Egasiz gaplarning quyidagi turlari mavjud: Shaxsi (egasi) ma’lum gap


Download 21.41 Kb.
bet3/4
Sana23.03.2023
Hajmi21.41 Kb.
#1288366
1   2   3   4
Bog'liq
48-mavzu

I.MAVZUGA OID SAVOLLAR:
1.Eganing ishtirok etishiga ko`ra gaplar qanday turlarga bo`linadi?
2. Egasiz gaplarning shaxs tushunchasining ifodalanishiga ko`ra qanday turlari mavjud?
3.Qanday turdagi gaplarda ega ishtirok etmaydi, biroq kesim tarkibidagi qo`shimchalardan gapning egasini tiklash mumkin bo`ladi?
4. Shaxsi umumlashgan gap nima?
5. Shaxssiz gaplarning eng muhim xususiyati nima?
6. Atov gap nima?
7. Atov gaplar tuzilishiga ko`ra qanday guruhlarga bo`linadi?
8. So`z gap nima?
II.MAVZUGA OID MASHQLAR:
1-mashq. Uch guruh gaplarni ko‘chiring, so‘ng bu gaplarni eganing ishtirok etishiga ko`ra qanday gapga mansubligini aniqlang.
1. Biz g‘alabaga erishdik.
G‘alabaga erishding.
G‘alabaga erisha oldi.
2. Manzilga mana shu yo‘ldan boriladi.
Manzilga mana shu yo‘ldan boradi.
Manzilga mana shu yo‘ldan bora oldi.
3. Men shu vazifani bajarishim mumkin.
Vazifani bajarishi mumkin.
Vazifani bajarish mumkin.
2-mashq. Berilgan gaplarning kesimi orqali so‘roq berib, egasini topishga harakat qiling. Ularning qaysi birlarida egani topish mumkin, qaysi birlarida egani topish mumkin emasligini ayting.
1. Shaftolizor bog‘larni ko‘rdim. 2. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. 3. Bugungi ishni ertaga qo‘yma. 4. Nima eksang, shuni o‘rasan. 5. Topshiriqni o‘z vaqtida bajarish kerak. 6. Derazadan ko‘chaga tikilaman. 7. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt. 8. Jo‘jani kuzda sanaydilar.
3-mashq. Gaplarni eganing ishtirok etishi yoki etmasligiga ko‘ra guruhlarga ajrating.
1. Sermanzara bog‘ni tomosha qilib yurgan edim. 2. Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. 3. Onalarimizni avaylaylik. 4. O‘ylab qarasam, haq ekansiz. 5. Boshing osmonga yetgan bo‘lsa ham, kallangni xam qil. 6. Vazifani bajarish kerak. 7. Bu vazifani bajar. 8. Yo‘lda ukam menga to‘g‘ri kelib qoldi. 9. Yo‘lda biroz to‘xtashga to‘g‘ri kelib qoldi. 10. Bugun to‘garakka borishimiz lozim edi. 11. To‘garakka borish kerak. 12. Ertaga uchrashamizmi? Uchrashish kerak. 13. Ko‘ngilda armon qolmasin deb, chilyosin ham qildirishga to‘g‘ri keldi. 14. Ko‘p o‘tmay tandir kabobni ochish marosimini boshlashdi. 15. Bu yerda o‘rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak. 16. Eshik ochiq bo‘lsa ham so‘rab kir.
4-mashq. Atov gaplarni ajrating. Uning nechta so‘z, qanday birikmadan tashkil topganligini ayting.
1. Yam-yashil o‘tov. Hulkar bu yerga kelsa qanday quvonadi. 2. Qip-qizil saraton quyoshi. Muloyim jilmayib saxovat bilan nur socha boshladi. 3. Hovli zim-ziyo. Ariqdagi suv shaldirab oqadi. 4. Urush… Oynisa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi. 5. Qo‘shiq. San’atning bu turini sevmagan kim bor? 6. Uchrashuv. Mehmonlar hamma bilan quchoqlashib ko‘rishdilar. 7. Mehnat. Mehnatning tagi rohat. 8. Hunar. Hunardan rizqing unar.
5-mashq. O‘qing. So‘z – gaplarning ifodalayotgan ma’nosini tushuntirib bering.
1. – Mashinachingiz menga yoqmadi, kaketkani o‘xshatolmas ekan. Boshqasini topamiz. – Xo‘p. 2. – Teshavoy, soy bo‘yida kutib turmoqchimisiz? – Ha. 3. – Yuqoridan biron nima olib kelishlarini aytdim. Rahmat. 4. Odamlarni chaqirtirmadingizmi? Marasul: … men sizni doktor qilaman, akademik qilaman! Nasiba (kulimsirab): Rostmi?




Download 21.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling