Ii-mavzu: bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirish va bashoratlash


Download 269.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana05.01.2022
Hajmi269.01 Kb.
#221286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-MAVZU

      

1

 

Бухалков М. И. Внутрифирменное планирование. – М.: «Инфра-М», 1999. 5 стр.



    

 


Zamonaviy bozor korxonaga alohida talablar qo’yadi. Unda ro’y berayotgan 

jarayonlarning murakkabligi va yuqori darajadagi o’zgaruvchanligi rejalashtirishga 

jiddiy yondashuvni zaruriyatga aylantiradi. 

 

2.2. Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari 

 

Tadbirkorlik  yoki  xo’jalik  faoliyatining  yutug’i  ichki  rejalashtirish  sifatiga 



bog’liq.  Rejalashtirish  kelgusidagi  maqsadlarni  aniqlashtirishni  va  ularga  erishish 

vositalarini va resurslar taqsimotini ko’zda tutadi. 

Reja  umumiy  ma’noda  –  bu  kelajak  obrazi.  Qo’yilgan  maqsadlarga 

erishishga yo’naltirilgan tadbirlar tizimidir. 

Korxona  rejasi  –  oldindan  ishlab  chiqilgan  tadbirlar  tizimi  bo’lib,  bu 

tadbirlar  maqsadlarni  amalga  oshirishni  ko’zda  tutib,  ular  mohiyatini  mahsulot 

ishlab  chiqarish  va  sotishni  belgilangan  muddatlarda  bajarilishini  ta’minlanishga 

qaratilgan uslublar hamda resurslar orasidagi o’z aro bog’liqlikni muvofiqlashtirish 

tashkil qiladi. 

Rejalashtirish  –  bu  rejani  ishlab  chiqish  va  uni  amalga  oshirilishini  nazorat 

qilish jarayoni bo’lib bunda sharoitlarning o’zgarishiga  muvofiq uni korrektirovka 

qilish ham ko’zda tutiladi. 

Rejalashtirish  insonning  har  qanday  maqsadli  iqtisodiy  faoliyatining 

boshlang’ich  nuqtasi  bo’lib  xizmat  qiladi.  Ichki  ishlab  chiqarishni  rejalashtirish 

cheklangan  iqtisodiy  resurslardan  samarali  foydalanish  yoki  ularni  boshqarish 

muammolarini tadqiq qiluvchi iqtisodiy fanning muhim tarkibiy qismdir. 

Ishlab  chiqarish  faoliyatini  rejalashtirish  turli  korxona,  firma  va 

tashkilotlarda  iqtisodiy  resurslarni  tanlash  va  ulardan  foydalanish  qonunlari, 

tamoyillari, qoidalari va usullarini o’rganadi. Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish 

mexanizmi  korxonaning  haqiqiy  holatini  mikroiqtisodiy  tadqiq  qilish  va  uning 

kelgusida  rivojlanish  darajasini  modellashtirishning  o’z  aro  ta’siriga  asoslanadi. 

Shu sababdan rejalashtirish jarayoni maqsadni aniqlash va unga erishish yo’llarini 

belgilashdan iborat. 

Rejalashtirish  jarayoni  bir  qancha  bosqichdan  o’tadi.  Yevropa  biznesida 

rejalashtirishni 4 bosqichga ajratiladi: 

1) 


Umumiy maqsadni ishlab chiqish; 

2) 


Aniq vazifalarni aniqlash; 

3) 


Maqsadgaerishishningasosiyyo’llarivavositalarinitanlash; 

4) 


Ularning bajarilishini nazorat qilish. 

Har  qanday  rejalarning  asoslanganlik  darajasi  ko’p  jihatdan  ayrim  olingan 

korxonalar 

rivojlanishida 

erishilgan 

darajasini 

ifodalovchi 

boshlang’ich 

ko’rsatkichlarning  ishonchliligiga bolg’iq  bo’ladi.  Har bir  korxona  umumiy  bozor 

tizimining kichik bir bo’lagi hisoblanganligi sababli, uning faoliyatini rejalashtirish 

uchun  iloji  boricha  ko’proq  va  aniqroq  mikroiqtisodiy  va  makroiqtisodiy 

ko’rsatkichlardan  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  Ko’p  holatlarda  umumiy 

bozor  ko’rsatkichlari  yoki  asosiy  makroiqtisodiy  omillar  (masalan,  o’sish  sur’ati) 

turli  korxona  va  uning  bo’linmalari  faoliyatini  rejalashtirish  uchun  boshlanich 

ma’lumot bo’lib  xizmat qiladi. 



Zamonaviy  ishlab  chiqarishda  ichki  faoliyatni  rejalashtirish  menejmentning 

asosiy  funksiyalari –  maqsadni belgilash, tashkil etish,  hisob,  nazorat,  yo’naltirish 

va  rag’batlantirish  uchun  asos  bo’lib  hisoblanadi.  Ushbu    funksiyalar  nafaqat 

korxonaning  reja  –  iqtisodiy  faoliyati  predmeti,  balki  ichki  xo’jalik 

rejalashtirishning obyektini ham belgilaydi. 

Zamonaviy  sharoitlarda  barcha  korxona  va  firmalar  iqtisodiy  faoliyatini 

rejalashtirish erkin ishlab chiqarish va tadbirkorlik, resurslar va tovarlarni iste’moli 

va  taqsimotida  muhim  omil  bo’lib  hisoblanadi.  Ishlab  chiqarish  resurslarining 

cheklanganligi  sharoitida  ulardan  foydalanishni  rejalashtirish  tovar  va  xizmatlarni 

ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda moddiy ne’matlar iste’molchilari uchun ham 

iqtisodiy mustaqillik asosi bo’lib xizmat qiladi. 

Hozirgi  sharoitda  barcha  mahsulot  va  resurslarga  baholar  raqobatchi  ishlab 

chiqaruvchi  va  iste’molchilar  tomonidan  belgilanayotgan  bir  davrda,  har  bir 

korxona qanday mahsulot va qancha miqdorda ishlab chiqarishni mustaqil ravishda 

tanlaydi. 

Zamonaviy 

sharoitlarda 

rejalashtirish 

ayrim 

shaxslar 



va 

mehnat 


jamoalarining,  kichik  va  yirik  korxonalar  uchun  erkin  bozor  munosabatlarini 

vujudga kelishining asosi bo’lib qolmoqda.  Rejalashtirish 

jarayonida 

mahsulot 

ishlab  chiqarish  va  iste’mol  qilish,  tovar  va  xizmatlarga  bo’lgan  bozor  talabi  va 

firma  hamda  korxonalar  tomonidan  ularning  taklifi  o’rtasida  mutanosiblik 

saqlanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar talabini to’laroq qondirishga 

harakat qiladilar. 

Erkin  bozor  munosabatlari  sharoitida  ichki  ishlab  chiqarish  rejalashtirish 

maqsadi korxona va firmalarning rivojlanishi, xo’jalik faoliyati shakllari, iqtisodiy 

maqsadlarining ilmiy asoslashdan iboratdir. 

Ichki  ishlab  chiqarishni  rejalashtirish  ishlab  chiqarish  —  xo’jalik  tashkiliy 

boshqaruv,  moliyaviy  iqtisodiy  muammolarni  umumiy  tarzda  ko’rib  chiqish  bilan 

cheklanib  qolmay,  kelgusida  qabul  qilinadigan  qarorlarga  diqqatni  jalb  qilishni 

ham  ko’zda  tutadi.  Shu  sababdan  mavjud  muammoni  rejalashtirish  davomida  hal 

etib  borish  kelgusida  paydo  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  muammolarni  hal  etish 

vositasi bo’lib xizmat qiladi. 

Shunday qilib, ichki rejalashtirishni zamonaviy marketingni, ishlab chiqarish 

menejmentining  va  umuman  xo’jalik  yuritishning butun  iqtisodiy tizimining asosi 

bo’lib  hisoblanadi.  Bu  esa  korxonada  vujudga  keladigan  ishlab  chiqarish  – 

iqtisodiy va boshqa muammolarni yechishga kompleks tarzda yondashishni taqozo 

etadi. 


Rejalashtirish  turli  iqtisodiy,  tashkiliy,  boshqaruv,  ijtimoiy  va  boshqa 

funksiyalarni  amalga  oshirish  asosi  bo’lib  xizmat  qiladi.  Ularning  o’z  aro  ta’sir 

mexanizmi  mavjud  maqsad  va  ularga  erishish  vositalarini  umumiy  tizimga 

birlashtirishni talab etadi. 

Masalan,  korxona  faoliyatining  istiqboldagi  iqtisodiy  ko’rsatgichlarini 

rejalashtirishda  amaldagi  ilg’or  me’yorlar,  standartlar,  ilmiy  shartlar  va  iqtisodiy 

maqsadlardan to’liq foydalanish zarur. 

Ushbu maqsadlarni quyidagicha guruhlash va ifodalash mumkin. 




1. 

Iqtisodiy  o’sish  –  korxonaning  iloji  boricha  ko’proq  miqdorda  va 

yuqori sifatdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga intilishi. 

2. 


To’liq  bandlik  —  ishga  qobiliyatli  va  ishlashni  xohlovchi  barcha 

ishchilarni ish bilan ta’minlash. 

3. 

Iqtisodiy  erkinlik  –  barcha  ishlovchi  mutaxassislarga  o’z    faoliyati 



doirasida yuqori darajada erkinlikka erishishlariga imkon yaratish. 

4. 


Daromadni adolatli taqsimlash – barcha xodimlar toifasini taqdirlashni 

yo’lga qo’yish. 

5. 

Iqtisodiy  samaradorlik,  mavjud  cheklangan  resurslardan  ulardan 



foydalanishga kam xarajat sarflangan holda yuqori samara olishni ta’minlash. 

 


Download 269.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling