Mavzu: Struktur tahlil usullari Reja: Tizimli tahlil jarayoni


Download 21.49 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi21.49 Kb.
#1635531
Bog'liq
Mavzu 77


Mavzu:Struktur tahlil usullari
Reja:
1.Tizimli tahlil jarayoni
2.Matn qurulishi haqidagi strukturaviy qarashlar.
3.Struktur tahlilni soddalashtirish.
Strukturaviy tilshunoslik — tilshunoslik yoʻnalishlaridan biri; tilga nisbatan ilmiy qarashlar va uni tadqiq etish usullari majmui. Tilni aniq, ajralib turadigan struktur (tarkibiy) elementlar (lisoniy birliklar, ularning turkumlari va boshqalar)ga ega boʻlgan belgilar tizimi tarzida tushunish va tilni qatʼiy (aniq fanlarga oʻxshatib) formal tavsiflashga intilish mazkur qarashlar va usullar asosini tashkil etadi. St. oʻz nomini til strukturasiga boʻlgan alohida eʼtibori tufayli olgan. Til strukturasi (tuzilishi) esa, odatda, lisoniy tizimning muayyan sathlar doirasida iyerarxik (pogʻonali) bogʻlanishda joylashgan va tartibga solingan elementlari oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Tilni struktur jixatdan tavsiflash aniq bir matndan umumlashgan invariant (oʻzgarmas) birliklar (ran qoliplari, morfemalar, fonemalar)ni ajratish va ularni aniq, nutqiy boʻlaklar bilan munosabatini qatʼiy qoʻllanish qoidalari asosida aniqlashga imkon beruvchi tahlilni talab qiladi.
St. gʻoyalari asosida strukturaviy (formal) grammatika yuzaga keldi, mashina tarjimasi bilan bogʻliq masalalar kun tartibiga olib chiqildi va maʼlum darajada oʻz yechimini topdi. Tilshunoslikda matematik tadqiqot usullarining keng qoʻllanishiga imkon tugʻildi. St. garchi 20-asrning 20— 30y.larida alohida yoʻnalish sifatida shakllangan boʻlsada, uning dastlabki kurtaklari qad. hind tilshunosi Panini asarlarida, oʻrta asrlardagi universal grammatikalarda, R.Dekart va G.V.Leybnitsning falsafiy lingvistik grammatikalarida uchraydi. Strukturaviy tilshunoslikning paydo boʻlishida I.A.Boduen de Kurtene, F.F.Fortunatov, E.Sepir, L.Blumfild, ayniqsa, F.seSossyurning ilmiy izlanishlari va amaliy faoliyati muhim rol oʻynagan. Strukturaviy tilshunoslikning konsepsiya va metodlari uning ayrim maktablari (Praga lingvistik toʻgaragi — funksional tilshunoslik; Kopengagen maktabi — glossematja; Amerika maktabi — deskriptiv tilshunoslik) hamda bu maktablarga mansub boʻlmagan E.Benvenist, A.Martine, L.Kurilovich, Ye.D.Polivanov va boshqa olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Strukturaviy tilshunoslikning 50y.largacha boʻlgan rivojlanish bosqichida tilni formal tavsiflash, uning mazmun jihatini inkor qilish, til tizimini matematik tizim sifatida tushunish ustunlik qilganligi sababli strukturaviy tilshunoslik qattiq tanqidga uchragan. 50y.lardan keyin esa lisoniy maʼnoni oʻrganish kuchayadi, maʼno-mazmunni tavsiflashning struktur usullari ishlab chiqiladi. Bu davrda fonologik tahlil usullari grammatika va semantikaga koʻchiriladi. Strukturaviy tilshunoslikning oʻzi esa yangi yoʻnalishlarga qushilib ketib, 70-yillarda alohida yoʻnalish sifatida barham topadi. Strukturaviy tilshunoslik ishlab chiqqan usullar adabiyotshunoslik, etnologiya, psixologiya, antropologiya, sanʼatshunoslik kabi ijtimoiy-gumanitar fanlarda boshqa usullar bilan yonma-yon qoʻllanilmoqda.
T izim nazariyasini o ‘zlashtirm oqchi bo'lgan har bir shaxs avvalo tushunchaning noaniqlik m uam m osiga duch keladi. «Tizimli yondashuv», «Tizim nazariyasi», «Tizimli analiz», «Tizimlilik tamoyili» kabi tushunchalar ko‘plab adabiyotlarda qo‘llaniladi. Bu tushunchalarni bir-biridan ajratish qiyin, aksariyat hollarda sinonim kabi talqin qilinadi. Bizning fikrim izch a, tiz im yaratilishining barcha im koniyatlari keng m a ’noda «tizim lilik» deyiladi. Ushbu termin ikkita asosiy ma’noni anglatadi: 1) insonga bog‘liq bo‘lm agan aniqlilik xususiyati tizim lilikning obyektiviilik bilan m osligini tashkil qiladi; 2) insonlar tom onidan to‘plangan xususiyatlar o‘zi haqidagi tushunchalarni anglatadi, y a ’ni u o ‘zida gnoseologik hodisalarni, turli tabiatli tizim lar to ‘g‘risidagi bilim larni ifodalaydi. Fan sohasidagi ko‘p jih atli va kordinal yutuqlar tizim li dunyoqarash va tiz im li ta h liln in g keng qo‘llanilishi asosida kelib chiqqan. K eyingi yillarda ilm iy texnikaviy inqilob asosida texnik yangilanishlar yaratish so‘z siz tizim li yondashuvlar natijasida yuzaqa kelm oqda. Va nihoyat, ishlab chiqarishning muvaffaqiyatlari ham tizim lashtirilm oqda. Qat’iyat bilan shuni aytish m um kinki, XX asr faqatgina atomni k a sh f qilish y o k i kom pyuter ixtirosi bo'lib qolmadi. U ning asosiy yutug‘i bu tiz im dunyoqarashining yaratilishi, ya’ni bilim olish n in g tizim li u su li, so‘ngra atom energiyasidan oqilona foydalanish, kom pyuterning yaratilishi, ta’lim , texnika, ishlab chiqarish, siyosat va m adaniyat sohalarida minglab yutuqlarga erishildi. Shu yillarda tizim n in g um um iy va qisman nazariyasi ishlab chiqarila boshlandi. K eyinchalik, tizim li bilimlarning ajratilgan amaliy soh asi — sistem otexnika tizim lari to‘g‘risidagi m u9 handislikka yo ‘naltirilgan bilimga aylandi. Um um iy tizim nazariyasi tizim lar haqidagi yanada umumiylashgan tizim biliralarini integrallashtiradi. U ikkita fan: falsafa va matematika asosida tashkil topgan. Umumiy tizim nazariyasi rivojlanishida mantiq, to‘plam nazariyasi, kibernetika va boshqa fanlarkatta ahamiyat kasb etadi. Sohaga oid tizim nazariyasi liar xil usullar yordamida tizim xususiyatlarini ochib beradi. Gap fan sohalariga tegishli kuzatib boriladigan fizik , kimyoviy, biologik, iqtisodiy, ijtimoiy tizim nazariyalari haqida ketmoqda. Maxsus tizim nazariyalari, ularning alohida tom onlari, aspektlari, kesimlari, bosqichlarida aks etishiga yo‘naltirilgan. Tizim lilik tam oyili dialektik falsafaning bir chegarasi bo‘lib, dialektik usu ln i aniqlash va rivojlanish sifatida talqin qilinadi. Ushbu fanni t o ‘liq egallash uchun, uni har taraflama 0 ‘rganish talab qilinadi. Bunga to‘liq erishib bolm ayd i, am mo har taraflam a o'rganish xatolardan xolis etadi. Tizim lilik tam oyili — funksiya elem entlarining o ‘zaro aloqasi jam lanm asini taqdim qiladi, kutilayotgan natijaga erishish esa kam muddat ichida, kam mehnat bilan moliyaviy va iqtisodiy sarf-xarajatlarni, atrof-muhitga kam miqdorda zarar keltirishini ta’m inlaydi, kompleksli obyekt kabi yangi texnikaga yaqinlashishni ko‘zlaydi. U obyekt tadqiqotini bir butun deb, boshqa tarafdan esa kattaroq tizim ning qismi, belgilangan munosabatdagi qolgan tizim lar o'rtasida joylashgan, tahlil qilinavotgan obyekt sifatida talqin qilinadi. Bu holatda, tizim lilik tamoyili obyekt va predm etni har taraflama qamrab oladi
Download 21.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling