Ii. Modul. Gidrodinamika Reja
Download 1.07 Mb.
|
2-mavzu Gidrodinamika
Termodinamik tizimda bajarilgan ishni hisoblash chizmasi.Bunda P-bosim, V-hajm
Jarayon yoki ko’chishga bog’liq bo’lmagan fizik xarakteristikalar odatda sistemaning vaziyatiga yoki boshlang’ich va oxirgi holatiga mos keluvchi biror funksiya ikki qiymatining ayirmasi kabi ifodalanadi. Qaytuvchi jarayon uchun keltirilgan issiqlik miqdorining yig’indisini sistema holatining entropiyasi deb ataluvchi biror funksiya ikki qiymatining ayirmasi kabi ifodalash mumkin: (4.16) Bu yerda S2 va S1sistemaning oxirgi va boshlang’ich holatlariga mos keluvchi entropiyasi. Shundayqelib, entropiya sistemaning holat funksiyasi bo’lib, ikki holat uchun entropiya qiymatlarining ayirmasi sistemaning bir holatidan boshqa holatiga qaytuvchi o’tishlaridagi keltirilgan issiqlik miqdorlarining yig’indisiga teng. Molekulyar – kinetik nazariya bo’yicha entropiya sistema zarralari tartibsizligining o’lchovi deb olish mumkin. Sistemadagi tartibsizlik miqdoran termodinamikaviy extimollik Wtar bilan xarakterlanadi. Bolsman entropiyaning termodinamikaviy extimollikning logorifmiga proparsional ekanini aniqlanadi: K – Bolsman doimiysi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni birinchi qonuni to’latgani kabi, enropiya ham energiya tushunchasini to’ldiradi. Ochiq sistemaning holati termodinamik muvozanatda tekshiriladi. Agarda termodinamik sistemaning holati muvozanat holatidan ozga farq qilsa, uni xuddi muvozanat holatidagiday parametrlar bilan xarakterlash mumkin.Bunday sistemaning tartibsizlik darajasi entropiya bilan aniqlanadi. Ochiq sistemaning entropiyasi muvozanat bo’lmagan holatda sistemaga energiya va modda kelishi munosabati bilan entropiyasi oshadi. Termodinamikaning ikkinchi asosiga binoan yopiq izolyasiyalangan sistema entropiyasi oshib boradi va o’zining maksimumiga intiladi. Ochiq sistemada esa doimiy entropiyali statsionar holat bo’lishi mumkin. Organizm – statsionar sistema uchun , , , deb yozish mumkin. Bunda - sistemadagi qaytmas jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan entropiyaning o’zgarishi - sistemaning tashqi muhit jismlari bilan ta’sirlashuvi tufayli yuzaga kelgan entropiyaning o’zgarishi. yoki Bu esa sistemaga o’tayotgan mahsulotdagi (modda va energiya) entropiya sistemadan chiqayotgan mahsulotdagi entropiyadan kichik ekanligini bildiradi. Prigojin stasionar holat uchun entropiyaning minimum hosil bo’lish prinsipini ta’riflab ayrim funksiyalarning ekstremal qiymatlarini ko’rsatdi. Organizm atrof muhit entropiyasi izolyasiyalangan sistemadagi kabi ortib boradi, ammo bunda organizmning entropiyasi o’zgarmas saqlanib qoladi. Entropiya sistema tartibsizligining o’lchovidir.Shu sababli organizmning tartibliligi atrof – muhit tartibliligining kamayishi hisobiga saqlanadi. Ayrim kasalliklar holatlarida biologik sistemalar entropiyasi oshishi mumkin ( ) bu stasionar holatning bo’lmasligi tartibsizlikning yo’qligi bilan bog’liq. Masalan: rak kasalliklarida hujayralarning tartibsiz ravishda ko’payib ketishi yuz beradi. (4.17) stasionar holat uchun esa (4.18) Prigojin prinsipiga muvofiq va minemaldir, demak ham minemal qiymatga ega. Bundan quyidagi xulosa chiqadi; atrof muhit enropiyasining o’zgarishi organizmning stasionar holati saqlanib qolgan holda ham minimumga ega. Tirik sistemalar (hujayra, a’zolar, organizm) ishlab turishiing asosi – difuzion jarayonlar bioximik reaksiyalar, osmotik hodisalarning vahakozo shunga o’xshashlarning yuz berishi sharoitida stasionar holatini quvvatlab turishidan iborat. Tibbiyot va veterinariyada termodinamik davolash usullari keng qo’lla-nilmoqda. Organizmga issiqlik berish bilan bir qancha kasalliklarni davolash mumkin. Buning uchun o’ziga energiyani (issiqlikni) to’plab so’ng asta – sekin beradigan materiallardan foydalaniladi. Masalan: jadvalda shunday moddalar keltirilgan.
Bu usuldan qishloq xo’jalik hayvonlarini davolashda keng qo’llanilmoqda. Masalan: muskullar shamollashida, revmatizmda va hakozo. Parafin va ozekirit 85oС gacha issitilishi mumkin va u kuydirmaydi, chunki tanaga tekkan qismi tezda 45oС gacha sovuydi va issiqlik o’tkazuvchanligi yomonligi sababli ichki qismlar harorati saqlanib asta – sekin tanaga beriladi. Parafin ozekerit yordamida hayvonlarda mastit, genekologik kasalliklari davolanadi. Agar organizm tashqi muhit sharoitlarining o’zgarishida stasionar holatini saqlash imkoniyatiga ega bo’lmasa, bu holatdan chetlashsa, bu uning o’limiga olib keladi, chunki organizm bu vaziyatga moslasha olmaydi, ya’ni sharoitning o’zgarishiga mos holda nisbatan tezlik bilan stasionar holatga kelolmaydi. Harorat har qanday fizik hodisaning asosini tishkil qiladi. Haroratni to’g’ridan – to’g’ri o’lchab bo’lmaydi. Ikki xil shkala mavjud. Selsiy – boshlang’ich nuqtasi muzning eirish nuqtasi O0C va suvning qaynash nuqtasi 1000C. Xuddi shunday absolyut harorat shkalasi boshlang’ich nuqta O .K, ya’ni -273,15oC bitta reper nuqtaga ega.Harorat termometrlar yordamida o’lchanadi. (simobli va spirtli) past harorat medisinada konservasiya (kriogen) uchun ishlatiladi. Anistaziya xossasiga ega bo’lgan sovuq yordamida asab kasalliklariga tegishli bo’lgan odam bosh miyasidagi ayrim hujayralar yadrosini yo’q qilishda ishlatiladi. Masalan: parkinsonizm, mikroxirurgiyada nam to’qimalarning sovuq metallga asboblariga yopishib qolishidan bu to’qimalarning boshqa joyga ko’chirishda foydalaniladi. Kirioterasiya, kirioxirurgiya va shu kabi yangi terminlar yuzaga kelmoqda. XULOSA
Termodinamik jarayonlar ko’plab fizik va biologik hodisilar asosini tashkil qiladi. Issiqlik energiyaning bir turi bo’lib, ayniqsa tirik mavjudod uchun juda katta ahamiyatga egadir. Inson va hayvonlar hayoti faoliyatida haroratning va holatining ozga o’zgarishi uning rivojiga va borlig’iga katta ta’sir ko’rsatadi. Entropiya esa tirik va o’lik mavjudod uchun tartibsizliklar darajasini ko’rsatuvchi energiya o’lchovidir. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling