Ii bob. Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ii bob. Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0,033 foiz miqdorida penya
- Nazorat savollari
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni
taqdim etish va soliq to‘lash tartibi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi quyidagicha aniqlanadi:
15 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori. 44
F s = ( J d - Ch - I - S bk ) x S s , bu yerda: F s – foyda solig‘i summasi; Jd – jami daromad; Ch – chegirmalar; I – imtiyozlar; S bk – soliqqa tortiladigan bazaning kamayishi; S s – foyda solig‘i stavkasi. Yuridik shaxslar ortib boruvchi yakun bilan chiqarilgan foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobini ro‘yxatdan o‘tgan joydagi soliq idoralariga yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etadilar. Foyda solig‘i bo‘yicha hisobotlar, hisob-kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan shakl va tartibda taqdim etiladi. Yuridik shaxslar foyda solig‘ini foyda solig‘i bo‘yicha hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlardan kechiktirmay to‘lashlari lozim. Yilning hisobot choragida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydasi eng kam ish haqining 200 baravaridan ko‘proq miqdorni tashkil etadigan yuridik shaxslar foyda solig‘i bo‘yicha joriy avans (bo‘nak) to‘lovlarini har oyning 10-kuniga qadar yilning choragi bo‘yicha taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydaga nisbatan hisoblab chiqilgan foyda solig‘i summasining uchdan bir qismi miqdorida to‘laydi. Yuridik shaxslar joriy avans to‘lovlar summasini hisoblab chiqarish uchun yilning joriy choragi birinchi oyining 10-kunigacha ro‘yxatdan o‘tgan joydagi soliq organiga yilning tegishli choragida taxmin qilinayotgan foyda hamda belgilangan foyda solig‘i stavkasi asosida ma’lumotnoma taqdim etadilar. Joriy to‘lovlar belgilangan muddatlargacha budjetga to‘lanmasa, ularga nisbatan soliq qonunchiligida ko‘zda tutilgan har bir kechiktirilgan kun uchun hisoblangan soliq summasiga nisbatan 0,033 foiz miqdorida penya qo‘llaniladi. Shuningdek taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydaga nisbatan hisoblangan foyda solig‘i summasi topshirilgan hisobot bo‘yicha haqiqiy foyda solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilganda, quyi soliq idoralari joriy to‘lovlarni foyda solig‘ining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblaydilar. Hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydasi eng kam ish haqining 200 baravaridan kam bo‘lgan yuridik shaxslar chorakda bir marta foyda solig‘ini to‘laydilar. Ular joriy avans to‘lovlarini amalga oshirmaydilar. Foyda solig‘i hisobotlari o‘sib borish tartibida bo‘lganligidan oldingi choraklarda to‘langan soliqlar hisobga olib boriladi. Ortiqcha to‘langan soliq summasi kelgusi to‘lovlarga o‘tkaziladi yoki soliq to‘lovchiga boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan qarzi bo‘lmasa, undan yozma ariza olgan kundan boshlab 30 ish kuni ichida korxonaga qaytariladi. Foydadan soliqni hisoblash va budjetga o‘tkazish javobgarligi foydalaridan soliq to‘lashni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar zimmasiga yuklangan. Nazorat savollari 1. Foyda solig‘i O‘zbekistonda qachon joriy qilingan? 2. Yuridik shaxslar foyda solig‘ini to‘lovchilar kimlar? 3. Rezident va norezident kimlar va ular qanday tartibda soliqqa tortiladi? 4. Soliq ob’yekti va soliq solish bazasi qanday aniqlanadi? 5. Qanday yuridik shaxslar foyda solig‘idan to‘liq ozod etiladi? 6. Yuridik shaxslarning qanday foydasi yuridik shaxslar foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi? 7. Soliq hisobotlarini topshirish va soliqni to‘lash tartibi qanday belgilangan? Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling