31-modda. Fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish
Fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasiga (“Yuridik shaxsni qayta tashkil etish”) qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining yer uchastkalari zaxira yerlarga olib qo‘yilganda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi o‘z rahbari tomonidan uning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkin.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |