Ii. Fermer xo‘jaligini tashkil etish 5-modda. Fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlari


-modda. Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari berish tartibi


Download 46.29 Kb.
bet6/23
Sana08.01.2022
Hajmi46.29 Kb.
#236385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
FERMAER XO'JALOGINI TASHKIL QILISH

11-modda. Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari berish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga ellik yilgacha bo‘lgan, lekin o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.

Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo‘jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar ustun huquqdan foydalanadi.

Keyingi tahrirga qarang.

Zaxira yerlardan yoki yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan yer uchastkalari o‘tkazilgan tanlov yakunlariga ko‘ra yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasi hamda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga binoan xalq deputatlari tuman Kengashining qarori asosida qabul qilingan tuman hokimining qarori bo‘yicha beriladi.

Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xo‘jaligining boshlig‘i va tuman hokimi tomonidan imzolanadi.

Tuman hokimining fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilinishi mumkin.

Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turarjoyi bo‘lgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi.

Fermer xo‘jaligining yer uchastkasi chegaralarini naturada (joyning o‘zida) belgilash hamda yer tuzish loyihalariga muvofiq fermer xo‘jaligiga yer uchastkasini ijaraga berish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish yer tuzish xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.



(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

 LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 53-moddasiga (“Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari berish”) hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risida Nizomga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)


Download 46.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling