Ii-bob. O‘zbek va turk tillarida zoonimlar qiyosiy tahlili, bu tillarda zoonimlar ishlatilgan maqollar tahlili


I bob. Turkiy tillar onomastikasi, turkiy tillarda hayvon nomlari va ularning o‘rganilishi


Download 113.56 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi113.56 Kb.
#1548107
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
blanka

I bob. Turkiy tillar onomastikasi, turkiy tillarda hayvon nomlari va ularning o‘rganilishi.
1.1.Turkiy tillar onomastik xususiyatlari, hayvon nomlari leksikasi.
Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilining tarixi miloddan burungi davrlarga ildiz otgan, uning tarixi qadimgi oltoy davridan boshlanadi. Tilning tarixiy taraqqiyoti to‘g‘risida so‘z borganda umumxalq tili va adabiy til tushunchalari amal qiladi. Bundan tashqari, jonli tilning og‘zaki va yozma ko‘rinishi bor. O‘tmishda har ikkovining ham o‘z atamasi bo‘lgan. Leksikologiyada tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar, ya’ni o‘sha tilning lug‘at boyligi haqida so‘z yuritiladi. Til lug‘at tarkibini tarixiy-etimologik jihat, ya'ni so‘zlarni genetik manbalariga ko‘ra tadqiq etish o‘zbek tilining qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar bilan aloqasini, mazkur tilda qaysi tillarning ta'siri mavjudligini aniqlashga ko‘maklashadi. Pirovard - natijada, bunday izlanishlar o‘zbek tili so‘z boyligi, grammatik qurilishining tarixiy yo‘llarini anglashda nihoyatda muhimdir. Binobarin, tilning leksik tarkibini genealogik manbalariga muvofiq guruhlash, ilmiy jihatdan tahlil qilish katta ahamiyatga ega.2 Tildagi leksik (o‘z va o‘zlashma) qatlamlarni lingvistik tadqiq etish leksik-semantik taraqqiyot qonuniyatlarini belgilashda oʻta muhimdir. Zotan, leksika tarix, madaniyat, fan va xalqning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ilmiy tahlilda ularni hisobga olmasdan turib, so‘z ma'nolarining o‘zgarish manbalari va sabablarini aniqlash mushkul. Qayd etish kerakki, qadimgi turkiy til lug‘at tarkibida mavjud bo‘lgan so‘zlarni biror urug‘ yoki qabilaga mansub deb bo‘lmaydi. Chunki qadimgi turkiy til leksik qatlamida mavjud so‘zlar o‘sha davrda yashagan urug‘ va qabilalarning barchasiga tegishli bo‘lgan deb qarash zarur. Bundan, albatta, qadimgi turkiy til lug‘at tarkibida turkiy bo‘lmagan leksemalar yo‘q ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Ana shu nuqtayi nazardan qadimgi turkiy til leksikasini o‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam bo‘lish lozim. Leksemalarni nomlanishi ham aynan leksikologiya bo‘limida alohida o‘rganiladi .
Onomastika (onomastike — nomlash, nom qoʻyish sanʼati) — tilshunoslikning har qanday atoqli nomlarni, ularning paydo boʻlish va oʻzgarish tarixini oʻrganuvchi boʻlimi, shuningdek, barcha atoqli nomlar yigʻindisi. Ayrim tadqiqotlarda Onomastika termini antroponimika maʼnosida ham qoʻllangan. Onomastika mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va oʻrganishni maqsad qilib qoʻyadi.3
Onomastika atoqli nomlarni olgan obyektlarning toifalariga muvofiq quyidagi boʻlimlardan iborat: antroponimika — kishilarning atoqli nomlarini; toponimika — geografik obyektlarning nomlarini; teonimika — turli diniy tasavvurlar boʻyicha xudolar, maʼbudlar, diniy-afsonaviy shaxs va mavjudotlarning nomlarini; zoonimika — hayvonlarga qoʻyilgan (shartli) atoqli nomlarni; kosmonimika — fazoviy boʻshliq hududlari, galaktikalar, burjlar va boshqalarning ilmiy muomalada va xalq orasida tarqalgan nomlarini; astronimika — ayrim osmon jismlari (planeta va yulduzlar)ning nomlarini oʻrganadi. Onomastikaning yuqoridagilardan tashqari yana bir qancha boʻlimlari bor. Onomastika atoqli nomlarni realionimlar (avval yoki hozir mavjud boʻlgan obyektlarning nomlari) va mifonimlar (xayoliy-toʻqima obyektlarning nomlari)ga boʻladi.4
Atoqli nomlarning lisoniy xususiyatlariga qarab Onomastika adabiy va dialektal, odatdagi (amaliy) va poetik, zamonaviy va tarixiy, nazariy va amaliy turlarga boʻlinadi.
Nazariy onomastika til va nutqdagi, adabiy va dialektal sohalardagi atoqli nomlarning paydo boʻlishi, nominatsiya (nomlash) asoslari, rivojlanishi, shu jarayondagi turli xil oʻzgarishlari, nutqda qoʻllanishi, muayyan hudud va tillarda tarqalishi hamda tarkibiy tuzilishini oʻrganadi. Badiiy matnlardagi atoqli nomlarni (poetik Onomastika) tadqiq etish alohida muammo hisoblanadi. Onomastika, shuningdek, tilshunoslikning qiyosiy tarixiy, struktur, genetik, areal, onomastik xaritalashtirish va boshqa usullarini qoʻllagan holda, atoqli nomlarning fonetik, morfologik, soʻz yasalishi, semantik, etimologik va boshqa jihatlarini oʻrganadi.
Amaliy Onomastika xorijiy tillarga mansub nomlarning transkripsiyasi va transliteratsiyasi, anʼanaviy (talaffuz va yozilishiga koʻra), tarjima qilinadigan va qilinmaydigan nomlarni aniqlash, ‘‘begona’’ nomlarni oʻz tilda qanday yozish boʻyicha yoʻriqnomalar tayyorlash, xorijiy tillardan oʻzlashgan nomlardan yangi soʻzlar hosil qilish bilan, nom berish va nomlarni oʻzgartirish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Onomastika tarix, arxeologiya, genealogiya, geraldika, matnshunoslik, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, geografiya, astronomiya, demografiya kabi fanlar bilan oʻzaro aloqadordir.5
O‘zbek onomastikasi (nomshunosligi) o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biriga aylandi. O‘zbek nomshunosligi bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘zbek onomastikasi sohasini bir qator monografiyalar, risolalar, izohli lug‘atlar, ko‘p sonliilmiy maqolalar, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bilan boyitdi. Tilning leksik boyligini konkret lug‘aviy birliklar tashkil etganidek, tilning onomastik fondini onomastik leksika tarkibiga kiruvchi konkret atoqli otlar tashkil etadi. Onomastik birlik deyilganda aslida konkret atoqli ot nazarda tutiladi. Ozarbayjon olimi A. Gurbanov ozarbayjon tilining onomastik birliklar (“vohidlar”)i qatoriga antroponimlar, etnonimlar, toponimlar, gidronimlar, zoonimlar, kosmonimlar, ktematonimlarni kiritgan edi. Hatto A.Gurbanov onomastik birliklar tilning mustaqil birligi bo‘lgani uchun, ularni o‘rganuvchi onomokalogiya (yoki onomastika) ham xuddi leksikologiya, semasiologiya kabi tilshunoslikning mustaqil sohasi deb hisoblagan edi. Onomastik birlikda quyidagi uchta xususiyat namoyon bo‘ladi: a) “onomastik birlik” termini biror yakka atoqli otni ifodalab keladi: Muhabbat (ism), Go‘zal (ism), Dang‘ara (toponim), Beshkent (toponim), Mushtariy (yulduz nomi), “Mushtum” (jurnal nomi, ideonim) kabilar; b) onomastik birlik nominativ-funksional xususiyatiga ko‘ra biror guruhga birlashuvchi nomlar majmuini ifodalaydi: toponimlar, zoonimlar, kosmonimlar, urbonimlar kabi; v) onomastik birlik onomastika doirasida umuman atoqli ot tushunchasini anglatadi. Umuman, onomastik birliklarni belgilash, tadqiq qilish darajasi milliy tillar tilshunosligida har xil saviyadadir. Shuni aniq namoyon qilish maqsadida E. Begmatov, Ya. Avloqulov o‘z onomastik ko‘lam haqidagi ikkinchi maqolalarida 47 ta onomastik birlik nomining 27 muallif va ilmiy to‘plamda qanday qayd qilinganligini ko‘rsatish maqsadida ikkita jadval keltirganlar. Mana shu jadvalda ko‘rsatilgan 22 ta onomastik makroko‘lam materiallari o‘zbek tili misolida ma’lum darajada o‘rganilgan, xolos. Lekin onomastik ko‘lamlarning aksariyati o‘zbek tilida ixcham va yaxlit termin sifatida o‘z nomiga ega emas. Bu masalalarni tadqiq etish o‘zbek nomshunosligi oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.6
Turkiy tillarning onomastik xususiyatlari turlicha, masalan, flektiv tillarda otlar jonli va jonsiz tarzida farqlansa, turkiy tillarda kishi nomlari (antroponimlar), hayvon nomlari (zoonimlar), joy nomlari (toponimlar), o‘rin-joy otlari. shaxs otlari va narsa-buyum nomlariga ajratiladi. Oltoy tillarida jins va jonli narsalarni leksik hamda grammatik usulda ifodalash o‘ziga xosdir. Turkiy tillarga oid manbalarda uchraydigan otlar turkiy tillarga xos nomlash tizimi haqida ma’lum ot beradi. Bulg‘or tiliga oid so‘zlar:
1. Unvon, mansab, tabaqa nomlari: qagan, xan, bagatur, eran, malamir, taijri, kavaxan, tarxan, tudun.
2. Urug‘ nomlari: caqar, kuyvar, yupan, oxsun, kurigiz, bulgor.
3. Shaxs ismlari (xonlar nomi): Yabguxon, Isbul, Icirgu boyla, Kubrat, Isperix//Asperux, Krum// Kurum, Omurtag, Tektem, Sever, Svinex, Teles, Tervel, Umor, Bayan.
4. Muchal nomlari: dvans ( tavisqan) ‘‘sichqon yili’’, chuvash tilida (toox) ‘‘tovuq yili’’ , daxs (tonuz) ‘‘to‘ng‘iz yili’’.
5. Oy nomlari : alem (ilki em), ‘‘ birinchi oy’’, bexti ( besh) “ beshinchi oy’’, sextem ( qiyos chuvash tilida sakkir) “sakkizinchi oy”.7
Qadimgi turkiy tilning leksikasiga xos so‘zlardan yana bir guruhi onomastikadir. Onomastika ham tilning lug‘at tarkibini boyitishda muhim rol o‘ynaydi. Onomastika qadimgi turkiylarning dunyoqarashi, e’tiqodini bilishda ham muhim vositadir. Qadimgi turkiylar quyidagi an’anaga ko‘ra shaxslarga nom qo‘yganlar: O‘zlari uchun muqaddas hisoblangan hayvonlarga nisbatan nom berish: Bars, bo‘ri.
Shaxslarning ma’lum bir sifat xususiyatlari ism qo‘yishga asos bo‘ladi. Bunda nomlarning semantikasi ostida shu belgi yotadi: Kültegin (kul-kuchli demakdir), Tonyuquq (to‘ngich javqar), Bilgä qaǧan (dono xoqon)8.
Ovchilik, chorvachilik turkiy tillarda eng qadimiy soha hisoblanadi. Ayni paytda ular uchun dehqonchilik, hunarmandchilik kabi sohalar ham begona bo‘lmagan. Turkiy tillarning umumtaraqqiyot davridagi leksik xususiyatlar, ayniqsa, zoonimlar tarkibida saqlanib qolgan. Hayvon nomlari turkiy tillarning leksik taraqqiyoti, so‘zlarning funksionalsemantik xususiyatlari, tushuncha ifodalovchi nom sifatida shakllanishi haqida muhim ma’lumot beradi.
N. Abdurahmonov qadimgi turkiy tilning lug‘aviy qatlamini mavzuviy jihaddan o‘n ikki guruhga ajratib talqin etadi. Tadqiqotlarda berilgan ma’lumotlarni umumlashtirlgan holda, qadimgi turkiy til taraqqiyototining asosiy bosqichlarida keng iste’molda bo‘lgan so‘zlarni quyidagi mavzuviy guruhlarga ajratish mumkin : 1. Joy nomlari; 2.Etnik nomlar ( urug‘ va qabila nomlari); 3. Kishi ismlari; 5. Gidrotoponimlar (daryo va ko‘llar nomi); 6. Zoonimlar (hayvon va parranda nomlari) quruqlik va suv hayvonlari nomlari kabi guruhlarga bo‘lgan9 . Bulardan zoonimlar haqida keyingi boblarda to‘xtalib o‘taman.
Qadimgi turkiy til lug‘at tarkibida mavjud so‘zlar o‘sha davrda yashagan urug‘ va qabilalarning barchasiga tegishlidir. Ular turkiy xalqlarining yashash tarzi, mashg‘uloti , harbiy -jug‘rofiy shaoiti , madaniyati qabilalarni aks ettiruvchi so‘z va atamalardir.
Onomastik makroko‘lam superko‘lamdan keyin turuvchi yirik bo‘linmadir va unda til onomastik tizimining muayyan belgilar asosida uyushuvchi va birlashuvchi hamda onomastik mikro ko‘lamni tashkil etuvchi nominativ birliklar mujassamlanadi. Masalan, muayyan atoqli ot tiplari inson tushunchasi bilan aloqador atoqli ot sifatida antroponomiya makroko‘lamiga, samoviy (kosmik) obyektlarning nomi sifatida kosmonomiya makro ko‘lamiga birlashadi. Mana shunday yirik ko‘lamlar milliy til onomastik ko‘lamining hajmi va doirasini muayyan butunlik, umumlashma tarzida anglashga yordamlashadi. Keltirilgan nuqtayi nazardan o‘zbek tili onomastik makroko‘lami va unga kiruvchi onomastik makroko‘lamlarni quyidagicha belgilash mumkin. O‘zbek onomastikasi makroko‘lami
O‘zbek onomastikasi makroko‘lam
Antroponimlar Ham nomi aniq belgilanmagan makroko‘lamli
Zoonimlar
Teonimiya
Toponimiya
Kosmonimiya
Fitonimiya
Xronomiya
Ideonim
Anemonim
Xrematonim
Plitonim
Ergonim
Faleronim
Dignitonim
Poreyonim
Mifonimiya
Anemokim
Stratonim
Gemeronim

  • Ham nomi aniq belgilanmagan makro ko‘lamlilar

  • Bayramlar, yubileylar va boshqa xil tantanalar, marosimlar atoqli otlari

  • Ba’zi yirik tarixiy tadbirlar

  • Kompaniyalar, urushlar, harbiy va salib yurishlari

  • Siyosiy va mafkuraviy va b.

  • Xil uyushmalari , jamoalar atoqli otlari

Qatorda berilgan 22 ta onomastik makroko‘lam materiallari o‘zbek nomshunosligida turli darajada o‘rganilgan.10 Chunonchi, o‘zbek tilidagi toponimlar (ayniqsa, oykonim, gidronimlar), antroponimlar nisbatan qoniqarli o‘rganilgani tufayli ularni ifoda qiluvchi terminlar ma’nosi ma’lum darajada tushunarli. Ammo tilga olingan makroko‘lamlarga kiruvchi atoqli otlarning aksariyati o‘zbek tilshunosligida hali o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. Shu sababli biz BMI ning keyingi faslini o‘zbek tilshunosligi onomastikasining makro ko‘lami zoonimlar, ya’ni o‘zbek va turk tillarida hayvon nomlarini qiyosiy tahliliga bag‘ishladik.
Bugungi kunda lingvokulturologiya, etnolingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika va boshqa yo‘nalishlar doirasida zoonimlar tadqiqiga bag‘ishlangan izlanishlar olib borilayotgan bo‘lib, ular zoologik terminlar misolida muayyan xalqqa xos xususiyatlarni o‘rganishga xizmat qiladi.
Turkiy tillarda ham hayvon nomlari bir-biriga o‘xshash va farqli tomonlari ham mavjud . Zoonimlar tadqiqi dastlab, Mahmud Koshg‘ariydan boshlangan. Devonda 400ga yaqin zoonimlar lug‘ati keltirilgan bo‘lib, jumladan 100dan ortiq qush nomi qayd etilgan.11
“Devonu lug`otit turk” asarida turli sohalarga doir so‘zlar bilan bir qatorda zoonimlar ham ifodalangan. Ma’lumki, zoonim yunoncha so‘z bo‘lib, hayvon nomlari bilan bog`liq so‘zlar ma’nosini ifodalaydi. “Devon”dagi zoonimlarni hozirgi o‘zbek adabiy tili nuqtayi nazardan ikkita guruhga ajratish mumkin: hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llaniladigan qadimgi turkiy zoonimlar va hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanilmaydigan qadimgi turkiy zoonimlar. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llaniladigan qadimgi turkiy zoonimlar jumlasiga echku (echki), tuya, ayig`, it, ilon, qo‘y kabilarni aytib o‘tish mumkin. Ushbu so‘zlarning til va lahjalarda turlicha ifodalanishini olim aniq ko‘rsatib o‘tadi. Yuqorida keltirilgan tuya, qo‘y kabi so‘zlar har bir tilda, ya’ni turkiy va o‘g`uz tillarida turlicha talaffuz etilishini Mahmud Koshg`ariy shunday izohlaydi: “So‘zdagi “t”ni o‘g`uzlar va ularga yaqinlar “d”ga aylantiradilar, chunonchi, tuyani turklar teve desalar, o‘g`uzlar devey deydilar. So‘z o‘rtasida yoki oxirida kelgan “y”ni arg`ular «n»ga almashtiradilar. Masalan, turklar ― qoy (qo‘y) desalar, ular ― qon (qo‘n) deydilar» (DLT,I.66- 68). “Devon”da hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanilmaydigan qadimgi turkiy zoonimlar ham mavjud. Bunday so‘zlar jumlasiga eno‘k (yosh arslon, arslon bolasi), aba (ayiq), erkach (taka, erkak echki), obko‘k (sassiqpopishak), alavan (timsoh), ud (sigir), as (karkas qushi; burgut) kabilarni aytish mumkin. Mahmud Koshg`ariy bulardan tashqari arqar, arju kabi zoonimlarni ham izohlaydi: “arqar ― urg`ochi tog` echkisi; uning shoxidan pichoqqa sop qilinadi; arju – shoqol¸ chiya bo‘ri deyilgan yirtqich bir hayvon”. Mahmud Koshg`ariy ayrim zoonimlarning qaysi til (sheva va lahja)ga oidligini ham qayd etgan. Masalan¸ ud¸ obko‘k kabilar chigilcha¸ aba qipchoqcha ekanligini misollar asosida aniq ko‘rsatib o‘tgan. Olim ayrim zoonimlarni maqollar asosida izohlagan. Chunonchi¸ ordak (o‘rdak)¸ og`laq (uloq¸ echki bolasi) so‘zlarini maqol bilan shunday izohlaydi: “Ordak (o‘rdak) maqolda shunday kelgan: qaz qopsa¸ ordak kolig igano‘r ― “g`oz qo‘zg`alsa¸ o‘rdak ko‘lni egallaydi”. Bu maqol xalq orasidan biror katta kishi ketgandan keyin¸ uning o‘rniga undan tuban bir kishining ko‘tarilishini eslatish uchun qo‘llaniladi (I.129); “Og`laq (uloq¸ echki bolasi) maqolda shunday kelgan: og`laq yiliksiz¸ og`lan biliksiz ― “echki bolasida ilik yo‘q¸ yosh bolada aql yo‘q” (DLT,I.141). Mahmud Koshg`ariy zoonimlarning omonimlik xususiyatini ingak¸ at kabi so‘zlari vositasida izohlaydi: 1) «turkiylar sigirni ingak desa¸ o‘g`uzlar toshbaqaning urg`ochisini ingak deydilar (I.135); at I ― ot¸ ism; at II ― ot (hayvon); at III ― laqab; unvon. Beg angar at berdi ― bek unga unvon berdi. Qabilaning ulug`i yoki boshlig`ini ham atlig` deyish shundandir» (I.107). “Devon”da yuqoridagi zoonimlardan tashqari yana bug`ra (ikki o‘rkachli tuya)¸ azg`ir (ayg`ir)¸ taqag`u (tovuq) kabilar ifodalangan.
Turkiy tillardagi zoonimlarning leksik-grammatik xususiyatlari tadqiq qilingan.12
Xonaki hayvonlar leksikasini aks ettiruvchi chorvachilik, ovchilik terminlari o‘rganilgan. Turkiy tillar leksikasi tadqiqi zoonimlar tahlili misolida olib borilgan. O‘zbek tilidagi “hayvon” arxisemali so‘zlar semantik maydon asosida tasniflangan. Zoonimlarning turkiy tillar taraqqiyoti davomidagi, jumladan, eski o‘zbek tili davridagi qo‘llanishida quyidagi holatlar kuzatiladi: 1. XI-XIV asr yozma manbalaridagi zoonimlar eski o‘zbek adabiy tilida aynan (o‘zgarishlarsiz) qo‘llangan: kaklik, bagnqara, sicqan. Qadimgi turkiy tilga oid zoonimlarning tarixiy shakllari hozirgi o‘zbek tilining ayrim shevalarida qo‘llanadi.
2. Bir qator zoonimlar fonetik o‘zgarishlar bilan qo‘llangan: sonqur “shunqor”; tavisgan “tovushqon” (quyon); qaz “g 'oz”; ltd / iiy “hokiz”; sigiciq /sigicu q/ sirsiq “chug‘urchuq”; kocydkyargd “chigirtka”; tofjuz "tong‘iz”; qocinar "qo‘chqor”; yabaqulaq “yapaloq”; oglaq “uloq”; sagizgan ‘‘zag‘izg‘on”.

  1. XI-XIV asr yodnomalarida qayd etilgan ayrim zoonimlar eski o‘zbek adabiy tili davriga kelib iste'moldan chiqqan: tagin “suvsar”; cattik “mushuk”; burslcm “qoplon”; yunt “ot”; qisraq “yosh baytal”.

Iste’moldan chiqqan zoonimlar o‘rnini yangi terminlar egallagan: yarasa / yarqanat “ko‘rshapalak”; as “karkas” (qush nomi); ayaqus “turna”; sanduvac “bulbul” ; ayaq “qarqara” . Eski o‘zbek tili davriga kelib yangi zoonimlar shakllana boshladi: topcoqlltupucaq “chopqir ot”; kokavyan “so‘na”. Topcaq zoonimi ma’nosida qadimgi manbalarda агйатад so‘zi qayd etilgan. Bu so‘z hozirgi qirg‘iz va tuva tillarida keng qo‘llanadigan “katta tezlikda yugurmoq” ma’nosidagi argi= / / argu= fe’l asosidan shakllangan. Hozirgi qozoq tili dialektlarida tobisaq “arg‘um oq zotiga mansub uchqur ot”; qirg‘iz tilida toburcak ‘‘yaxshi, katta tulpor, jangovar ot” ma’nolarida qo‘llanadi. Manbalarda tobicag “g‘arbiy mamlakatlarga xos ot”; topcaq at “arabi ot” ma’nolarida ham ishlatilgan. 13 Quyida birgina ot uvadoshligiga mansub so‘zlarning turkiy tillardagi shakllari va ma’nolari borasida fikr yuritiladi.
At (at) “ot”, mo‘g‘ul mori(n); manchj. morin; tung. morin, murin, murgan, murgon, xelge; hozirgi turkiy tillarda at, merina - ayg‘ir, yoq. emak (ot); turkman tilida col ati ( cho‘l oti), ala-bula at “ola ot”.
At (at) turkiy tillarda unli harflari bilan farqlanadi. Ozarbayjon, oltoy, balqar, boshqird, gagauz, qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz, qumiq, no‘g‘ay, tatar, turk, turkman, uyg‘ur, xakas, yoqut tillarida - at, tuva tilida a't; o‘zbek tilida of, chuvash tilida ul:
At so‘zidan tashqari turkiy tillarda “ot” (hayvon) ma’nosida beygir “ayg‘ir”, lasa jilki “yilki” va yont “yond” so‘zlari ham qo‘llanadi. O 'g‘uz tilidagi baytal va biya so‘zlari “urg‘ochi ot” ma’nosini bildiradi.14
Qisraq zoonimi o‘zbek tili shevalari, ozarbayjon tili va bir qator turkiy tillar shevalarida kuzatiladi. Qisraq so‘zining tuzilishi ikkita qismdan iborat: qsr / qisir va aq. Bu so‘z nafaqat ot, balki boshqa hayvonlarni ham bildiradi. Masalan, ozarb., turkm. gisir ; boshqa qozoq, tatar, o‘zbek tillarida qisir; xakas tilida xizir; chuvash xiser, gagauz tilida kisir; no‘g‘ay tilida kisir; qisir//qisraq “qisir” shaklida qo‘llaniladi.15
Qulun, tan “toychoq” - mo‘g‘. unaga(n), manchj,-unaxan; tung. marikan, cader, muron , xnten, muran, enkecenni. Qulun, tay so‘zlari turkiy tillarda, umuman, har xil yoshdagi otlar guruhini anglatadi, hozirgi turk tilida umumiy holda “toychoq” ma’nosini bildiradi. Bu so‘z turkiy tillarda har xil fonetik ko‘rinishhlarda uchraydi. Masalan, ozarb. gay, gayca, gulun; boshq., gag., q.-qalp., qum., turk, turkm. tay, taycik, kolin; o‘zb. qulun, toy; uyg‘. tay taycak, chuv. tixa. xulun. Qulun (qulunak, quluncak, qulunagas) “bir yil lik toychoq” kabi ma’nolarni ifodalaydi.
Qadimgi turkiy tilda yosh otlar taycaq va qulun zoonimi bilan nomlangan. Ko‘pincha toy so‘zi bilan yoshi katta ot guruhlari atalgan. Hozirgi o‘zbek tilida toy uch yoshgacha bo‘lgan barcha otlarga, toychoq bir yoshgacha bo‘lgan otlarga nisbatan ishlatiladi. Turkiy tillardagi ayrim zoonimlar taraqqiyotida funksional-semantik o‘zgarishlar kuzatiladi. Мasalan, yilqi Mahmud Koshg‘ariy “Devon”ida “hayvonlar to‘dasi” ma’nosida izohlangan. “Boburnoma”da “otlar to‘dasi” ma’nosini bildirgan. Yilki terminining etimologiyasi (“yig‘moq”, “birlashtirmoq” so‘zidan - G.Vamberi) ham so‘z semantikasidagi umumlashtiruvchi semaga asoslanadi. Yilqi “bir joyga to‘pla” ma’nosidagi yil- fe'lidan -qi affiksini qo‘shish orqali yasalgan(yil+ qi= yilqi). Bu aslida “keng o‘tloqda erkin harakatlanib yuruvchi hayvonlar to‘dasi”ni anglatgan . Eng qadimgi manbalarda, asosan, “qoramol” tushunchasini ifodalagan.16 Hozirda so‘z semantik strukturasida ma’no torayishi yuz bergan, faqat “otlar to‘dasi” ma’nosi anglashiladi. So‘zlashuv uslubida metonimiya asosidagi ma’no ko‘chishi natijasida “ot” tushunchasini ham bildiradi. Hozirgi turkiy tillarda ozarbayjon ilgi; tuva, xakas tilida cilgi “hali yugurtirilmagan ot”17 so‘zlari uchraydi.
A.M.Sherbak turkiy tillarda qo‘llanadigan 1554ta hayvon nomini keltirgan.18 Hayvonlar nomini bildiruvchi terminlar yuzasidan olib borilgan ishlar, jumladan, A.M.Sherbak tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, zoonimlar hayvonlar yoshi, jinsi va zotiga qarab xilma-xil bo‘ladi. Bunday farqlanish faqat xo‘jalik ishlarida foydalaniladigan hayvonlarda kuzatilishi, boshqa hayvonlarda bunday toifalanish uchramasligi ta’kidlangan.19 A.Shcherbakning uy va yovvoyi hayvonlar nomlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotida 4 turkiy tillarda azaldan mavjud bo‘lgan va keyingi davrlarda muomaladan chiqib borayotgan 62ta zoonim etimologik, semantik jihatdan tahlil qilingan. A.Shcherbak tadqiqotida keltirilgan bir turdagi hayvonlarning jinsiga, yoshiga ko‘ra turlicha nomlanishi haqidagi ma’lumotlar turkiy xalqlarning chorvachilikka asoslangan turmush tarzi, madaniy munosabatlari haqida ma’lumot beradi.
Qirg‘iz tadqiqotchisi E.Aydogmush turk va qirg‘iz tillaridagi zoonimlarni o‘rgangan. Har ikkala tildagi mayda hayvonlarning jinsi, yoshiga ko‘ra nomlari, xonaki va yovvoyi hayvon nomlari tasniflangan, zoonim komponentli frazeologizmlar tahlil qilingan. Shuningdek, xonaki va yovvoyi hayvon nomlarining yasalishi o‘rganilib, zooleksikaning tarixiy qatlamlari aniqlangan.20 Tadqiqot zoonimlar etimologiyasi, shakllanish tarixini yoritishda ahamiyatlidir.
Qadimgi turkiy tilga xos zoonimlarning hozirgi turkiy tillarga munosabatini quyidagicha izohlash mumkin:
1. Zoonimlarning ayrimlari hozirgi turkiy tillarda ayni shaklda qo‘llanadi: as, kis, misuk, maral, nar, og‘lag‘. 2. Zoonimlarning ma’lum qismi fonetik o‘zgargan shaklda ishlatiladi: tonuz —donuz, uy —ud, arxar —argar, suvsar- sosar, tuyur -tuwur, okuz — hokuz, sicqan— cicqan.
Turkiy tillardagi bir qator zoonimlarning qadimgi turkiy varianti keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan. Masalan, qadimgi turkiy tilga xos “dumi qildek ingichka qush” ma’nosidagi qilquyruq XIV asr manbalarida ham uchraydi. Keyinchalik, ijtimoiy aloqalar tufayli turkiy hayvon nomlari bilan bir qatorda o‘zlashma zoonimlar ham ishlatila boshladi. Eski o‘zbek adabiy tilida qo‘llana boshlagan zoonimlarning ko‘pi forscha-tojikcha so‘zlardan shakllangan: kaptar - kaftan murgobi, garm poy, sahmurg "o‘rdak”, Qadimgi va eski turkiy tilda dvrak, XIV asr manbalarida ordak qo‘llangan21; eski turkiy tildagi alavan “timsoh” o‘rnida eski o‘zbek adabiy tili davriga kelib seri obiy izofasi ishlatila boshlangan.
Mavjud obyektlarni nomlash va nomlarni tahlil qilishga qaratilgan ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy xarakterdagi ishlarni bugungi mustaqillik davri talablariga mos ravishda tadqiq va tahlil qilish maqsadga muvofiq. Boshqa xalqlar kabi xalqimiz ham qadim-qadimdan madaniy, ma’rifiy, iqtisodiy va ijtimoiy, ijtimoiy–siyosiy faoliyatlarida jonli hamda jonsiz narsalarni nomlashga va umuman, narsa, hodisalarni, shuningdek, kishilarni nom(ism) bilan atab chaqirishda qo‘llanadigan nomlarga jiddiy e’tibor berib kelgan. Sababi, kishilar o‘zaro muloqotga kirishish uchun odamlarni ham, narsa-hodisalarni ham va butun borliqni ma’lum bir me’yordagi nomlar bilan atab, bir-biridan farqlashga harakat qilishgan. Natijada, ularda xalqimizning milliylik, milliy an’ana hamda milliy qadriyatlari o‘z izini betakror holda q oldira olgan. Mana shu nomlar milliy o‘zlikni anglashga, xalqimizning ruhiy ma’naviy sarchashmalari bo‘lgan milliy udum, urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizga qayta-qayta e’tibor berishga hissa qo‘shadigan vositalardan biri sanaladi.


    1. Download 113.56 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling