24-modda. Mahsulotni fermer xo‘jaligi tomonidan realizatsiya qilish tartibi
Fermer xo‘jaligi o‘zi yetishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun realizatsiya qilish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar bilan xo‘jalik shartnomalari tuzish huquqiga ega. Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda taraflar qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining V-bo‘limiga (“Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik”) qarang.
Fermer xo‘jaligi yetishtirayotgan mahsulotning eksportga yetkazib berilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |