Ii bob. Savod o`rgatish davrida dars tiplari. Ularning maqsadi, mazmuni va qurulishi


Download 99.63 Kb.
bet1/10
Sana28.12.2022
Hajmi99.63 Kb.
#1013300
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Baxtiyorova Sevara


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI



«Himoyaga ruxsat etilsin»
“Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti
dekani ________I.U.Tadjibaev
«____» ________2022- y.



«Himoyaga tavsiya etilsin»
“Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi” kafedrasi mudiri _________Sh.I.Botirova
«____» ________2022- y.



“Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti
5111700 – “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yо‘nalishi
19/1-guruh talabasi
Baxtiyorova Sevara Shuxrat qizining
Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan
KURS ISHI

MAVZU: “Savod o’rgatish davridagi dars tiplari,ularning maqsadi,mazmunu va ko`rinishi”


Ilmiy rahbar: _______ I.B.Madrahimova

«____» ________2022 y.


CHIRCHIQ – 2022

MAVZU: SAVOD O‘RGATISH DAVRIDAGI DARS TIPLARI,ULARNING MAQSADI,MAZMUNI VA KO`RINISHI

MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB. SAVOD O`RGATISH DAVRIDAGI DARSLARNING QURULISHI
1.1. Savod o’rgatish mashg`ulotlari
1.2. Savod o’rgatish o`rgatish davrida yozuvga tayorlash
II BOB. SAVOD O`RGATISH DAVRIDA DARS TIPLARI. ULARNING MAQSADI, MAZMUNI VA QURULISHI
2.1. Savod o’rgatish o`rgatish davrida qo`llaniladiganmetod va usullar
2.2. Savod o’rgatish o`rgatish davrida jarayonida nutuqqa o`rgatish
2.3 Nutuqqa o`rgatish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz1” –degan da’vatlari ta’limning sifatiga va uning samarali tashkil etilishini, ayniqsa, boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchilarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan, savod o‘rgatish ham, o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirish bilan bog‘liq holda uyushtiriladi. Savod o‘rgatish davridagi ishlarning miq yosi kеng bo‘lib, ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, prеdmеt darslar, rasm yuzasidan suhbat va boshqalar bilan bog‘lanadi. Bu davrda o‘quvchilar nutqini o‘stirishning vazifalari:
1) bolalar nutqidagi kamchiliklarni to‘g‘irlash;
2) ularning tasavvur va tushuncha doirasini kеngaytirish bilan bog‘liq holda lug‘atini boyitish;
3) o‘quvchilar nutqidagi ayrim so‘zlarning ma'nosiga aniqlik kiritish;
4) gap va uch-turt gapli kichik «hikoyacha» (bog‘lanishli nutq)ni og‘zaki turli tuzish ko‘nikmasini o‘stirishdan iborat.
Ular bu ko‘nikmalarni amaliy-mashqlar yordamida egallaydilar.Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiati, kuzatishlari nutq o‘stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Prеdmеtlar, uy-ro‘zg‘or asboblari, o‘simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun tеma bo‘lib xizmat qiladi. Suhbat jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar shakllanadi. Birinchi sinf o‘quvchilari nutqni o‘stirishda bolalarning o‘yin va ermaklari, rasm ko‘rish va Bu nima? Bu kim? Bu qanday prеdmеt? Kim nima qilyapti? Kabi savollar asosida suhbatdan ham foydalaniladi. Savod o‘rgatish davrida nutq o‘stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli prеdmеtlarning nomini, ularning bеlgilarini aytish, prеdmеtlarni ma'lum bеlgilari asosida gruppalash kabi mashqlar kiradi.


Download 99.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling