Ii. Texnalogik qism 8 Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlash 18


Download 0.77 Mb.
bet3/4
Sana05.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1079088
1   2   3   4
Bog'liq
30% osh tuzi ktjq taxt

2- rasm . Trubalarni teshikli panjaralarga mahkamlash usullari
Kipincha, isituvchi trubalar pilat, legirlangan pilat, mis a.ikkita ariqchaga razvalsofka qilish b. bitta ariqchaga razvalsofka qilish d. payvandlash va zarvalsofka qilish e. payvandlash f. ariqchali va tishli payvandlash g. kirish qismini konussimon razvalsofka qilish h. buklash i. kavsharlash j. yelimlash k. salnik bilan zichlash l. portlatib payvandlash m. teshikni konussimon payvandlash n. panjarani tashqi tomondan silliqlash. Bu esa, iz navbatida kirish qismining emirilish oldini oladi. Agar, trubalar tebranish, tsiklik qizishga, temperaturalar katta izgarishi yoki ularning uchlari issiqlik ta`sirida ita isib ketish hollari yuz beradigan bilsa, unda trubalarning uchi albatta teshikli panjaraga payvandlanish zarur. Payvandlash choki chiktirilgan, valik va ariqchada valik holadi, hamda ariqcha va tishli kirinishlarda bilishi mumkin.Odatda, qalin devorli trubalarni payvandlash maqsadga muvofiqdir. Agar, trubalar kuchlanish ostida ishlatiladigan bilsa, portlatib payvandlash tavsiya etiladi. Ushbu usulda trubalarni mahkamlash uchun portlatish zaryad quvvati katta, teshikli panjaraning tashqi yuzasi razzenkovka qilishini va panjara tashqarisiga truba uchlari kip chiqib turishi kerak. Bu usulda truba teshikli panjaraga ita mustahkam holatda biriktiriladi.
Agar, trubaning bir uchi panjaraga quyidagi usulda portlatib payvandlansa, ikkinchi uchi esa portlatib razvalsofka qilinsa, eng yuqori mustahkamlikka erishsa biladi.
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarida truba teshikli panjaraga quyidagi usullarda joylashtirilishi mumkin (3-rasm):
- to`g’ri oltiburchak cho’qqi va qirralari yoki teng yonli uchburchak bo’ylab;
- kontsentrik aylanalar bo’ylab;
- kvadrat cho’qqi va tomonlari bo’ylab;
- shaxmatli ko’rinishda (bir va har xil ko’ndalang qadamli).




3-rasm. Truba teshikli panjarasida trubalarni joylashtirish sxemasi
Hozirgi kunda trubalarni teshikli panjaraga mahkamlashning eng zamonaviy, ilg’or texnologiyasi - bu portlatib valsofka qilishdir. Bunda, portlatuvchi zaryad truba ichida, ya`ni uchida joylashtiriladi. Keyin zaryad kapsula yordamida portlatiladi. Natijada, portlash energiyasi trubani radial yo’nalishda deformatsiya qiladi va teshikli panjara bilan truba mustahkam birikma hosil qilib ulanadi. Bu usuldagi birikma, razvalsofka usuliga qaraganda ancha mustahkamroq bo’ladi. Portlatib payvandlash usulini trubalarni ta`mirlash uchun ham qo’llash mumkin. Trubalarni teshikli panjaraga elektrogidravlik mahkamlash va biriktirish usuli ham mavjud.
Ushbu usullarda trubalarni issiqlik almashinish qurilmasida joylashtirish, qurilmaning ixcham bilish sharti bilan belgilanadi. Undan tashqari, har bir qurilmaga iloji boriga kiproq truba joylashtirishga harakat qilinadi. Kimyo mashinasozligida to`g’ri oltiburchak tomonlari va chiqqalarida trubalarni joylashtirish keng tarqalgan. Bu usul uchun, trubalar sonini aniqlashga
quyidagi formula tavsiya etiladi:
n = 3a ⋅(a −1)+1 (1)
bu erda a - eng katta oltiburchak tomonidagi trubalar soni; v = 2a-1 - eng kata oltiburchak diagonalidagi trubalar soni. Agar, trubalar teshikli panjaraga razval’tsovka usulida mahkamlansa, unda trubalarni joylashtirish qadami t ni, ularning tashqi diametriga dt qarab, ushbu oralikdan tanlanadi:
t= (1.3……1.5 )*dТ (2)
Payvandlab mahkamlashda esa – t = 1,25⋅dT.
Issiqlik almashinish qurilmasining diametri quyidagi tenglamadan topiladi:
D = t ⋅ b −1 + 4dT (3)
Trubalarning uzunligi zarur issiqlik almashinish yuzasi F va trubaning irtacha diametri dur lardan kelib chiqqan holda ushbu formulada hisoblanadi:
(4)
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltkichlarning yinalishi parallel yoki qarama - qarshi biladi.
Issiq eltkich qurilmaning yuqori qismidan trubalararo bo’shliqqa, sovuq eltkich esa, pastki qismidan trubalar ichiga yuboraladi. Natijada, bug’ issiqligini beradi va soviydi, ya`ni kondensatga aylanadi va pastga qarab harakatlanadi. Temperaturasi ortishi bilan sovuq eltkichning zichligi kamayadi va u yuqoriga qarab ko`tariladi. Agar, suyuqliklar sarfi ko’p bo’lsa, ularning tezligi ham yuqori va issiqlik almashinish jarayoni intensiv biladi. Undan tashqari, suyuqliklarning qarama – qarshi yo’nalishida ularning tezliklari bir xilda taqsimlanib, qurilmaning butun ko’ndalang kesimida issiqlik almashinishi o’zgarmas bo’ladi.
Linza kompensatorli issiqlik almashinish qurilmasi. Ushbu turdagi qurilmalar suyuqliklar temperatura farqi katta bo’lganda ishlatiladi. Linzali kompensatorlar temperatura deformatsiyasini bartaraf qiladi. Bu turdagi qurilmalar truba va trubalararo bo’shliqlari bosimlar R ≤ 6⋅106 N/m2 bo’lganda ishlatiladi (4-rasm)

A B
4-rasm.Temperatura kuchlanishlarini kompensatsiya qiluvchi issiqlik almashtirish qurulmalarining tuzilishi
A. Kompensatorli linza 1-qobiq; 2-isituvchi truba; 3-linzali kompensator B. U-simon trubali 1-qopqoq; 2-qobiq; 3-U-simon isituvchi truba
Qo’shaloq trubali issiqlik almashinish qurilmasi. Qurilmaning bir tomonida ikkita teshikli truba panjarasi o’rnatilgan bo’ladi (4-rasm). Teshikli panjara 1 da kichik diametrli ikkala uchi ochiq trubalar o’rami 2 mahkamlansa, panjara 3 da esa, kata diametrli chap uchi yopiq trubalarahkamlanadi. Ichki truba tashqi trubaning o’rtasida joylashishi shart.

5-rasm. Qo’shaloq qobiq trubali issiqlik almasish qurilmasi
1-3-teshikli panjara ; 2-ichki truba; 4-tashqi truba
Muhitlardan biri I qurilmaning ichki 2 va tashqi 4 trubalari hosil qilgan halqasimon bishliq orqali harakatlanib, truba 2 orqali trubalararo bishliqdan chiqarib yuboriladi. Ikkinchi muhit II esa, yuqoridan pastga qarab qurilmaning trubalararo bo’shlig’idan harakat qiladi va truba 4 ning tashqi yuzasini yuvib chiqib ketadi. Bunday qurilmalarda temperatura ta`sirida trubalar bir – biridan bevosita istalgan miqdorda uzayishi mumkin. qishaloq trubali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: sodda, trubalararo bishliqda yuqori bosimlarni qillash mumkin va qarama–qarshi yinalishli qobiq trubali qurilmaga ixshab ishlaydi. Kamchiliklari: oddiy qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmasiga nisbatan ilchami katta va narxi qimmat. qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmalari suyuqlik va kondensatsiyalanayotgan bug’ orasida issiqlik almashinish uchun qillaniladi. Odatda suyuq faza trubalar ichiga yinaltiriladi, bug’ esa trubalararo bo’shliqqa qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: ixcham, metall sarfi kam, U-simon trubali qurilmadan tashqari hamma qurilmalardagi trubalar ichini tozalash nisbatan oson.Truba ichida truba tipidagi issiqlik almashinish qurilmasi bir nechta elementlardan tarkib topgan biladi (6-rasm). Ushbu qurilmalarning truba va trubalararo bishlig’ida yuqori tezliklarga (3,0 m/s gacha) erishsa biladi. Agar, katta yuzalar zarur bilsa, bir necha sektsiyalardan batareya hosil qilish oson va mumkin. Bu turdagi qurilmalarda suyuqliklar sarfi katta va «suyuqlik – suyuqlik», «suyuqlik – bug’» sistemalarida issiqlik almashinish uchun qo’llaniladi.

6-rasm.Truba ichida truba tipidagi bir oqimli issiqlik almashinish qurilmasi
1)Tashqi truba 2) Ichki truba 3) Kalach 4) Potrubka
Har bir element katta diametrli tashqi truba 1 (odatda 25...159 mm) va kontsentrik joylashtirilgan ichki truba 2 (odatda 57...219 mm) lardan tashkil topgan. Sovuqlik eltkich I truba ichida harakatlansa, issiqlik eltkich II trubalararo bishliqda harakatlanadi. Issiqlik almashinish ichki trubaning devori orqali amalga oshadi.
Truba ichida truba issiqlik almashinish qurilmaning afzalliklari: tuzilishi va yasalishi sodda; suyuqliklar tezliklari katta bilgani uchun issiqlik itkazish koeffitsienti yuqori. Kamchiliklari: qipol; metall sarfi kip, trubalararo bishliqni tozalash qiyin. Ajraluvchan konstruktsiyali «truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmalarida, temperatura ortishi bilan tashqi trubalarg bog’liq bilmagan holda, ichki trubalar uzayishi mumkin. Qurilmaning konstruktsiyasi issiqlik almashinish trubalarining ichki yuzasini ifloslik va quyqalardan muntazam ravishda mexanik tozalab turish imkonini yo’qligi.
Bu turdagi qurilmalarda oqimlarning harakat tezligi qobiq-trubali qurilmalarnikiga qaraganda ancha yuqori. Shu sababli issiqlik o’tkazish koeffitsienti va truba yuzasining issiqlik kuchlanishi katta biladi. Undan tashqari, issiqlik almashinuvchi muhitlarni qarama-qarshi yo’nalishda harakat qilishini tashkil etish oson.
Ayrim hollarda, qurilmaning ichki trubalarning tashqi yuzasi qirrali qilib yasaladi. Natijada, issiqlik almashinish yuzasi 4...5 marotaba ortadi. Odatda bu usuldan trubaning birorta muhit harakatlanayotgan tomonida issiqlik berish koeffitsientini oshirish qiyin bilganda (gaz, qovushoq suyuqlik harakatida yoki laminar rejimda) foydalaniladi. Bunday hollarda, qirrali trubalarni qillash, uzatilayotgan issiqlik miqdorini anchaga oshirish imkonini beradi.




6-rasm. Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmasi 1-2-metall listlar; 3-plastina to’siq; 4-qopqoqlar; 5-flanes; 6-qistirma 7-oraliqni belgilovchi bo’lakcha va issiqlik eltgichlar
Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmasi. Bu qurilmalarda issiqlik almashinish yuzasi ikkita yupqa metall list 1 va 2 larni spiral bo’ylab o’rash natijasida hosil bo’ladi (6-rasm). Spirallarning ichki uchlari plastina to’siq 3 yordamida birlashtirilgan. Kanallar yon tomoni qistirma va tekis qopqoq yordamida zichlab yopilgan. Natijada bir-biridan ajrab turuvchi kanallar hosil bo’ladi va ularda qarama - qarshi yo’nalishda suyuqliklar harakatlantiriladi. Kanallarning eni metall list eni bilan belgilanadi. Balandligi esa oraliqni belgilovchi bilakcha 7 ning ilchami bilan aniqlanadi. Tekis qopqoq 4 lar flanets 5 ga boltlar yordamida mahkamlanadi.Issiqlik eltkichlar kirishi va chiqishi uchun tekis qopqoqlarning markazida va spiralning tashqi uchlarida shtutserlar o’rnatiladi. Bu qurilma suyuqlik va gazlar orasida issiqlik almashinish uchun ishlatiladi. Agar, issiqlik eltkich tarkibida qattiq zarrachalar bo’lgan taqdirda ham ushbu qurilmalardan foydalanish mumkin, chunki to`g’ri to’rtburchak shakldagi kanalga tiqilib qolmaydi.
Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari:

  • tuzilish ixcham;

  • gidravlik qarshiligi nisbatan kichik;

  • suyuqliklar tezligi yuqori (1...2 m/s);

  • issiqlik o’tkazish koeffitsienti katta;

  • kam joy egallaydi.

Ushbu qurilma kamchiliklari:

  • yasash, ta`mirlash va tozalash qiyin;

  • yuqori bosim (≥1,0 MPa) da ishlatish mumkin emas, chunki bu bosimlarda zichlanishni ta`minlash qiyin.


7-rasm. Blok-grafitli issiqlik almashinish qurilmasi 1-grafitli blok; 2-vertikal kanallar; 3-gorizontal kanallar; 4-qobiq
Bu turdagi issiqlik almashinish qurilmalaring asosiy elementi parallepiped shaklidagi grafitli blokdir. Unda issiqlik eltkichlar uchun bir-biri bilan kesishmaydigan teshiklardan yasalgan (7-rasm).

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling