Ii. Bob taqsimot parametrlarining statistik baholari O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Gruppaviy va umumiy o`rtacha qiymatlar


Download 52.63 Kb.
bet12/15
Sana06.11.2023
Hajmi52.63 Kb.
#1751971
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ii. Bob taqsimot parametrlarining statistik baholari-hozir.org

Gruppaviy va umumiy o`rtacha qiymatlar.To`plamning (bosh to`plammi yoki tanlanma to`plammi, bu ning farqi yo`q) son belgisi x ning barcha qiymatlari bir nechta gruppalarga ajratilgan bo`lsin. Har bir gruppani mustaqil to`plam sifatida qarab, uning arifmetnk o`rtacha qiymatini topish mumkin.
Gruppaviy o`rtacha qiymat deb belgining gruppaga tegishli qiymatlarining arifmetik o`rtacha qiymatiga aytiladi.
Endi butun to`plamning o`rtacha qiymati uchun maxsus termin kiritish maqsadga muvofiq.
Umumiy o`rtacha qiymat deb belgining butun to`plamga tegishli qiymatlarining o`rtacha arifmetik qiymatiga aytiladi.
Gruppaviy o`rtacha qiymatlarni va gruppalarning hajmlarini bilgan holda umumiy o`rtacha qiymatni topish mumkin: umumiy o`rtacha qiymat gruppaviy o`rtacha qiymatlarni gruppalarining vaznlari bo`yicha vazniy o`rtacha arifmetik qiymatiga teng.
Buning isbotini keltirmasdan, uni tushuntiradigan misol bilan cheklanamiz.

Misol. Quyidagi ikkita gruppadan tuzilgan to`plamning umumiy o`rtacha qiymatini toping:
Gruppa birinchisi ikkinchisi
Belgining qiymati 1 6 1 5
Chastota 10 15 20 30
Hajm 10+15=25 20+30 = 50


Yechilishi. Gruppaviy o`rtacha qiymatlarni topamiz:
Gruppaviy o`rtacha qiymatlar bo`yicha umumiy o`rtacha qiymatni topamiz.
2.2 Dispersiya turlari

Bosh dispersiya. Bosh to`plam X son belgisini o`zining o`rtacha qiymati atrofida sochilishini xarakterlash maqsadida yigma xarakteristika - bosh dispersnya tushunchasi kiritiladi.
Bosh dispersiya deb bosh to`plam belgisш qiymatlarini ularning o`rtacha qiymati dan chetlanishlari kvadratlarining o`rtacha arifmetik kiymatiga aytiladi.
Agar N hajmli bosh to`plam belgisining barcha qiymatlari turlicha bo`lsa, u holda
Agar belgining qiymatlari mos ravishda chastotalarga ega, shu bilan birga bo`lsa, u holda

ya’ni bosh dispersiya vaznlari tegishli chastotalarga teng bo`lgan chetlanishlar kvadratlarining vazniy o`rtacha qiymatidir.




Misol. Bosh to`plam quyidagi taqsimot jadvali bilan berilgan:

2 4 5 6


8 9 10 3
Bosh dispersiyani toping.
Yechilshi. O`rtacha bosh qiymatni topamiz:
Bosh dispersiyani topamiz:

Bosh to`plam belgisi qiymatlarini uning o`rtacha qiymati atrofida sochilishini xarakterlash uchun dispersiyadan tashqari yigma xarakteristika - o`rtacha kvadratik chetlanishdan foydalaniladi.


O`rtacha kvadratik bosh chetlanish (standart) deb bosh dispersiyadan olingan kvadrat ildizga aytiladi:

Download 52.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling