Ii. Bob. Yordamchi maktab o’quvchilarini axloqiy tarbiyalashning maqsadi, vazifasi va usullari


I.Bob. Muammoni o’rganilish holati


Download 56.27 Kb.
bet3/8
Sana29.01.2023
Hajmi56.27 Kb.
#1138732
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dilsora kurs ishi

I.Bob. Muammoni o’rganilish holati.
1.1. Muammoni o’rganishning ilmiy nazariy asoslari
Aqli zaif bolalarning ruhiyatini o’rganishning mumkinligi va zarurligi, ularni o’qitish, tarbiyalash kerakligi, tibbiyot, xususan psixiatriyaning rivoji bilan uzviy bog’liq. XVIII asr oxirlari XIX asr boshlarida aqli zaif bolalarni davolash, tarbiyalash, o’qitishga oid ma’lum ijobiy qarashlar yuzaga keldi va shakllana boshladi. Shuni eslatib o’tish joizki, aqli zaiflar ta’lim- tarbiyasi masalalari dastlab, asosan aqliy nuqsoni og’ir darajadagi bolalar ustida boshlangan. Nisbatan yengil darajadagi aqli zaif bolalarni o’rganish, davolash, tarbiyalash muammolari birmuncha keyinroq, XIX asrning ikkinchi yarmidan o’rganila boshlangan. 1858-yilda rus pedagogi N. A. Dobrolyubov tomonidan aqli zaif bolaning o’ziga xos xususiyatlari ochib berildi. Uning ko’rsatishicha, «faollikning pastligi», «sekin idrok qilish», «quruq yodlashning ustunligi», «bir xildagi harakatlar», «yangi sharoitlarga yomon moslashish», «bilimlarini to’g’ri ishlata olmaslik» — aqli zaif bolalarga xos xususiyatlar ekan. XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Rossiyada aqli zaif bolalarni o’rganuvchi, davolovchi, tarbiyalovchi, bilim beruvchi qator davolash, tarbiyalash muassasalari ochila boshlandi (Riga, Peterburg, Moskva, Kiyev shaharlarida). 1910-yilda Moskvada aka-singil Postovskiylar boshlang’ich bilim yurti qoshida aqli zaif bolalar uchun yordamchi sinflar ochdilar, hamda bolalarni o’rganish uchun eksperimental psixologik kabinet tashkil qildilar. 1911-yilda shifokor-psixiatr, professor G.I. Rossolimo Moskvada bolalar psixologiyasi va nevropatologiyasi institutini ochdi va bu yerda aqli zaif bolalar ruhiyatining o’ziga xos tomonlari o’rganila boshlandi. Aqli zaif bolalarni o’rganishda 1915-yilda G.Y. Troshinning «Tarbiyaning antropologik negizi, normal va anomal bolalar psixologiyasini qiyoslash» nomli asarining chop etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. G.Y. Troshin rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarga yordam berishda faol qatnashdi. 1906-yilda G.Y. Troshin boshchiligida davolash maktabi tashkil etildi va bu yerda anomal bolalar uchun chuqur ilmiy bilimlar berish masalalariga e’tibor qaratildi. G.Y. Troshinning asosiy o’rganish predmeti — aqli zaif bolalar edi. Defektologiyaning fan sifatida shakllanishida G.Y. Troshin tomonidan ilgari surilgan va asoslangan normal va nuqsonli bola rivojlanish qonuniyatlarining umumiyligi to’g’risidagi fikrlari katta ahamiyat kasb etadi. «Mantiqiy normal va nuqsonli bolalar o’rtasida farq yo’q. Unisi ham, bunisi ham inson, unisi ham, bunisi ham bola, unisi ham, bunisi ham bir qonuniyat bo’yicha rivojlanadi». G.Y. Troshin normal rivojlanayotgan va nuqsonli bolaning psixologik rivojlanishini solishtirishga asoslangan bola rivojlanishining psixologik tahliliga yondashishning asosini yaratdi. Uning fikricha, nuqsonli bolani o’rganish inson tabiatini anglashga yordam beradi va psixologiyaning rivojlanishiga bebaho hissa qo’shadi. 1920-yillardan boshlab maxsus psixologiya, xususan aqli zaif bolalar psixologiyasi mustaqil fan sifatida o’quv darajalariga kiritildi. Shu davrdan boshlab bu muammo davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ishlar tizimiga kiritilib, alohida e’tibor berila boshlandi. 1925-yilda Moskvada eksperimental defektologiya instituti tashkil etildi. L.S. Vigotskiy (1896-1934) rahbarligida aqli zaif bolalarni o’rganish ishlari boshlab yuborildi. Yetuk psixolog L.S. Vigotskiy maxsus psixologiya sohasida juda katta nazariy meros qoldirdi hamda haqli ravishda oligofrenopsixologiyaning asoschisi hisoblanadi. 1935-yildan aqli zaif bolalar ruhiyatini o’rganuvchi laboratoriyani L.V. Zankov boshqara boshladi. Bir necha yillar mobaynida L.S. Vigotskiy bilan hamkorlikda ishladi. L.V. Zankov aqli zaif bolalar xotirasini rivojlantirish muammolarini ishlab chiqishga katta hissa qo’shdi. 1943-yilda mavlud bo’lgan eksperimental defektologiya instituti Defektologiya ilmiy tekshirish institutiga aylantirildi. Institutga T.A. Vlasova 1985- yilga qadar rahbarlik qildi. Aqliy jihatdan zaif bolalar psixologiyasini rivojlantirishga L.I. Shif, G.M. Dulnev, B.I. Pinskiy, S.Y. Rubinshteyn kabi olimlar ham katta hissa qo’shdilar. O’zbekistonda oligofrenopsixologiyaning nazariy va amaliy rivojlanishiga bir qancha pedagog, psixologlar katta hissa qo’shdilar. Urushdan keyingi davrda Respublika maorif vazirligining «Nuqsonli bolalar umumiy majburiy ta’limni ta’minlash choralari to’g’risida» qarori qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda respublikaning turli viloyat va shaharlarida aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar uchun maktab, maktab-internatlar tashkil etila boshlandi. Maxsus maktablar uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ishi markaziy Osiyoda birinchi bo’lib, 1967-yilda Toshkentdagi Nizomiy nomli pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida boshlandi. Shu institutni bitirgan o’zbek olimlaridan G’. B. Shoumarov, K.Q. Mamedov va G. Berdiyevlar maxsus psixologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shib kelmoqdalar. Ular tomonidan maxsus psixologiya faniga oid uslubiy tavsiyalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, darsliklar, monografiyalar yaratilgan. G’. B. Shoumarov «Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar maxsus maktabini bitirgan yosh oilalarda ijtimoiy-psixologik muammolar» mavzusi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. K.Q. Mamedov «Maktabgacha yoshdagi bolalar va o’quvchilarning aqliy rivojlanish xususiyatlari (psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar haqida) » mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. G. Berdiyev o’z ilmiy-tadqiqot ishida sog’lom va aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabatlari muammosini o’rganib chiqqan. Mamlakatimiz va chet el defektologlarming nazariy tekshirishlari, tajribalarining ko’rsatishicha, aqli zaif bolalar potensial rivojlanish imkoniyatlariga ega bo’lar ekan. Aqli zaif bolalarning ruhiy taraqqiyot xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari haqida ularning bilim egallash xususiyatlarini bilmaslik defektologlar uchun kundalik ishlarida katta qiyinchilik, tushunmovchiliklarga olib keladi.
Defektologiya muammolari bilan shug’ullanuvchi chetel defektologlari, aqli zaiflik to’g’risida gapirib, bu tushunchani unga aqliy kamchilikni qo’shish bilan kengaytiradilar, uning yuzaga kelishi erta bolalik vaqtida bola rivojlanishini o’ta nomuvofiq ijtimoiy sharoitlari bilan bog’liq bo’ladi. Atrofdagi kishilar bilan intellektual va hissiy muloqot yetishmasligi, doimiy to’yib ovqatlanmaslik va hokazolar ko’zda tutiladi (F. Gallaqhere, O. Meher, Satdenqeu). So’nggi yillar maxsus adabiyotlarida ham bosh miya po’stlog’i shikastlanishi bilan bog’liq bo’lmagan aqli zaiflik hodisalari to’g’risida ma’lumotlarni uchratish mumkin. Hozirgi paytda «aqli zaif» termini o’rniga uning sinonimlarini ishlatishga harakat qilinmoqda, negaki, bu termin bolani faqat aqliy jihatdan noadekvatligini bildiradi, u esa motorika, hissiy-irodaviy doira va butun shaxsiy yetishmovchiliklarga ega. Undan tashqari, tashxisning bu shakli ota-onalarga og’ir botadi. Alohida yordamga muhtoj bolalar «Imkoniyati cheklangan bolalar» deb yuritilmoqda. Aqli zaif bolalar asosan maktab va maktab-internatlarida tarbiyalanadilar, ular XX asr oxirigacha yordamchi deb atalardi, hozir VIII turdagi maxsus mehnat ta’limi maktablari deb nomlanadi.
Aqli zaif bolalarning ayrim qismi ommaviy umumta’lim maktablarida tashkil qilingan korreksion rivojlantirish ta’lim sinflarida o’qiydilar, hamda uy sharoitida individual o’qitiladi. Mehnat ta’limi maktabining barcha o’quvchilarini amaliy maqsadda 2 guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga kiradigan bolalar asosan o’z rivojlanishlarining ma’lum davrida bosh miya kasalligini boshidan kechirgan va shu kasallik qoldirgan nuqson asosida rivojlanayotgan, amalda esa sog’ bolalar kiradi. Ikkinchi guruhga bosh miyasidagi kasalliklari davom etayotgan bolalar kiradi. Bunday bolalarda maxsus maktablarda o’qib yurgan vaqtlarida ham kasalliklari davom etib og’irlashishi ham mumkin. Bu bolalarning ruhiy xususiyatlari, bilim egallash imkoniyatlari o’zgarib turish xususiyatiga ega. Aqli zaif bolalarning ko’p qismini oligofrenlar tashkil qiladilar (grekcha oligof — kam, phrenos — aql). Miya tizimlarining shikastlanishi, asosiysi miyaning o’ta murakkab va kech shakllanuvchi tuzilishlari psixikaning buzilishi va chala rivojlanishiga sabab bo’lib, rivojlanishning dastlabki bosqichlarida yuzaga keladi; ona qornida, tug’ruq paytida va bir, bir yarim yoshida, ya’ni nutq shakllanmasdan avval. Oligofreniyada miyaning organik yetishmovchiligi rezidal (qoldiq), noprogrediyent (murakkablashmaydigan) xarakterga ega. Bola hayotining yanada kechroq davrida yuzaga kelgan aqli zaiflik nisbatan kam uchraydi. Bu demensiya deb yuritiladi. Demensiya miyaning organik kasalliklari oqibatida bo’lishi mumkin (masalan: meningoensefalitlar, miya travmalari, silkinishi, lat yeyishi va boshqalar). Demensiyada bolada ortib boruvchi degredatsiya (orqaga ketish) kuzatiladi. Biroq ayrim holatlarda davolash yordamida bu jarayonni birmuncha sekinlashtirish mumkin. Alohida holatlarda boladagi aqlning sust rivojlanishi kechayotgan ruhiy kasallik bilan qo’shilib ketadi — epilepsiya, shizofreniya, bosh miya zaxmi va boshqalar. Oligofren bolalarning barcha psixik jarayonlarining orqada rivojlanishi va turg’un buzilishlari bilan tavsiflanadi, bu bilish faoliyati doirasi (ayniqsa, og’zaki mantiqiy fikrlashda) va shaxsiy doirada aniq ko’rinadi. Bunda me’yordan ortda qolishgina emas, balki rivojlanishning o’ziga xosligi namoyon bo’ladi.
Aqli zaif bolalarni ancha kichik yoshdagi normal rivojlanayotgan bolalarga tenglashtirib bo’lmaydi. Aqli zaiflik — bir me’yorda emas — bola psixik faoliyatining turli tomonlarida ko’rinadi. Kuzatishlar va eksperimental tadqiqot materiallari bolada ayrim psixik jarayonlar o’ta keskin o’zgargan bo’lib, boshqalari saqlanib qolgan bo’lishi mumkinligi haqida gapirish imkonini beradi. O’z rivojlanishida me’yordan chetlashgan, shu jumladan, aqlan orqada qolgan bola psixikasi tuzilishi juda murakkab. Maxsus psixologiya asoschilaridan biri L.S. Vigotskiyning nazariy qoidalariga muvofiq bolada birlamchi nuqson va ikkilamchi asoratlarni ajrata bilish kerak.
Aqli zaif bolalarga po’stloq faoliyatining to’laqonli emasligi, mo’ljalga olish faoliyatining bo’shligi, nerv jarayonlarining inertligi, himoya tormozlanishiga ortiqcha moyillik xosdir. Oligofren bolalar psixik faoliyatida aniq aks etgan kamchiliklar bilan birga bu bolalarga rivojlanish jarayoni asosi bo’lib xizmat qiluvchi ayrim ijobiy imkoniyatlar ham xos. O’qituvchilar maxsus aqli zaif bolalar maktabida korreksion ishni tashkil qilib aynan shu imkoniyatlarga tayanadilar. XX asrning 90-yillaridan boshlab aqli zaiflarning xalqaro tasnifidan foydalana boshlandi, unga binoan bolalarni 4 guruhga bo’ladilar: yengil, o’rtacha, og’ir va chuqur darajadagi aqli zaiflik. Chet el psixologlari bola intellektual koeffitsientini aniqlashga asoslanadilar. Ma’lumotlarga ko’ra, yengil aqli zaiflikda 70 ga teng, o’rtachada 70 dan 50 gacha diapazonda, chuqurda 25 dan 0 gacha. Aqli zaif bolalarning dunyoga kelish sabablari turlicha. Odatda, endogen (ichki) va ekzogen (tashqi muhit) omillarini ajratish mumkin. Aniqlanishicha, aqli zaiflikning genetik shakllari ustun tursa, ular tug’ma aqli zaiflar soniga kiradi. Biroq buzilishlarning yuzaga kelishida onaning yuqumli kasalliklari (masalan: qizilcha, homilaning alkogol bilan zaharlanishi, narkotiklar, dorilarni haddan ziyod iste’mol qilish, onaning endokrin kasalliklari, xromosoma buzilishlari) muhim rol o’ynaydi. Ona qornida rivojlanish davrida, tug’ruq paytida va bir-bir yarim yoshida olingan miya shikastlanishlari ma’lum ahamiyatga ega, shu bilan bir qatorda hozirgi iqtisodiy va ekologik vaziyat ham katta rol o’ynaydi. So’nggi yillarda bolalar rivojlanishining murakkab nuqsonlari muammosi keskinlashmoqda. VIII turdagi maxsus maktab o’quvchilari tarkibi og’irlashmoqda. Kar va zaif eshituvchi bolalar orasida aqli zaiflikning tarqalishi taxminan 10%, ko’r va qisman ko’ruvchilar o’rtasida 20% ni tashkil etadi.
Bir qator hollarda aqli zaiflik tayanch-harakat tizimi buzilishlari bilan, autizm bilan birlashadi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, murakkab nuqsonlar irsiy kelib chiqishga ega. Bolada murakkab nuqsonning borligi uning rivojlanishi yo’nalishini tormozlaydi, nuqsonlarni korreksiyalash imkoniyatini kamaytiradi, o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishni sezilarli qiyinlashtiradi. Bunday bolalar bilan muvaffaqqiyatli ish olib borish e’tibor va keng bilim doirasiga ega bo’lishni talab qiladi. Murakkab nuqsonli bolalar alohida muammoni yuzaga keltiradilar. Ular maxsus o’rganilishi kerak. Lekin bu turdagi tadqiqotlar hali juda kam. Aqli zaif o’quvchilar alohida toifa bolalarni tashkil etadi. Ular boshqa turdagi maxsus maktab o’quvchilaridan farq qiladilar. Biroq har bir turdagi maktab o’quvchilari tarkibi turlicha. Shuning uchun Rossiyada yetakchi bolalar psixologlari tomonidan aqli zaif bolalar tasnifi ishlab chiqilmoqda. Odatda, ular klinik patogenetik prinsipga asoslanadilar (D.N. Isayev, 1982; M.S. Pevzner, 1959; G.Y. Suxaryova 1965 va boshqalar). VIII turdagi maxsus maktablarda ishlovchi defektologlar M.S. Pevzner taklif etgan tasnifdan foydalanadilar. Bu tasnif oligofren bolalar xulqi va psixik faoliyatlarini keltirib chiqaruvchi sabablarni tushunish imkonini beradi va korreksion-tarbiyaviy ishlar yo’llarini izlashni yengillashtiradi.


Download 56.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling