Ii bob psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi


II BOB PSIXIK RIVOJLANISH VA UNI DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI


Download 156.97 Kb.
bet4/7
Sana30.04.2023
Hajmi156.97 Kb.
#1412033
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SHAXS PSIXIK RIVOJLANISHI BOSQICHLARI

II BOB PSIXIK RIVOJLANISH VA UNI DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI.
2.1.PSIXIK RIVOJLANISH VA UNI DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI.

Asosiy ziddiyatlardan biri shaxsda paydo bo’ladigan yangi ehtiyojlar va ularni qondirish uchun zarur vositalarning yetishmasligidir. Shaxs taraqqiyotining erishgan darajasi, hayot tarzi va uning ijtimoiy munosabatlar sistemasida tutgan o’rni o’rtasidagi ziddiyat ham muhim ziddiyatlardan biridir. Shaxs yangi sharoitga moslashishga intiladi (bog’chada, maktabda). Ta’lim va tarbiya jarayoni ham shaxs oldiga yangi vazifalarni qo’yadi, faoliyatning yangi motivlarini hosil qiladi.


Shaxs ma`lum ijtimoiy munosabatlar sistemasida shakllangan ijtimoiy mavjudotdir. Har bir tarixiy davrda shaxsning o`ziga xos xususiyatlari shu davrning ijtimoiy- iqtisodiy tipi va tarbiya tizimiga bog`liq holda tashkil opadi, shakllanadi.
XX asrga kelib yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada psixik taraqqiyot omillarini talqin etuvchi 2 ta yo’nalish yuzaga keldi.

Biogenetik yo`nalish vakillari uchun psixik rivojlanishni belgilovchi irsiy biogenetik va ijtimoiy omillar yonma-yon turadi, lekin yetakchi rolni biologik ya’ni irsiy omillar bajaradi.


Biogenetik qonunni F. Myuller va E. Gekkel kashf qilgan. Bunday qarashning ko’zga ko’ringan vakillaridan biri amerikalik psixolog S.Xolle (1844-1924) bo’lib, u Gekelning biogenetik qonunini psixologiyada bevosita ko’chiradi. Bu nazariyaga ko’ra ontogenezda bola o’z psixik taraqqiyotida filogenezni insonning tarixiy rivojlanish bosqichlarini qisqargan holda boshdan kechiradi.
(chaqaloq-faqat sut emizuvchi hayvon, 6 oylikda maymunlar darajasiga yetadi, 2 yoshida oddiy odam, 5 yoshda ibtidoiy gala, maktabga kirgach ibtidoiy davr odami darajasida, 16-18 yoshda hozirgi zamon kishilari darajasiga yetadi deb hisoblaydilar.
Inson zotidagi rivojlanishi bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi. Biologizm tarafdorlaridan Krechmer «Konstitutsion nazariya» yaratgan. Z.Freyd esa shaxsning barcha xatti-xarakatlari instinktlaridan kelib chiqadi deb hisoblaydi. Albatta, biologik omillar inson xulqini belgilovchi birdan bir omil emas.


Download 156.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling