Ii-bob. O‘zbek va turk tillarida zoonimlar qiyosiy tahlili, bu tillarda zoonimlar ishlatilgan maqollar tahlili


Bitiruv malakali ishning tuzilishi


Download 113.56 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi113.56 Kb.
#1548107
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
blanka

Bitiruv malakali ishning tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kurs ishining kirish qismida ishning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, obyekti, ilmiyligi va amaliy ahamiyati bayon qilingan. 1- bobda turkiy tillar onomastikasi va hayvon nomlari o‘rganilishi haqida umumiy ma’lumotlar berildi. 2-bobida o‘zbek va turk tillarida hayvon nomlari qiyosiy tahlili va bu tillardagi zoonimlar ishlatilga maqollar tahlili yoritildi; xulosa; foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin.Turkiy tillarning katta oilasiga mansub boʻlgan oʻzbek tilining tarixi xalqimizning koʻp asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va gʻalabalari bilan chambarchas bogʻliqdir. Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga oʻz soʻzini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar.Oʻtmishda oʻlkamizni bosib olgan turli yovuz kuchlar bizni avvalo oʻz tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, dinu diyonatimizdan judo qilishga qayta-qayta urindilar. Ular el-yurtimiz boshiga qanday azob-uqubatlar, kulfat va musibatlar solgani tarixdan yaxshi maʼlum. Ammo jasur va matonatli xalqimiz har qanday ogʻir sinovlarda ham oʻz ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashdi. Bu yoʻlda behisob qurbonlar berdi. Har qanday zulm va zoʻravonliklarga qaramasdan, oʻz ona tilini – milliy gʻururini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni har tomonlama rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol yetkazib berdi.Bu borada maʼnaviy jasorat va fidoyilik koʻrsatgan buyuk arboblarimiz, adib va olimlarimiz, ulamolarimiz, ulugʻ sanʼatkorlarimizning xotirasini bugun hurmat va ehtirom bilan yod etamiz. Ushbu qutlugʻ ayyomni bayram qilar ekanmiz, avvalo, 1989-yil 21-oktyabr sanasini – “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunni eslashimiz oʻrinlidir. Yurtimizda mustabid tuzum hali oʻz hukmini oʻtkazib turgan gʻoyat ogʻir sharoitda xalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan bu qonunni qabul qilish biz uchun oson kechmagan edi. Qonun loyihasi ikki marta umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan edi. Uning atrofida qanday qizgʻin bahs va tortishuvlar boʻlib oʻtganini, oʻylaymanki, koʻpchilik yurtdoshlarimiz juda yaxshi eslaydi. Shaxsan men ham oʻshanda bu tarixiy jarayonlarning bevosita guvohi va ishtirokchisi boʻlganman. Bu muhim hujjatning qabul qilinishida fidoyi va vatanparvar ziyolilarimiz, keng jamoatchilikning qatʼiy shijoati hamda Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdugʻaniyevich Karimovning siyosiy irodasi katta oʻrin tutdi.Oʻzbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulugʻ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch boʻlib maydonga chiqdi. Ayni vaqtda u Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi sari qoʻyilgan birinchi dadil qadam edi. Bu qonun xalqimizning oʻz taqdirini oʻzi belgilash yoʻlidagi azmu qarorining yorqin namoyoni boʻldi. Oradan ikki yil oʻtib, Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi aynan ona tilimizda jahonga eʼlon qilindi. Mamlakatimizning Asosiy qonuni – Konstitutsiyamizning oʻzbek tilida yaratilishi uning nufuzini yanada yuksaltirdi.Yurtimiz boʻylab va xalqaro maydonlarda ona tilimizda yangrayotgan Davlat madhiyasi ham qalblarimizda Vatan tuygʻusini joʻsh urdiradi. Oʻzbek tili oʻtgan yillar davomida mamlakatimizdagi yuzdan ortiq millat va elat vakillarini oʻzaro bogʻlaydigan mehr-oqibat tiliga aylandi.Bundan besh asr muqaddam hazrat Alisher Navoiy: “Turk nazmida chu men tortib alam, Ayladim ul mamlakatni yakqalam”,- deb yozgan edi. Yaʼni, ul zot ona tili bayrogʻini baland koʻtarib, butun el-ulusni, yurtlarni shu bayroq ostida birlashtirdim, deb iftixor qilgan. Barchamizga yaxshi ayonki, ona tili – millat maʼnaviyatining mustahkam poydevoridir. Ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy taʼkidlaganidek, har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadigan oyinai hayoti – bu uning milliy tili va adabiyotidir. Shu maʼnoda dunyo hamjamiyatidan munosib oʻrin egallashni maqsad qilib qoʻygan har qaysi davlat avvalo oʻz xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi.Mustaqillik yillarida ona tilimizni tom maʼnoda davlat tiliga aylantirish yoʻlida katta chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu oʻrinda bir fikrga eʼtiboringizni qaratmoqchiman. Hozirgi kunda Yer yuzida 7 mingdan ziyod til mavjud boʻlsa, ularning faqat 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega.Shu nuqtayi nazardan qaraganda, oʻzbek tiliga davlat tili maqomini huquqiy jihatdan muhrlab bergan mazkur qonunning xalqimiz hayotidagi oʻrni va ahamiyati beqiyosdir. Bu tarixiy voqeadan soʻng lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish haqida yana bir muhim qonun qabul qilindi.
Hurmatli vatandoshlar!
Bugun jonajon Oʻzbekistonimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor gʻoya asosida oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qoʻymoqda. Barcha sohalar bilan birga davlat tilining jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar qilinmoqda. Hozirgi kunda oʻzbek tili davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizda faol qoʻllanmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.Davlatimiz tomonidan maʼnaviy hayotimizni yanada rivojlantirish, jumladan, taʼlim-tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish boʻyicha qabul qilingan oʻnlab farmon va qarorlar oʻzbek tili ravnaqiga bevosita xizmat qilmoqda.Bu haqda gapirganda, keyingi yillarda ona tilimizda faoliyat yuritadigan yuzlab bogʻchalar, maktablar, oliy oʻquv yurtlari, yangi gazeta va jurnallar, tele-radio kanallar, nashriyotlar, madaniy-maʼrifiy muassasalar, kutubxonalar tashkil etilayotganini qayd etish lozim. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bu yerda folklorshunoslik, dialektologiya, turkologiya, matnshunoslik kabi yoʻnalishlar ochildi.Bu borada yangi oʻquv dasturlari yaratilayotgani, darslik va qoʻllanmalar, risola va monografiyalar nashr etilayotgani, ilmiy anjumanlar, ommaviy axborot vositalarida oʻzbek tilining buguni va istiqboli haqida amaliy taklif va tashabbuslar bildirilayotgani gʻoyat muhim ahamiyatga ega. Xabaringiz bor, azim poytaxtimiz markazidagi Milliy bogʻ hududida Adiblar xiyoboni bunyod qilinmoqda. Bu goʻzal maskanda barpo etilayotgan yodgorlik majmualari adabiyotimizning buyuk namoyandalari, oʻzbek tilining chinakam jonkuyarlari xotirasiga bagʻishlangani ayniqsa eʼtiborlidir. Ona tilimiz va milliy adabiyotimizni ulugʻlash, uning boy xazinasi, tarovati va nafosatini yosh avlodimizga yetkazish maqsadida, yurtimizda atoqli shoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablarini tashkil etdik. Muhammad Rizo Ogahiy, Isʼhoqxon Ibrat, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarida eng avvalo oʻzbek tili va adabiyotini, badiiy ijod sirlarini chuqur oʻrganish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.Hozirgi vaqtda oʻzbek tilida soʻzlashuvchilar soni jahon miqyosida 50 million kishiga yaqinlashib qoldi. Bu ona tilimizning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.Bugungi kunda xalqaro maydonda obroʻ-eʼtibori tobora yuksalib borayotgan Oʻzbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qoʻshmoqda…….’’ Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining o‘ttiz yilligiga bag‘ ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan .
2019-yil 21-oktaybr.


Download 113.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling