Ii. Fermer xo‘jaligini tashkil etish 5-modda. Fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlari


-modda. Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish cheklanganligi


Download 46.29 Kb.
bet20/23
Sana08.01.2022
Hajmi46.29 Kb.
#236385
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
FERMAER XO'JALOGINI TASHKIL QILISH

30-modda. Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish cheklanganligi

Oldingi tahrirga qarang.

Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish (moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishlar bundan mustasno), davlat ehtiyojlari uchun mahsulot realizatsiya qilish shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligiga dalillar bo‘lgan, shuningdek yagona yer solig‘i o‘z vaqtida to‘lanmagan hollarda, ijaraga olish shartnomasiga muvofiq ijaraga berilgan yer uchastkasidan faqat belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Keyingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Fermer xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta amalga oshiriladi.



(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

Keyingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno



(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati, shuningdek fermer xo‘jaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi.



(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-295-sonli Qonuniga muvofiq to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu moddada ko‘rsatilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin.



(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)

(30-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi O‘RQ–26-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)

Keyingi tahrirga qarang.


Download 46.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling