Ii. Mavzu. Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati
Download 16.06 Kb.
|
Ii. Mavzu. Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi XMTning zamonaviy G‘arb nazariyalari
Ii. Mavzu. Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati II. MAVZU. XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati Mamlakatlarning XMTda qatnashishlariga ta’sir qiluvchi omillar va uning rivojlanish ko‘rsatkichlari Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi XMTning zamonaviy G‘arb nazariyalari 2.1. Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyatini ochib beruvchi muhim tushunchalardan biri xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) hisoblanadi. Dunyo mamlakatlari u yoki bu darajada XMTga jalb etilgan bo‘lib, XMTning chuqurlashuvi fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida rivojlanayotgan ishlab chiqarish kuchlariga bevosita bog‘liq. XMTda qatnashish mamlakatlarga qo‘shimcha iqtisodiy samara beradi va o‘z ehtiyojlarini kam xarajatlar bilan to‘liqroq qondirish imkonini yaratadi. Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati ishlab chiqarish jarayonining mehnat faoliyati turli shakllarining ixtisoslashuvi va ularning kooperatsiyalashuvida, o‘zaro hamkorligida namoyon bo‘ladi. Mehnat taqsimotini ajratish jarayoni sifatida emas, balki jahon miqyosida mehnatni birlashtirish yo‘li sifatida ham ko‘rish mumkin1. Xalqaro mehnat taqsimoti davlatlar o‘rtasida mehnatning ij’timoiy-hududiy taqsimotining darajasi hisoblanadi. U alohida bir davlatlar ishlab chiqarishlarining ixtisoslashuviga asoslanadi. Har qanday mamlakatning xalqaro almashuv jarayonida xalqaro mehnat taqsimotining ustunliklarini amalga oshirishi – birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlaridagi farqni ajratish; ikkinchidan, arzonroq bo‘lgan importdan foydalanib, milliy ishlab chiqarishdan voz kechgan holda ichki xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. XMT kapitalizmning manufaktura davrida paydo bo‘lgan bo‘lib (XVII – XVIII asrlar), sanoat to‘ntarishigacha tabiiy ravishda (tabiiy-iqlimiy, geografik sharoitlar, xomashyo zaxiralari va energiya manbalari – XVIII asrning oxiri XIX asrning birinchi yarmi) kechgan. Keyinchalik mamlakatlarning boshqa iqtisodiy omillar – mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati, bilim-ko‘nikmalar bilan turli darajada ta’minlanganligi sababli ixtisoslashuv chuqurlashdi. Hozirda ushbu omillar mamlakatlar tomonidan jahon bozori uchun qaysi tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni belgilab beradi. XMT nazariyasi burjuaziya siyosiy iqtisodi klassiklari A.Smit va D.Rikardolar asarlarida asoslandi va rivojlantirildi. A.Smit XMTni tahlil qilar ekan, «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari» kitobida (1776-y.) savdo va tadbirkorlik erkinligining zarurligini isbotlaydi. Uning fikricha, savdo erkinligini turli yo‘llar bilan cheklash alohida mintaqalar va davlatlar o‘rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashuviga xalaqit beradi. Klassiklarning xalqaro mehnat taqsimoti to‘g‘risidagi ilmiy qarashlaridagi asosiy yutuqlari, deb ishlab chiqarishning nisbiy xarajatlari nazariyasi tan olingan. Ushbu nazariya xalqaro savdo haqidagi iqtisodiy ta’limotning «klassik» asosi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning nisbiy xarajatlari nazariyasi asosida mamlakatlar o‘rtasida ishlab chiqarish sharoitlarida farq mavjudligi haqidagi g‘oya yotadi. Bunga ko‘ra har qanday mamlakatda turli xil tabiiy va iqlimiy sharoitlarda barcha turdagi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish mumkin, deb hisoblanadi. Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati ishlab chiqarish jarayoni, mehnat faoliyati shakllarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi, o‘zaro hamkorligida namoyon bo‘ladi. Mehnat taqsimoti faqat ajratish jarayoni sifatida emas, balki jahon miqyosida mehnatni birlashtirish yo‘li sifatida chiqadi. Xalqaro mehnat taqsimoti mamlakatlar o‘rtasida mehnatning ijtimoiy-hududiy taqsimoti darajasi hisoblanadi. U alohida mamlakatlarning tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuviga asoslanadi. XMT jahon xo‘jaligida kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda borgan sari muhim rol o‘ynamoqda. XMT quyidagi vazifalarni bajarmoqda: ushbu jarayonlarning o‘zaro aloqasini ta’minlaydi; xalqaro tarmoq va mintaqaviy-tarmoq nisbatlarini shakllantiradi. Download 16.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling