32-modda. Fermer xo‘jaligini tugatish asoslari
Fermer xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
fermer xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir yil ichida o‘z ustav fondini ustavda nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmaganida, shu jumladan fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish bo‘yicha ochiq tanlovda fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari ustav fondiga kiritilmaganida;
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganida;
fermer xo‘jaligi bankrot deb topilganda, shu jumladan moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar bilan hisob-kitob muntazam ravishda amalga oshirilmaganida;
fermer xo‘jaligining boshlig‘i vafot etib, xo‘jalik faoliyatini davom ettirishni xohlovchi merosxo‘r bo‘lmasa;
davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yoki yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun, shu jumladan fermer xo‘jaligi yer uchastkasidan belgilangan maqsadda foydalanmaganida, xususan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekkanida yer uchastkasini olib qo‘yish zarurati bo‘lgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |