Ii-mavzu: bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirish va bashoratlash


Download 269.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana05.01.2022
Hajmi269.01 Kb.
#221286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-MAVZU

Aniqlilik 

1. 


Har  bir  reja  qo’yilgan  maqsadga  erishish  uchun  yetarli

darajadagi aniqlikda tuzilishi lozim. 

2. 

Operativ  rejalardan  uzoq  muddatli  rejalarga  o’tilishi  bilan 



aniqlilik darajasi pasayib borishi mumkin. 

Ishtirok etish 

1. 


Personalning  rejalashtirish  jarayonidagi  aktiv  ishtiroki  uning 

ishga bo’lgan munosabatini o’zgartiradi. 

2. 

O’zi  uchun  rejalashtirish  psixologik  va  iqtisodiy  jihatdan 



samaraliroq hisoblanadi. 

 

Komplekslilik  tamoyili.  Har  bir  korxona  bo’linmalar  iqtisodiy  faoliyati 



natijalari  texnika  va  texnologiyani  rejalashtirish,  ishlab  chiqarishni  taishkil  etish 

darajasiga,  xodimlarni  boshqarish,,  rag’batlantirish  va  mehnatga  haq  to’lash 

tizimiga,  mavjud  moddiy,  mehnat  va  moliyaviy  resurslardan  foydalanish, 



daromadlilik  va  to’lov  qobiliyati  ko’rsatkichlari  darajasiga  bog’liqdir.  Sanab 

o’tilgan  barcha  omillar  reja  ko’rsatkichlar  kom’leks  tizimini  tashkil  etadi.  Shu 

sababli,  ulardan  birortasidagi  sifat  va  miqdor  o’zgarishlari  boshqa  iqtisodiy 

ko’rsatkichlarning  o’zgarishiga  olib  keladi.  Bundan  tashqari  ishlab  chiqarishdagi 

har  qanday  reja  qarorni  nafaqat  iqtisodiy  natijalarga,  balki  ijtimoiy,  texnik, 

tashkiliy  natijalarga  ta’sir  ko’rsatadi.  Shu  sababli  qabul  qilinayotgan  rejaviy  va 

boshqaruv echimlari alohida olingan ob’ektlarda ham, korxona yakuniy natijalarida 

ham kompleks tarzda tashkil etilishi lozim. 

 

Samaradorlik  tamoyili  ishlab  chiqarishni  yuqori  samaradorlik  keltiruvchi 



variantda  tashkil  etishni  ko’zda  tutadi.  Har  qanday  rejalashtirilgan  samara 

belgilangan natijaga erishilgan darajani ifodalaydi. 

Samarani  baholashda  rejalashtirish  jarayonida  kutilayotgan  ko’rsatkichlarni 

oldindan  tanlangan  maqsad,  belgilangan  daromad  normativlari  va  boshqa 

solishtirma ma’lumotlar bilan solishtirish amalga oshiriladi. 

Rejani  tuzish  bosqichida  haqiqiy  samarani  baholash  mumkin  emas.  Lekin 

shunga  qaramay  ularni  rejalashtirish  zarur.  Har  qanday  samara  yakuniy  natijada 

birlik  mahsulotni  ishlab  chiqarishga  sarflangan  turli  resurslarning    iqtisodida 

ko’rinadi.  Rejalashtirilgan  samaraning  eng  boshlang’ich  ko’rsatkichi  kelishish 

hisoblanadi.  Optimallik  prinsipi  rejalashtirishning  barcha  bosqichlarida  bir  nechta 

variantdan eng muqobilini tanlashni ko’zda tutadi. 

Turli  rejalarning  optimalligini  belgilovchi  chegaralar  rejalashtirish 

jarayonida  belgilanadigan  mahsulot  kam  mehnat  sig’imi,  material  sig’imi, 

mahsulot tannarxi, shuningdek, maksimal foyda bilan ifodalandi. 

Ishtirok  etish  prinsipi  xodimlarning  rejalashtirish  jarayonida  aktiv  ishtirok 

etishlarini  ko’zda  tutadi.  Chunki  hech  kim  boshqalar  uchun  samarali  rejalashtira 

olmaydi.  Korxonaning  har  bir  xodimi  ichki  shart  sharoitlarni,  o’z  imkoniyatlarini 

shuningdek, o’z istak va maqsadlarini yaxshi bilganlari tufayli, yuqori sifatli rejalar 

tuzishga erishishlari mumkin. 

Xomum  tamoyili  2  qismdan  tashkil  topgan:  koordinatsiya  va  integratsiya. 

Ularning har biri korxonaning ma’lum bir darajasiga, obyektiga tegishlidir. 

Koordinatsiya bir xil darajadagi ob’ektlarning o’z aro aloqasini, integratsiya 

esa turli darajadagi obyektlar orasidagi aloqani qamrab oladi. 

Koordinatsiyalash  tamoyili  korxona  bo’linmalarining  faoliyatini  alohida 

rejalashtirish  yuqori  samara  keltirmaydi  degan  fikrni  tasdiqlaydi.  Bundan 

korxonaning  barcha  bo’linmalari  faoliyatini  bir  vaqtda  va  o’z  aro  bog’liq  holda 

rejalashtirish zarurligi kelib chiqadi. Muammolar qayerda paydo bo’lishidan qat’iy 

nazar, ularni birgalikda hal etish lozim. 

Integratsiyalash  tamoyiliga  ko’ra  barcha  darajada  o’z  aro  bog’liq 

rejalashtirish  lozim.  Korxonaning  bir  darajasida  belgilangan  strategiya    yoki 

taktika,  boshqa  bo’inlar  uchun  ham  yangi  muammolar  tudiradi.  Ushbu  

prinsiplarning  uyunlashuvi  xomum  prinsipini  keltirib  chiqaradi,  Ushbu  prinsipga 

ko’ra korxonada element va bosqichlar qanchalik ko’p bo’lsa, ularning barchasida 

birdaniga rejalashtirish maqsadga muvofiqdir. 




Yuqoridagi  prinsiplar  asosida  amaliy  faoliyat  jarayonida  rejalashtirishning 

umumiy ilmiy usullari rejalanadi. Rejalashtirish usullari zaruriy reja ko’rsatkichlari 

va natijalarini axtarish, asoslash va  tanlash jarayonidir. 

Amaliy  maqsad,  foydalaniladigan  boshlang’ich  axborot,  me’yoriy  baza, 

yakuniy  reja  ko’rsatkichlarini  aniqlash  yo’llariga  bog’liq  rejalashtirishning  ilmiy, 

eksperimental,  me’yoriy,  balans,  sistemali–analitik,  programmali–maqsadli, 

iqtisodiy–matematik,  injener  iqtisodiy,  loyixa  variantli  usullaridan  foydalaniladi. 

Har  bir  usul  rejalashtirilayotgan  asosiy  natijaga  nisbatan  ustunlikka  ega  bo’lgan 

belgilar bilan xarakterlanadi.  Masalan, ilmiy usul – rejalashtirish borasida chuqur 

bilimga  ega  bo’lishni  talab  etadi,  tajriba  (eksperimental)  usuli  –  tajriba 

ko’rsatkichlarini  tahlil  qilish  va  asoslashni;  me’yoriy  usul  –  rejalashtirishda  ilmiy 

asoslangan me’yorlaridan keng foydalanishni talab etadi. 

Rejalashtirish  jarayonida  xech  bir  usul  yakka  tarzda  qo’llanilmaydi.  Ichki 

rejalashtirishning samaradorligini oshirish asosini korxona holatini, uning ichki va 

tashqi  muhitini  har  tomonlama  o’rganishga  qaratilgan  ilmiy  yondashish  tashkil 

etadi. 


Masalan,  sistemali  tahlil  korxona  yoki  uning  bo’linmalari  faoliyatida 

quyidagi savollarni hal etishga qaratiladi: 

1) 

Rejalashtirishda ko’zda tutilayotgan tizimni qanday ajratish lozim; 



2) 

Korxona qaysi sohada va qanday sharoitda faoliyat ko’rsatmoqda; 

3) 

Firma qanday tarzda tashkil qilingan va amalda qanday faoliyat ko’rsatmokda; 



4) 

Firmaning siyosati, strategiyasi, taktikasi qanday? 

5) 

Korxona ilgari qanday ishlagan va hozirda qanday faoliyat ko’rsatmoqda; 



6) 

Korxona aksiyadorlari kimlar va ular qancha? 

7) 

Firma  raqobatchilari  kimlar,  ularning  bozordagi  ulushi  qanday  va  u  qanday 



o’zgaradi; 

8) 


Korxona faoliyatiga qanday qonun va qarorlar ta’sir ko’rsatadi. 

Ushbu  tahlil  davomida  olingan  natijalar  korxonaning  rejali  rivojlanishini 

cheklaydigan omillarni aniqlashga imkon beradi. 


Download 269.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling