9-MAVZU: Cheksiz davriy o’nli kasrlar.
1. Cheksiz o’nli kasrlarning kasr qismidagi bir yoki bir necha raqamlari bir xil tartibda ketma-ket takrorlansa, bunday kasrlar cheksiz davriy o’nli kasrlar deb, takrorlanadigan raqamlar gruppasiga shu kasrning davri deb ataladi. Davr qavsga olib yoziladi.
Masalan:
0, 5555 . . . =0, (5);
2, 1232323 . . . = 2, 1(23).
2. Cheksiz davriy o’nli kasr ko’rinishida tasvirlash mumkin bo’lgan sonlar ratsional sonlar deyiladi.
3. Agar qisqarmas kasrning maxrajini tub ko’paytuvchilarga ajratganda 2 va 5 sonlaridan boshqa tub ko’paytuvchilar uchrasa, bunday kasr cheksiz davriy o’nli kasr bo’ladi.
Masalan:
- chekli o’nli kasr.
- cheksiz davriy o’nli kasr.
Do'stlaringiz bilan baham: |