23-modda. Fermer xo‘jaligidagi mehnat
Fermer xo‘jaligi (ish beruvchi) va uning xodimlari o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlar qonun hujjatlariga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining VI-bo‘limiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrda 476-son qarori bilan tasdiqlangan Fermer xo‘jaligi xodimlarini yollash to‘g‘risidagi namunaviy shartnomaga qarang.
Fermer xo‘jaligidagi ish tartibi xo‘jalik boshlig‘i tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnat faoliyati hisobini olib borish xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash taraflarning kelishuviga ko‘ra pul hamda natura tarzida, qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-329-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 421-modda)
Fermer xo‘jaligining boshlig‘i va xodimlari davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkaziladi. Ularga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |