Ii bob xalqaro iqtisodiy integratsiyaning moxiyati, shakllari va obektiv asoslari


II BOB XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYANING MOXIYATI, SHAKLLARI VA OBEKTIV ASOSLARI


Download 0.69 Mb.
bet5/9
Sana01.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1318146
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jahon xo‘jaligining vujudga kelishi, asosiy belgilari va bosqichlari

II BOB XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYANING MOXIYATI, SHAKLLARI VA OBEKTIV ASOSLARI.
2.1O’zbekiston iqtisodiyotining jaxon xo’jaligiga kirib borishi.

XX asr boshlarida jahon xo’jaligida o’zaro bir-biri bilan bog’liq quyidagi ikki tendensiya harakat qilmoqda:


- jahon xo’jaligi yaxlitligining shakllanish jarayoni globallashuv;
- mintaqaviy iqtisodiy integratsiya.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya (XII) atamasi XX asming 30-yillarida nemis va shved iqtisodchilarining asarlarida birinchi marta ishlatilgan. Integratsiya so’zi lotin tilida «integratio» so’zidan olingan bo’lib, «qo’shilib ketish», «birlashish», «qismlarning bir butunlikka aylamshi» deb taijima qilinadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya, deganda milliy xo’jaliklar o’rtasida chuqur barqaror o’zaro aloqalar va mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarishning yuqori darajadagi baynalmilallashuvi tushunilib, u qator mamlakatlar takror ishlab chiqarish tarkibining asta-sekin qo’shilib ketishiga olib keladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning maqsadi istiqbolda tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakatlanishiga to’siq bo’layotgan cheklovlarni bartaraf etish hisoblanadi. Ishlab chiqarish, ilmiy-texnik hamkorlik va ayirboshlash predrneti hisoblangan tovarlar, xizmatlar, pul va mehnat resurslari XII obyektlari hisoblansa, xalqaro ishlab chiqarish, ilmiy-texnik hamkorlik va ayirboshlashni amalga oshiruvchi iqtisodiy tomonlar esa XII subyektlari hisoblanadi.
Integratsion tuzilmalami ishlab chiqarishning integratsiyalashishida erishilgan darajasiga qarab ajratish lozim, hamda integratsiyalashishning rasmiy va real xususiyatga ega bo’lishi mumkinligini hisobga olish zarur.
Rasmiy integratsiyalashuv ishlab chiqarishni xalqaro darajada umumlashtirishdan iborat bo’lib, uning asosida mamlakatlar

o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar xalqaro mehnat taqsimoti negizida tashkil etiladi.


Real iqtisodiy integratsiya esa ishlab chiqarishning ishtirokchi mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari pariteti asosida xalqaro umumlashtirishdan iborat bo’ladi. Iqtisodiy integratsiya, o’z navbatida, ishtirokchi rnamlakatlaming ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining yaxshilanishi uchun shart-sharoit yaratadi. Jahon amaliyoti ko’rsatishicha, integratsiyadan ichki bozori kichik, resurslarga boy bo’lmagan, jahon YaMMida
kam ulushga ega bo’lgan mamlakatlar ko'proq samara oladi.





Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling