Davlatning substansiyaviy elementi –
|
millat, ya’ni siyosiy-huquqiy umumlashma-birlik bo‘lib, u tashqi siyosiy o‘z taqdirini belgilash natijasida vujudga keladi va uning doirasida etnik guruhlarning ichki o‘z taqdirini belgilash huquqi amalga oshirilishi mumkin
|
Davlatning institutsiyaviy elementi–
|
Davlat bu erkinlikning institutsiyalashgan shakli yoki davlat bu siyosiy institutsiyadir. Jamiyat rivojlangan sari davlatning institutsiyaviy-huquqiy tabiati yanada namoyon bo‘la boradi. Davlatda oliy hokimiyatning tashkil etilishini anglatadi va u faqat davlat suverenitetini e’tirof etadi.
|
Ichki davlat suvereniteti bu –
|
davlatning boshqa huquq sub’ektlariga nisbatan ularning huquq va erkinliklarini tan olish va rioya etish majburiyati bilan cheklangan majburlov qo‘llash huquqi hisoblanadi.
|
Okkupatsiya ( lot. occupatio – egallab olish, egallash)
|
– biron-bir boshqa davlatga tegishli bo‘lmagan (go‘yoki egasiz hisoblanuvchi) hududni egallab olishdir. Kolonistlar evropa millatiga mansub bo‘lmagan aborigenlar joylashgan hududlarni ―hech kimniki emas, egasiz deb hisoblab, uzoq vaqt davomida amalda egallab turganligi bois, evropa davlatiga ―okkupatsiya yo‘li bilan qo‘shib olinishini to‘g‘ri yo‘l hisoblashgan45.
|
Anneksiya (lot. annexio – qo‘shib olish)
|
– bu shartnomaga asoslanmagan holda bir davlat tomonidan boshqa davlat hududini o‘ziga qo‘shib olishdir. Hozirgi zamonda okkupatsiya va anneksiya holatlari haqida gap ketganda, biron- bir davlat hududining amalda de facto kengayishi nazarda tutiladi, chunki bu ikki holatda boshqa davlat hududini o‘ziga qo‘shib olish uchun yuridik asos etarli emas, zero bu masala so‘zsiz tegishli hududda yashayotgan aholining siyosiy o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi orqali amalga oshiriladi.
|
Sessiya (lot. sessio-rasmiy yon bosish, boshqa shaxsga o‘z huquqini o‘tkazish)
|
Ko‘pincha sessiya ikki davlat o‘rtasidagi urush tinchlik shartnomasi bilan tugashi natijasida yuz berishi mumkin. Ma’lumki, bu holda aholining davlatga mansubligi o‘zgarishi mumkin, shu bois aholiga fuqarolik tanlash huquqi – optatsiya imkoni beriladi.
|
Ad’yudikatsiya (lot. adjudicatio – berish, taqdirlash)
|
-bunda nizoli hudud vakolatli xalqaro sud qaroriga muvofiq tegishli davlatga o‘tkaziladi. Bunday yondashuv bugungi xalqaro huquq normalariga mos kelmaydi. Demak, davlat hududi o‘zgarishining ikki yo‘li -kuch orqali va huquq asosidagi yo‘llar bo‘lib, ularni ajratish mezoni munozarali hudud aholisining siyosiy irodasi hisoblanadi.
|