Ii. Fermer xo‘jaligini tashkil etish 5-modda. Fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlari


-modda. Fermer xo‘jaligining mulk huquqi


Download 46.29 Kb.
bet12/23
Sana08.01.2022
Hajmi46.29 Kb.
#236385
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
FERMAER XO'JALOGINI TASHKIL QILISH

19-modda. Fermer xo‘jaligining mulk huquqi

Fermer xo‘jaligining mulk huquqi davlat himoyasidadir.

Binolar, inshootlar, qishloq xo‘jaligi ekinzorlari va ko‘chatzorlari, dov-daraxtlar, chorva mollar, parrandalarga, yetishtirgan mahsulotiga, qishloq xo‘jalik texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk obyektlariga, shuningdek fermer xo‘jaligining balansidagi boshqa mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi fermer xo‘jaligiga qarashlidir.

Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining pul va moddiy mablag‘lari, tovarlarni realizatsiya qilishdan (ishlar bajarishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan) olingan daromadlar (foyda), qimmatli qog‘ozlardan kelgan daromadlar, qonunlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer xo‘jaligining mol-mulkini shakllantirish manbalari bo‘lishi mumkin.



Oldingi tahrirga qarang.

Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, olish, sotish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.



(19-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Fermer xo‘jaligi tugatilayotganda faoliyatni amalga oshirish davrida o‘z mablag‘lari hisobiga yaratilgan mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda erkin tasarruf etishi mumkin.



(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonunga muvofiq beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)


Download 46.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling