Ii. Fermer xo‘jaligini tashkil etish 5-modda. Fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlari
Download 46.29 Kb.
|
FERMAER XO'JALOGINI TASHKIL QILISH
13-modda. Yerdan foydalanish
Fermer xo‘jaligining yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan foydalanish borasidagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi. LexUZ sharhi Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 39, 40-moddalariga qarang. Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalaniladi. Ular xususiylashtirilishi, shuningdek oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi va ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas. Keyingi tahrirga qarang. Keyingi tahrirga qarang. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olishda fermer xo‘jaligi tomonidan garovga qo‘yilishi mumkin. Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasi fermer xo‘jaligi qayta tashkil etilgan taqdirda, agar yer uchastkasining bo‘linishi natijasida yangi tashkil topgan yer uchastkalarining o‘lchami ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan eng kam o‘lchamlardan kam bo‘lmasa, bo‘linishi mumkin. Yer uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros bo‘yicha o‘tadi.
Fermer xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy ta’lim muassasalariga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini o‘zining tuman hokimi nomiga berilgan arizasiga ko‘ra ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismi talablariga javob beradigan o‘z oila a’zolaridan biriga qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishi mumkin. (13-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin fermer xo‘jaligi ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining boshlig‘i vafot etgan taqdirda, ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning merosxo‘ri ega bo‘ladi. Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda esa, sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim. LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasiga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 382—385-moddalariga qarang. Oldingi tahrirga qarang. (14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda) Oldingi tahrirga qarang. Download 46.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling