Ona tili 8 sinf mavzu: egali va egasiz gaplar EGA


Download 0.64 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1062028
Bog'liq
1.8.48

ONA TILI


8 - sinf

MAVZU: EGALI VA EGASIZ GAPLAR

EGA


Kim?, nima?, qayer?
Gap kesimidan anglashilib turgan harakatning bajaruvchisini, belgining sohibini bildirgan bo‘lak egadir.
O‘qituvchi, daftar, gulzor

EGA


Ega doimo bosh kelishik shaklida bo‘ladi.
Egalik va ko‘plik shakllarini qabul qilishi mumkin.
Mehmonlar kelishdi.
Akam – quruvchi.

GAPLAR


Quyidagi turlarga bo‘linadi:
shaxsi ma’lum gap
Egali gaplar
Egasiz gaplar
shaxsi umumlashgan gap
shaxsi noma’lum gap

EGASIZ GAPLARNING TURLARI


Ega kesimning shaxs-son shakllari orqali ma’lum bo‘ladi.
Qachongacha qorning o‘ylab o‘tadirsan?
Qachongacha ko‘kdan chalpak kutadirsan?
Shaxsi (egasi) ma’lum gap

EGASI MA’LUM GAPLAR


So‘zimning ustidan chiqaman.
Yaqin kunlarda yakuniy test sinovlaridan o‘tamiz.
Topshiriqni o‘z vaqtida bajaring.
Men
Biz
Kesim I va II shaxs shakllarida keladi.

EGASIZ GAPLARNING TURLARI


Kesim fe’l bilan ifodalanadi va
ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, istak kabi ma’nolarni ifodalab keladi.
Endi qattiq o‘qishga to‘g‘ri keladi.
Shaxsi (egasi) noma’lum gap

EGASIZ GAPLAR


Egasiz gaplarda ega umuman bo‘lmaydi.
Atov gaplar
So‘z-gaplar
Shaxsi noma’lum gap

SHAXSI NOMA’LUM GAP


To‘garakka borish lozim.
Vazifani o‘z vaqtida bajarish shart.
Ish samaradorligi haqida hisobot berish kerak.
Yo‘lda cho‘lda to‘xtashga to‘g‘ri keldi.
Dilozorlik insoniylikka to‘g‘ri kelmaydi.

SHAXSI NOMA’LUM GAP


Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi.
Bu ne’matlardan yesa bo‘ladi.
Kesimi III shaxs majhul nisbatdagi fe’l shaklida bo‘ladi.
Bugun safarga jo‘naladi.
Hozirgi kunda milliy hunarmandchilikka katta e’tibor berilmoqda.

SHAXSI UMUMLASHGAN GAP


Bunday gaplarning kesimi II va III shaxs shakllarida keladi.
Gapning umumiy mazmuni barcha shaxslarga aloqador bo‘ladi.
Maqol, matal, hikmatli so‘zlarda ega, asosan, umumlashgan bo‘ladi.

TAHLIL

  • Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar.
  • Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan.
  • Izzat tilasang, ko‘p dema.
  • Sog‘lik tilasang, ko‘p yema.

MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ:

110-mashq. Topishmoqlardan egali va egasiz gaplarga 2 tadan misol topib, daftaringizga ko‘chiring.
Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling