Ii-mavzu: bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirish va bashoratlash


Download 269.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana05.01.2022
Hajmi269.01 Kb.
#221286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-MAVZU

      

3

 

Бухалков М. И. Внутрифирменное планирование. – М.: «Инфра-М», 1999. 

32 стр.

 


tashkiliy  va  moliyaviy  rivojlantirish  umumiy  rejalari  yoki  ishlab  chiqarish 

bo’linmalari va funksional xizmatlar rejalari ham qo’llaniladi. Lekin ushbu rejalar 

o’z  aro  hamda  korxonani  iqtisodiy  rivojlantirish  kompleks  rejasi  bilan  uzviy 

bog’langan  bo’lishi  lozimki,  toki  har  bir  bo’lim  yoki  iqtisodiy  ko’rsatkichdagi 

o’zgarish  ana  shu  umumiy  rejada  aks  etsin.  Rejalarning  birligi  iqtisodiy 

maqsadlarning umumiyligini ko’zda tutadi. 

3.  Uzluksizlik  tamoyili  rejalashtirish,  tashkil  etish  va  boshqarish 

jarayonlarining  o’z aro bog’liqligi  hamda  uzluksiz, to’xtovsiz amalga oshirilishini 

ko’zda tutadi. Ishlab chiqarish jarayonida uzilishlar, tanaffuslar bo’lmasligi uchun, 

nafaqat  rejalashtirishning  uzluksizligiga  erishish,  balki  ishlab  chiqarilayotgan 

mahsulot  va  xizmatlarni  ham  o’z  vaqtida  o’zgartirib,  yangilab  turish  talab  etiladi. 

Ya’ni bir ishlab chiqarish rejasi o’rniga ikkinchisi keladi; bir tovar bozor talabidan 

kelib  chiqib  ikkinchisiga  almashtiriladi.  Bundan  tashqari,  rejalashtirishning 

uzluksizligi  strategik  rejalardan  taktik  rejalarga,  ulardan  operativ  rejalarga  o’tib 

borishni  ko’zda  tutadi.  Uzluksiz  rejalashtirish  jarayonida  haqiqiy  va  reja 

ko’rsatkichlarining o’z aro yaqinlashuvi yuzaga keladi. 

4.  Rejalarning  moslashuvchanligi  tamoyili  uzluksizlik  prinsipi  bilan  boliq 

bo’lib, 


belgilangan 

texnik–iqtisodiy 

ko’rsatkichlar 

korrektirovka 

qilish 

imkoniyatini ko’zda tutadi. 

Texnika,  texnologiya  va  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  borasidagi 

muntazam  o’zgarishlar  rejalashtirilgan  resurslar  sarfining  kamayishiga  va 

boshlang’ich  rejalarni  korrektirovka  qilish,  aniqlashtirishni  talab  etadi.  Talab 

hamda  amaldagi  narx  va  ta`riflarning  o’zgarib  turishi  tabiiy  hol.  Shu  sababdan 

korxonadagi  barcha  rejalar  tarkibida  mavjud  rezervlar  albatta  e’tiborga  olinishi 

lozim.  Ushbu  talablarga  amal  qilishda  imkoniyatlar  darajasi  ham  rejalashtirilishi 

lozim.  Chunki  ularning  asoslanmaganligi  rejalashtirish  natijalariga  ham  ta’sir 

ko’rsatadi. 

5. 

Aniqlilik  tamoyili  ichki  va  tashqi  omillar  bilan  belgilanadi.  Erkin  bozor 



munosabatlari  sharoitida  rejalarning  aniqligiga  aniq  talablar  qo’yilmaydi.  Har  bir 

reja  korxonaning  moliyaviy  holati  va  bozorda  tutgan  mavqeidan  kelib  chiqqan 

holda,  ishlab  chiqarish  samaradorligini  ta’minlash  orqali  tuzilishi  lozim. 

Rejalarning aniqligi qo’llaniladigan tizimlar va usullari bilan belgilanadi. 

Operativ  yoki  qisqa  muddatli  rejalashtirishda  yuqori  aniqlik  talab  etiladi, 

uzoq  muddatli  rejalashtirishda  umumiy  maqsadni  tanlash  bilan  chegaralanish 

mumkin. 

Zamonaviy    rejalashtirish  fani  va  amaliyotida  yuqorida  ko’rib  chiqilgan 

klassik prinsiplar bilan bir qatorda umumiqtisodiy prinsiplar ham keng tarqalgan: 

­

  komplekslilik; 



­

  optimallik; 

­

  samaradorlik; 



­

  ishtirok etish tamoyillari. 




Download 269.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling