Yuridik shaxslar foydasiga solinadigan soliq stavkalarining o‘zgarish dinamikasi
14
Soliq stavkalari
(foizda)
2002
y.
2003 y.
2004 y.
2005 y.
2006 y.
2007 y.
2008 y.
2009 y.
2010
-
2013
y.
201
4
y.
201
5
y.
2016 y.
Asosiy stavka
24 20 18 15 12 10 10 10
9
8
7,5 7,5
Tijorat banklari
-
-
-
-
-
17 15 15
15
15 15 15
Auksionlar o‘tkazishdan,
gastrol-konsert, ommaviy
tomosha tadbirlarini
tashkil etishdan daromad
oluvchi yuridik shaxslar
35 35 35 35 35 35 35 35
35
35 35 35
Doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borgan
norezidentning daromadi hech qanday chegirmasiz daromad manbaida quyidagi stavkalarda
soliqqa tortiladi:
dividendlar va foizlardan - 10 foiz;
sug‘urta mukofotlari, sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash - 10 foiz;
O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar bilan xalqaro aloqa uchun
telekommunikatsiya va transport xizmati (fraxt daromadi) - 6 foiz;
royalti, ijara daromadlari, xizmat ko‘rsatish, shu jumladan boshqaruv xizmati, maslahatlar
va boshqa daromadlar - 20 foiz.
Soliqqa tortish maqsadida dividend deb aksiyalardan va boshqa xo‘jaliklar sub’yektlarining
ustav kapitalidagi qatnashish ulushidan olgan daromadlari tushuniladi.
14
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining har yilgi soliq stavkalari to‘g‘risidagi
qarorlari asosida mualliflar tomonidan tayyorlangan.
43
Foizlarga esa depozit qo‘yilmalar, qarz majburiyatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlardan
olgan daromadlar kiradi.
Manbaida soliqqa tortilgan va dividend, foiz olgan norezident jami daromadidan tegishli
tartibda belgilangan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda chegirma olish huquqiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |