Egasiz gaplarning quyidagi turlari mavjud: Shaxsi (egasi) ma’lum gap
Download 21.41 Kb.
|
48-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsi (egasi) umumlashgan gap
- Shaxsi (egasi) noma’lum gap
48-dar Egali va egasiz gaplar Gaplar egali va egasiz bo`lishi mumkin. Egasi mavjud gaplar egali gaplar (masalan, Biz bugun Samarqandga jo`naymiz), egasi mavjud bo`lmagan gaplar esa egasiz gaplardir (masalan, Bugun Samarqandga jo`naymiz.) Egasiz gaplarning quyidagi turlari mavjud: Shaxsi (egasi) ma’lum gapda ega kesimning shaxs-son shakllaridan ma’lum bo`lib turadi. Qochongacha qorning o`ylab o`tadirsan? Qachongacha ko`kdan chalpak kutadirsan? Bunday gaplarda kesimning shaxs-son shakllaridan gapning egasini tiklash mumkin. Shaxsi (egasi) umumlashgan gapda gapning umumiy mazmuni barcha shaxslarga aloqador bo`ladi: Hurmat qilsang, hurmat ko`rasan. Boshingga qilich kelsa ham to`g`ri gapir. Maqol va matallar, hikmatli so`zlar, odat tusiga kirgan rasm-rusumlarni bayon etuvchi gaplarda ega, asosan, umumlashgan bo`ladi. Bugungi ishni ertaga qo`yma. Shaxsi (egasi) noma’lum gapda kesim fe’l bilan ifodalanadi va ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi ma’nolarni ifodalab keladi. Bunday gaplar kesimining eng muhim belgisi – uning tarkibida egalik qo`shimchasining yo`qligi. Bu gaplar shaxssiz emas, harakatni matiqan kimdir bajaradi, lekin uni gapda ifodalab bo`lmaydi: Yig`ilishda ta’lim samaradorligini oshirish haqida gapirildi. Do`stning aybini yuziga aytish kerak. Oyni etak bilan yopib bo`lmaydi. Bu mavzuni o`qish shart emas. Endi qattiq o`qishga to`g`ri keladi. Atov gap va so`z gaplar ham shaxsi noma’lum gaplardir. Atov gaplar Atov gaplar shaklan so‘z va so‘z birikmasiga o‘xshaydi, farqi shundaki, so‘z va so‘z birikmasi atash ohangi bilan aytilib, tushunchani ifodalaydi. Atov gaplar esa, tugallangan ohang bilan aytilib, narsa-hodisalarning mavjudligi haqida nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi. Atov gaplar tinglovchi ko‘z o‘ngida biror voqea-hodisani, narsa-buyum yoki davrni jonli gavdalantirishga, uning xotirasida yoki xayolida ular bilan aloqador bo‘lgan voqea-hodisalarni tiklashga xizmat qiluvchi muhim tasviriy vositadir. Atov gaplarda hokim so‘z, asosan, bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanadi. Atov gaplar badiiy uslubda, ba’zan publitsistik uslubda ishlatiladi. Ular, asosan, aniqlik maylining hozirgi-kelasi, ba’zan esa o‘tgan zamon shakllaridagina keladi. Atov gaplar tarkibiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: a) yig‘iq atov gap – 1 ta so‘zdan iborat. Masalan: Sukunat. Faqat chigirtkalarning chirillashi eshitiladi. b) yoyiq atov gap – birdan ortiq so‘zdan iborat bo‘ladi, o‘ziga oid so‘zlar, ko‘pincha aniqlovchilar (turli xildagi sodda va murakkab aniqlovchilar) bilan kengayib keladi. Masalan: Oydin kecha. Hamma horg‘in uyquda. Yoyiq atov gaplarda predikativ (ega-kesim) aloqadan tashqari sintaktik aloqaning barcha turlarini uchratish mumkin. a) Bitishuvli aloqa: Oydin kecha. Hamma narsa oy nuriga cho‘mgan. b) Moslashuvli aloqa: Nazarovlar oilasi. Xonadonning barcha a’zolari to‘plangan. c) Boshqaruvli aloqa: Vatanga muhabbat! Bu tuyg‘u quyoshday so‘nmas. d) Teng aloqa. Hayot va o‘lim. Inson shu ikki eshik orasida yashaydi. Ba’zan atov gaplar nutqda ketma-ket qo‘llanilishi mumkin: Mana Hirot. Husayn Boyqaro saroyi. Hamma motamda. Atov gaplarning kesimi ot bilan ifodalanib, asosan, aniqlik maylining hozirgi-kelasi, ba’zan esa o‘tgan zamon shakllaridagina keladi. Masalan: Bahor. Kunlar iliqlashgan. Sentyabr boshlari edi. Gul chog‘i erdi. Atov gaplar kengaygan harakat nomi birikmalari bilan ham ifodalanishi mumkin; bunda kengaygan birikma murakkab kesim vazifasida keladi. Masalan: Chimyonga sayohatga borish. Bu taklif hammaga yoqdi. Yugurish. Sportning bu turini hamma biladi. Atov gaplarning oxirida, odatda, nuqta qo‘yiladi. Ular ba’zan his-hayajon bilan aytiladi va oxirida undov qo‘yiladi. Download 21.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling