Ii. Fermer xo‘jaligini tashkil etish 5-modda. Fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlari


-modda. Fermer xo‘jaligining majburiyatlari


Download 46.29 Kb.
bet10/23
Sana08.01.2022
Hajmi46.29 Kb.
#236385
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
FERMAER XO'JALOGINI TASHKIL QILISH

17-modda. Fermer xo‘jaligining majburiyatlari

Fermer xo‘jaligi:

yer uchastkasidan qonun hujjatlarida va ijaraga olish shartnomasida ko‘rsatilgan shartlar asosida, belgilangan maqsadda, samarali va oqilona foydalanilishini ta’minlashi;

ekologik talablarga va atrof muhitni muhofaza qilishning boshqa qoidalariga rioya etishi;

yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlab qolish va oshirish tadbir-choralarini ko‘rishi, biznes-rejada shu maqsad uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutishi;

agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, yer uchastkasi berilgan vaqtdan e’tiboran bir yil ichida undan foydalanishga kirishishi;

tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini ta’minlashi;

g‘o‘za va don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya etishi;



Oldingi tahrirga qarang.

suv resurslaridan suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq foydalanishi, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rishi;

mazkur fermer xo‘jaligi a’zo bo‘lgan suv iste’molchilari uyushmasi balansida turgan sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va ta’mirlashda belgilangan tartibda ishtirok etishi, shuningdek ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;

suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya etishi;

yer uchastkasini saqlash shartlariga va servitutlarga rioya etishi;

Oldingi tahrirga qarang.

mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini, o‘z xodimlari, shu jumladan fermer xo‘jaligida mehnat qiladigan oila a’zolari, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashi;



(17-moddaning birinchi qismi o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

Oldingi tahrirga qarang.

ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan taqdirda yer uchastkasining dastlab berilgan paytdagi o‘lchamlarini kamaytirmagan va boshqa shaklda zarar yetkazmagan holda yer uchastkasini ijaraga beruvchiga qaytarishi;



(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda o‘z vaqtida to‘lashi;

qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya etishi;

qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan muhofaza qilinishini ta’minlashi shart



(17-modda birinchi qismining sakkizinchi—o‘n to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonunuga muvofiq sakkizinchi — o‘n beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)

Fermer xo‘jaligi zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.




Download 46.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling