuzilishi va oʻziga xosligini maqollar orqali tadqiq qilishdir. Turk va oʻzbek xalqlari tomonidan “ota” roliga berilgan ma’no maqollar orqali ochib berishga harakat qilingan. Maqolamizda turk va oʻzbek jamiyatlarida “otalik” roli bilan bog‘liq maqollar ma’no va mazmun jihatdan qiyoslanadi. Turk va oʻzbek madaniyatida otani qadrlash kerakligi, unga hurmat koʻrsatilishi zarurligi, otaning muqaddas ekanligi ekanligi ta’kidlanadi. Ota tushunchasini turk va oʻzbek adabiyotining barcha adabiy janrlarida singari maqollarda ham koʻrish mumkin. Ota tushunchasiga oid oʻzbek va turk maqollarining qiyosi Ota tushunchasi turk va oʻzbek maqollarida koʻp uchraydi. Maqolamizning ushbu qismida ma’lum mavzular doirasida ota tushunchasini oʻzbek va turk maqollari orqali ma’no jihatdan solishtirishga harakat qilamiz. Quyida keltiriladigan oʻzbek va turk maqollarida otaning yoʻl koʻrsatuvchi va muqaddas shaxs ekanligi, unga hurmat va itoat qilish lozimligi qayd qilingan. Turk xalq maqollari: “Atasını tanımayan Allah’ını tanımaz” (Otasini bilmagan, Allohni bilmaydi) (Aksoy, 1988:159) “Ata yolu doğru yoldur”(Ota yoʻli haq yoʻldir).35 D.Tosheva o‘zining tadqiqotida o‘zbek tilidagi frazemalarda eng faol qo‘llanuvchi zoonimlar sirasiga it, ilon, ot, eshak, qush, quyon, tuya kabi jonivorlarni kiritish mumkinligini bayon etadi. Ularning turli xususiyatlari va insonga xos bo‘lgan xususiyatlar, harakatlar bilan o‘rtasida o‘xshashlik kuzatiladi. Shu bois ular bilan chog‘ishtirish, ularga o‘xshatish imkoniyati paydo bo‘ladi. Lingvokulturologiyada zoomorf kod orqali insonning deyarli barcha xususiyatlari aks ettirilishi mumkin: jasurlik – burgutdek, qarchig‘aydek; baquvvatlik - ayiqdek, arslondek, yo‘lbarsdek, norday, fildek, sherdek; mashaqqatli mehnat qilish - itdek, eshakdek, molday, chumolidek; avramoq – o‘rgimchakdek, ilondek kabilar shular jumlasidandir. M. Maxamatova o‘zining “O‘zbek xalq maqollarida zoomorf kodlarning ifodalanishi” nomli ilmiy maqolasida zoonimlar orqali ramziy kodlarni ifodalanishi bo‘yicha qiziq ma’lumotlarni ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari o‘zbek xalq maqollarida arslon, echki, qarg‘a, toycha, ari, ilon, it, bo‘ri, eshak, sichqon kabi so‘zlar xalq tajribasi natijasida yuzaga kelgan xulosalarni metaforik mazmun shaklida ifodalashda lingvomadaniy tayanch vazifasini bajaradi. Fikrimizning dalilini ushbu maqollarda ko‘rishimiz mumkin. Masalan: Har toycha o‘zi suv ichgan bulog‘ini maqtar – ushbu maqol ko‘chma ma’noda ifodalangan bo‘lib, maqolning zamirida har bir kishi o‘zining chanqog‘ini qondirgan suvni, ya’ni inson o‘zi uchun foyda keltirgan narsani maqtashi kabi ma’no yotadi. Kimki, o‘zining foydasi uchun biror makon, yoki biror kimsadan yaxshilik ko‘radigan bo‘lsa, u inson uchun unitilmasligi va maqtashi nazarda tutiladi. Bu maqolda toycha zoomorf kodi ushbu mazmunni ochib berishga xizmat qiladi.36 Bu mavzuni yanada o‘rganish talab etiladigan tomonlari bor. Download 115.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling