Ii. Mavzu. Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati


Mamlakatlarning XMT da qatnashishlariga ta’sir qiluvchi omillar va uning rivojlanish ko‘rsatkichlari


Download 23.68 Kb.
bet2/5
Sana20.12.2022
Hajmi23.68 Kb.
#1040371
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 мавзу

2.2. Mamlakatlarning XMT da qatnashishlariga ta’sir qiluvchi omillar va uning rivojlanish ko‘rsatkichlari
Mamlakatlarning XMT da qatnashishlariga nima turtki bo‘ladi?
XMT rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilar:

    1. Mamlakat ichki bozorining hajmi. Rivojlangan bozorlarga ega yirik mamlakatlarda zaruriy ishlab chiqarish omillari va iste’mol tovarlarini topish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Demak, bu mamlakatlarning xalqaro ixtisoslashuv va tovar ayirboshlashda qatnashish ehtiyoji kam bo‘ladi. Shu bilan birga rivojlangan bozor talabi importni kengaytirishni talab etadi. Bu – eksportga yo‘naltirilgan ixtisoslashuvni kengaytirish evaziga qoplanadi.

    2. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi. Mamlakat iqtisodiy salohiyati qanchalik kam bo‘lsa, uning XMT da qatnashish zaruriyati shunchalik yuqori bo‘ladi.

    3. Mamlakatning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi. Mamlakatning yuqori darajada monoresurslar bilan ta’minlanganligi (masalan, neft), jumladan, foydali qazilma boyliklari bilan kam darajada ta’minlanganligi ham uning XMTda faol qatnashish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

    4. Mamlakat iqtisodiyoti tarkibida yetakchi sanoat tarmoqlarining ulushi (energetika, qazib olish sanoati, metallurgiya va b.). Asosiy tarmoqlar ulushi qancha yuqori bo‘lsa, odatda, mamlakat XMT tizimiga shuncha kam jalb etilgan.

XMTning rivojlanish jarayonidagi asosiy xususiyat – ushbu jarayonning har bir ishtirokchisi o‘zining XMTdagi ishtirokidan iqtisodiy foyda, naf qidirishi va topishidir.
XMTning rivojlanish tendensiyalari iqtisodchilarning kelajakda bu jarayon yanada chuqurlashib boradi, deb xulosa chiqarishlari uchun asos bo‘ladi. Uning asosida tovarlar va xizmatlar ayirboshlashning miqyosi jadal sur’atlar bilan o‘sib boradi.
Har qanday davlat xalqaro ayirboshlov jarayonida XMTning ustunliklaridan foydalanar ekan: birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlari o‘rtasidagi farqdan yutishi; ikkinchidan, ichki xarajatlarni kamaytirish maqsadida arzonroq bo‘lgan importdan foydalanish evaziga milliy ishlab chiqarishdan voz kechishi mumkin.
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatda ishlab chiqarish tashqi iste’molchilarga, ichki talab esa importga yo‘naltirilgan bo‘ladi, deb taxmin qilinmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ichki bozorning nisbatan tez, ammo ekstensiv tarzda kengayishi kutilmoqda.


Download 23.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling