Ii. Texnalogik qism 8 Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlash 18


B lok-grafitli issiqlik almashinish qurilmasi


Download 0.77 Mb.
bet4/4
Sana05.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1079088
1   2   3   4
Bog'liq
30% osh tuzi ktjq taxt

B lok-grafitli issiqlik almashinish qurilmasi. Blok-grafitli isitgichlarda grafitning yuqori issiqlik o’tkazuvchanlik [100 Vt/(m·K) gacha] va suyuqlik ta`sirida emirilmasligi tufayli grafitli issiqlik almashinish qurilmalari sanoatning barcha sohalarida ishlatiladigan isitgichlarga nisbatan keng tarqalgan bilib, uning afzalliklarini hech qanday isitgich bilan solishtirib bo’lmaydi. Yon tomonidagi metall plitalar yordamida har bir blokda issiqlik eltkichning ikki yo’lli gorizontal kanallarda harakati tashkil etiladi.
8-rasm. Sirkulyatsion harakatlanuvchi donor qatlamli qurilma
1.2-issiqlik almashinish qurilmasi; 3-shlyuzli tamba; 4-gazoduvka; 5-pnevmotranspotr linyasi; 6-gaz taqsimlagich; 7-separator
O`lchami 350x515x350 mm3 bo’lgan bloklardan yig’ilgan issiqlik almashinish qurilmasining vertikal kanallari bo’yicha eltkich bir yoki ikki yo’lli harakat qilishi mumkin.Vertikal yo’llarning soni qurilmaning pastki va yuqori qopqoqlarining konstruktsiyasiga bog’liqdir. Grafitli issiqlik almashinish qurilmasining ishchi bosimning qiymati 2,9·105 Pa dan oshmasligi kerak. Birinchisida issiqlik eltkichdan oraliq materialga issiqlik uzatilsa, ikkinchisida esa oraliq materialdan texnologik gazga uzatiladi. Qurilma asosan ikkita isitgichdan tuzilgan bo’lib, har bir isitgichning pastki qismida gaz oqimini bir me`yorda uzatish uchun taqsimlagich 6 o’rnatilgan.
Isitgichdan donador materialni uzluksiz ravishda tikish uchun shlyuzli tamba 3 xizmat qiladi. Ikkinchi isitgichdan chiqayotgan sovutilgan donador material pnevmotransport liniyasiga tikiladi. Undan so’ng, havo yordamida bunker - separatorga uzatiladi va u erda zarrachalar cho’ktiriladi va yana qaytadan birinchi isitgichga yuboriladi.

II. Texnalogik qism

2.1 Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlash


Issiqlik almashinish qurilmalarining konstruktsiyasini tanlashda quyidagilarni inobatga olish kerak: qurilma texnologik jarayonga mos bilishi zarur; yuqori samarali, tejamkor va ishlash paytida ishonchli, hamda metall sarfi kam bilishi zarur; ishchi muhitlarda qurilma materiali emirilishga bardoshli bilish kerak. Issiqlik eltkichlar qurilma orqali katta tezlikda o’tsa, issiqlik o’tkazish koeffitsientining yuqori qiymatlariga erishsa bo’ladi. Bunday yuqori qiymatlarni olish uchun issiqlik almashinish yuzasi toza bo’lishi kerak.Agar, suyuqliklar birortasining tezligi oshirilsa, ikkinchi suyuqlik tomonidagi issiqlik berish koeffitsienti ko’payadi. Lekin, issiqlik o’tkazish koeffitsientining sezilarli darajada ko’payishi uchun devor va undagi iflosliklarning termik qarshiligi kichik bilishi kerak. Masalan, agar trubalararo bo’shliqdagi issiqlik berish koeffitsienti trubalar bo’shlig’inikidan juda past bo’lsa, trubalar ichida oqayotgan suyuqlik tezligining isishi issiqlik o’tkazish koeffitsientiga uncha ta`sir qilmaydi. Bu holda trubalararo bo’shliqdagi issiqlik berish koeffitsientini oshirish zarur, ya`ni u erga segment to’siqlar o’rnatish maqsadga muvofiqdir.Qaysi muhitni truba ichiga, qaysi birini trubalararo bishliqqa yo’naltirish muammosini hal etishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
- yuqori issiqlik o’tkazish koeffitsientiga erishish uchun issiqlik berish koeffitsienti kichik bo’lgan muhitni truba ichiga yo’naltirish zarur;
- kimyoviy faol, korrozion muhitlarni truba ichiga yuborish zarur, chunki bunda faqat truba, teshikli panjara va qopqoqlar tegishli legirlangan metalldan yasaladi, ya`ni qobiq, segment to’siq va boshqalar oddiy, uglerodli po’latdan tayyorlanishi mumkin;
- atrof muhitga issiqlik yo’qotilishini kamaytirish uchun temperaturasi yuqori muhitni truba ichiga yuborish maqsadga muvofiqdir;
- cho’kma hosil qiladigan muhitlarni trubalar yuzasi oson tozalanadigan bo’shliqqa yo’naltirish tavsiya etiladi
- bosimi yuqori bo’lgan muhitni truba ichiga yo’naltirish zarur, chunki qobiqdan kira trubalar bosimni yaxshi ushlaydi.
Issiqlik almashinish qurilmasining konstruktsiyasi texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida tanlanadi. Bunda, tayyorlash uchun ketgan asosiy (kapital) va yillik ekspluatatsion sarflar taqqoslanadi. Ayrim hollarda, ekspluatatsion sarflar tejalishi hisobiga sarflar tez qoplansa, asosiy sarflarni ko’paytirish ham mumkin.
Texnologik jarayonlar uchun issiqlik almashinish qurilmasi loyihalanayotganida, hisoblashning asosiy maqsadi, qurilmaning issiqlik almashinish yuzasi va gabarit o’lchamlarini aniqlashdir. hisoblash, birinchi navbatda qurilmaning issiqlik balansini tuzishdan boshlanadi. So’ng, issiqlik balansidan uzatilgan issiqlik miqdori topiladi. Masalan,suv bug’i yordamida biror muhit tb dan tox temperaturagacha isitilayotgan bo’lsa, issiqlik balans ushbu ko’rinishda yoziladi (9-rasm).

(5)
b u erda D=Q/(i″ -i′) - isituvchi bug’ sarfi. Issiqlik o’tkazish koeffitsienti ushbu formuladan hisoblanadi:

9-rasm. Moddiy balans tuzishga oid

(6)


Jarayonni irtacha harakatga keltiruvchi kuchi quyidagi tenglamalardan topiladi:

Yoki

Issiqlik almashinish yuzasi issiqlik o’tkazishning asosiy tenglamasidan aniqlanadi:
(7)
Isitkichdagi trubalar sonini esa, ushbu tenglamadan aniqlash mumkin:

(8)


bu erda dT - trubalar tashqi diametri, m; l – truba uzunligi, m.
Teshikli panjarada trubalar joylashtirish ushbu bobda kirib chiqilgan usullardan birida amalga oshiriladi.
qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmasining diametrini ushbu formulada hisoblab topish mumkin:

(9)
Issiqlik almashinish qurilmasining gidravlik qarshiligi Darsi – Veysbax formulasidan topiladi:

(10)
bu erda λ - gidravlik qarshilik koeffitsienti; l - truba uzunligi, m; d - truba diametri,m; Σξ - mahalliy qarshilik koeffitsientlarining yig’indisi; w – muhit tezligi, m/s; ρ – muhit zichligi, kg/m3. Isitgichning texnologik jarayon uchun yaroqligini bilish uchun tekshiruv hisoblashi o’tkaziladi. Buning uchun quyidagi boshlang’ich ma`lumotlar zarur: F – issiqlik almashinish yuzasi; Q – issiqlik yuklama; muhitlarning qurilmaga kirish va chiqishdagi temperaturalari; w – muhit tezligi va muhitlar fizik parametrlari. Hisoblash davrida quyidagilar aniqlanadi: berilgan issiqlik yuklama va haqiqiy issiqlik almashinish sharoitlaridagi termik qarshilik; zarur bilgan o’rtacha temperaturalar farqi Δt3; mavjud o’rtacha temperaturalar farqi Δtm; qurilmaning ish unumdorlik zahirasi.


Temperaturalarning o’rtacha farqi ushbu formuladan topish mumkin:
(11)
Mavjud o’rtacha temperaturalar farqining zarur o’rtacha temperaturalar farqiga nisbati isitgichning ish unumdorlik zahirasi deb ataladi:
(12)
Zarur o’rtacha temperaturalar farqi issiqlik almashinish qurilmasining o’rtacha ekspluatatsion ishlash sharoitlari va issiqlik almashinish yuzasidan foydalanish koefitsientini hisobga olgan holda aniqlanadi.

2.2 Texnalogik hisoblashlar

Unumdorlik. G=64000kg/soat


Harorati. Tbosh=25℃, Tox=62℃,
Bosim. P=0.034MPa
Yechish;
1.Suv bug’ining kondensatlanish harorati.
Tkon=119.6 ℃
2.Haroratlar ta`sirini tuzamiz.
<2
Δtkat=94.6 Δtkich=57.6
3.Haroratlar ta`sirini o’rtacha farqini aniqlaymiz.
Δto’rt = 0C
Agarda >2 bo’lsa, u holda Δto’rt=
4. Suvning o’rtacha harorati
t2 =tkon-Δto’rt=119.6-76.1=43.5 0C
5.Suvning sarfi berilgan G=64000 kg/soat, uni SI da aniqlaymiz.
G2 =
6. Suvning hajmiy sarfi.
V= m3/s
=995 suvning 36℃dagi zichligi
7.Suvni isitish uchun issiqlik sarfi.
Q=G2∙C(tox-tbosh)=17.8∙4190(62-25)=2759534 Kj/soat
36℃ dagi solishtirma issiqlik sig’imi
8.Isituvchi bug’ning sarfi {7% yo’qotilish bor}
G1 = = =1,34 kg/s
r=2208∙103suvning solishtirma bug’ hosil bo’lish issiqligi.
9.Qurilmani isitish yuzasini maksimal taxminiy qiymati.
Ftax= 2
K=140 BT/(m2∙K)
10.Oqimni harakat rejimini aniqlaymiz.
𝜔= m/s
Re=
=0.728∙10-3 - 36℃ dagi suvning dinamik qovushqoqligi.
11.Trubilent rejim uchun Nussel kriteriyasini aniqlaymiz.
Nu=0.021∙Ee∙Re0.8∙Pr0.43∙(Pr/Prdev)0.251
( Pr/Prdev)0.25=1.05=1 doimiy son Ɛc=1
Pr=C∙µ/λ=4190·0,728·10-3=7.24/0,62=4,91
λ =0.62 BT/(m∙K) Suvning issiqlik o’tkazish koeffitsienti.
12.Nu=0.021∙1323020.8∙4,910.43∙1∙1=520
13.Issiqlik uzatish koeffitsientini topamiz.
Kl=
1=bug’dan devorgacha issiq berish
2=devordan eritmagacha issiq berish
Ɛdev=devorning termik qarshiligi
1=2.02∙Ɛ1 ∙ƐrBt∙( )1/3∙l1/3=2.02∙0.62∙0.6∙1070∙( )1/3∙31/3=13604Bt/(m2∙K)
Ɛ1=0.62 ga teng.
Ɛr=0.6 bug’dagi havo miqdori
Bt=1070-119.6℃dagi suv bug’ining kondensatsiya tenglamasiga bog’liq kattalik
n=trubalar soni. l=trubalar uzunligi.
2= = =7327 Bt/(m2∙K)
14.Devorning termik qarshiligi.
Ɛrdev= r1-suv bug’i tomonidan devordan ifloslanishdagi issiqlik o’tkazish.
5800 Bt/(m2∙K)
r2-eritma tomonidan devordan ifloslanishdagi issiqlik o’tkazish. 5800 Bt/(m2∙K)
δ=0.002m po’latning yemirilishi.
=po’latning issiqlik o’tkazish koeffitsienti.
Ɛrdev= =2578 Bt/(m2∙K)
15. Kl= =1677,8Bt/(m2∙K)
16.Issiqlik almashinish qurilmasini issiqlik almashinish yuzasini topamiz.
F= m2

Standart bo’yicha 1 yo’lli IAQ ni tanlab olamiz.


F=216 m2
D=1200 mm
n=361 ta
l=4 m
St= 3.8*102m2
Sm= 3.1*102m2
Sv*n=2* 102m2

III. Hayot faoliyati xavfsizligi


Mehnat muhofazasi - ish jarayonida inson xavfsizligi, salomatligi va ishqobiliyatini oshirishni ta’minlovchi qonunlar tizimi hamda ularga muvofiqkeladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, gigienik va davolashprofilaktikasi tadbirlari hamda vositalari. Ish joylarida to’liq zararsiz va xavfsiz ishlash uchun sharoit yaratish amaldamumkin emas. Shu sababli mehnat muhofazasining vazifasi zararli va xavfli ishlabchiqarish omillarining ishlovchilarga ta ’sirini eng kam darajaga keltirishga imkonberadigan chora-tadbirlami ko’rishdan, ishchining shikastlanishi oldini olishdan,yuqori mehnat unumdorligiga erishishga yordam beradigan qulay sharoitlamiyaratishdan iborat. Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga ishlab chiqarishda texnika xazfsizligini,uning oldini oladigan tashkiliy chora-tadbirlar va texnika vositalari tizimi. Yongin xavfsizligi - ob’ektda yong’in paydo bo’lish xavfini oldini olish,shuningdek moddiy boyliklami muhofaza qilishdan iborat.Ishlab chiqarish sanitariyasi - ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta ’sirinioldini oladigan chora-tadbirlar va texnika vositalari tizimi. Ishlab chiqarishdagi xavfli omil- ishlab chiqarishda ishlovchilarga muayyan sharoitlarda ta’sir etganda shikastlanishga yoki sog’liqning keskin yomonlashuviga ta’sir etadigan omil. Bunga misol qilib, harakatlanayotgan mashina, traktor, yukko’tarish vositalari bilan ko’tariladigan yuk, mashina va mexanizmlaring muhofazalanmagan aylanuvchan va qaytma-ilgarilanma harakat qiluvchi qismlar(kardanli, zanjirli, tishli, tasmali uzatma)ning harakati xavfli omillar qatoriga kiradi. Ishlab chiqarishdagi zararli omil - ishchilarga ish vaqtida ta’sir etib kasallanishga.yoki ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan omil.Elektr xavfsizligi - kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnitmaydonining zararli hamda xavfli ta’sirida muhofaza qilishhi ta ’minlaydigantashkiliy va texnik chora tadbirlar tizimi.Shikastlanish - ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli ta ’sirlarni natijasidainson organlar yoki teri qoplami fiziologik bir butunligining buzilishi. Shaxsiy himoyalanish vositalari - bir xodimni muhofaza qilish uchunxizmat qiladigan vositalar.Shaxsiy himoyalanish vositalariga ish kiyimi poyafzal,gaz niqoblar, shlemlar, himoya ko’zoynaklari, quloqchinlar va boshqalar kiradi. Kasb kasalligi- kishi organizmiga ish sharoitlarining zarali ta ’siri natijasida kelib chiqqan (surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, har-xil kimyoviy preparatlar bilan zaharlanish) kasallikdir.
Texnik omil - ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalash vaavtomatlashtarish darajasi, boshqaruvda elektron-hisoblash texnikalariniqo’lanilishi, himoyalash vositalarining sozligi va yetarliligi, xavfli doiralaminghimoyalanganligi va boshqalami kiritish mumkin. Sanitariya -gigiena omili - ish joylarining sanitariya holatiga (me’yorlariga javob berish-bermasligi.Ergonomikomil - mashina va uskunalami inson bilan o ’zaro harakatdabo’lganda mashina elementlarining mos kelishi. Bunga texnikani tezlik parametrlarigategishli, ishchi organlardan kelayotgan ma’lumotning hajmi, ish joylarini tashkil etish darajasi, boshqarish organlarining qulay joylashganligi, operator o’rindig’ining konstruksiyasi va boshqalar kiradi. Fizikaviy omillarg a mashina va mexanizmlaming harakatlanayotgan,aylanayotgan yoki siljiyotgan qismlarini, mexanizm bilan ko’tarilayotgan yukni,qattiq shovqin va titrashlami, havoning harorati va namligining yuqori yokipastligini, ish joyining ortiqcha yoki kam yoritilganligini va boshqalami kiritishmumkin.
Kimyoviy omillarga pestasidlar, neft mahsulotlari, mineral o’g’itlar, asetilenishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa gazlarning ta ’siri kiradi. Biologik omillarga mikroorganizmlar, hayvonlar, yuqumli kasallik viruslari,bakteriyalar va ularning ajratgan mahsulotlari, shuningdek zaharli o’simliklarkiradi.Psixo-fiziologik omilga - jismoniy z o ’riqishlami (jismoniy kuch sarflab bajariladigan ishlar) va asabiy-psixik zo’riqishlami - mehnatning bir xilligidanzerikarliligi, aqliy zo ’riqish va boshqalarni kiritish mumkin.Xozirgi vaqtda ishlab chiqarishda inson va mashinaning o'zaro ta’sirito'g'risidagi fan tobora muhim o'rin tutmoqda. Bu fan ergonomika deb ataladi(grekcha ergon - ish, nomos - qonun so'zlaridan olingan). Bu fan nisbatan yaqindapaydo bo'lgan, u mehnat jarayonida inson va har xil texnik qurilmalaming o'zarota’sirini o'rganadi. Ergonomika ikki asosiy fandan: injenerlik psixologiyasi vatexnik estetikadan tashkil topgan.
Ergonomika, shuningdek, mehnatda insonning funktsional imkoniyatlaridan foydalanish yo'llarini o'rganadi. mehnat xavfsizligini va mehnat unumining o'sishini ta’minlaydigan, mehnat qilish uchun qulayliklar yaratadigan, insonning ish qobiliyatini oshirishga, kuchi va sog'lig'ini saqlashga yordam beradigan mehnat sharoitlarini ishlab chiqadi. Bug' qozoni qoplamasining va portlovchan klapanlaming holatini, saqlash klapnlari va manometrlar, suv ko'rsatish jihozlari hamda suv sathi signalizatorlari, qozonxonani ta’minlash, yoritish avtomatik regulyatorlarining benuqson ishlanishi muntazam nazorat qilib turishga alohida e’tibor beriladi. Bosim ostida ishlaydigan idishlari nazorat qilishda ularni remont qilish va ko'zdan kechirishning, armatura hamda xavfsizlik jihozlari ishni tekshirishning qulayligiga, ballonlarda korroziyaga qarshi himoya qoplamalarining va ballonlarning xavfsizligi to'qrisidagi ranglarning mavjudligiga, idishlar qopqoqining holati va mahkamlash detallarining komplektliligiga, idishlami cho'kindi va o'tirindilardan lozalashga oid instruktsiya talablarining bajarilishiga, o'rnatilgan saqlash plastinkalarining ruxsat etilgan bosimga mos kelishiga ahamiyat beriladi. Ishlovchilami changdan saqlaydigan jomakor, respiratorlar, shlemlar, ko'zoynaklar, himoya mazlari bilan ta’minlash. Ish xonalarining havosini changdan tozalash changni maxsus qurilmalarda tutib qolish va to'plash bilan chambarchas bog'liq. Havoni changdan mexanik va elektrofizik usullarda tozalaydigan bunday qurilmalar jumlasiga chang tindirish kameralari, siklonlar. elektr filtrlar, apparatlari, ionli chang tutkichlar, turli filtrlar (gazlamali, moyli, qog'ozli filtrlar) kiradi. Changdan saqlaydigan nisbatan yangi joniakorlar jumlasiga plashchlik polotnodan tayyorlangan shlemli kostyumlar kiradi (GOST 16383-70 va GOST 16384-70).
Xulosa
Kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlar va qurilmalar fanidan jarayon turlarini yani mexanik, gidromexanik, bug’latish, modda almashinish jarayonlarida maxsulotni isitish, sovutishda issiqlik almashinish qurilmalarini ishlash prinsipini , kamchiliklari afzalliklarini o’rganish bilan birga ishlab chiqarish sohalarida qo’llanishni konstruksiyasini issiqlik, material balanslarni gidravlik, mehanik hisoblarni o’rgandim va tahlil qildim.
Men kurs ishini bajarish davomida 30% osh tuzi eritmasini isitish qurilmasini loyhalashni o’rgandim.Mening variyantimdagi boshlang’ich temperaturasi 25 dan 62 ga ko’tarish kerak hisob kitoblarim natijasiga ko’ra qurilmaning taqribiy yuzasi 259m2 chiqdi shundan kelib chiqqan holda qurilmaning haqiyqiy o’lcham va turbalar sonini aniqladim bu hisoblar yuqorida keltirilgan.
Bajargan kurs loyihada fandan kelib chiqib soha yo’nlalishlariga moslash va barcha tenglamalar, hisoblash metodlarini o’rganib kelinmoqda. Bug’latish qurilmalari modda kontsenratsiyasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini yanya bir bor tushundim.Ishlab chiqarish sanoati, qolaversa oziq-ovqat hamda barcha sektorlarda bug’latish qurilmalaridan foydalanilar ekan. Olgan bilim malaka va kunikmalarini ishlab chiqarishga joriy etaman. Shu bilan birga kurs loyixa bajarishimda fanlar aro bog’lanishini tushundim.

Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Yusufbekov N.R., Nurmuhamedov A., R.R. Ismatullayev, Zokirov S.T., Mallayev I. “Kimyoviy va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalarini hisoblash va loyihalash” Toshkent – 2000-yil.

  2. KasatkinA.P. “Oсновные процессы и аппараты химической технологии”. Ximiye – 1973-yil.

  3. Plarovskiy A.N., KagonS.Z. “Процессы и аппараты химической технологии”. Ximiye – 1968-yil.

  4. NurmuhammedovX.S., G’ulomovaN.I., Nig’matjonovS.Q. “Kimyoviytexnologiyaninggidromexanikissiqlikmassaalmashinishjarayonlaribo’yichalabaratoriyaishlari”. ToshkentTexnikauniversiteti – 1989-yil.

  5. DitnerskiyYu. U. дипломной и курсовое проектирование по курсу “Процессы и аппараты химической технологии”. Ximiye – 1986-yil.

  6. Михаил Ф Николай П Алексей И “Расчет и конструрование машин и аппаратов химических производств” 127-160 ст

  7. PavlovX.F., RomonkovP.R., NoskovA.A. “Примеры и задачи по курсу процессы и аппараты химической технологии”

  8. KogetkovN.D. “Холодильная техника” 1998-yil.

  9. NurmuhammedovX.S.,G’ulomovaX.U.,IsmatillayevR.P.Kimyoviy texnologiya jarayonvaqurilmalari” fanidantestlar. Toshkent – 1998-yil.

  10. RizayevN.U., YusufbekovN.R., YusupovM.M. “Основы оптимизации экстракционный и ионообменной технологий”. Toshkent – 1998-yil.

  11. Salimov Z., To’ychiyev I.S. “Ximiya texnologiya protsesslari va apparatlari”. O’qituvchi

  12. Yusufbekov N.R., Nurmuhammedov X., Zokirov S.G. “Kimyoviy texnologiya asosiy texnologik jarayon va qurilmalar”. Toshkent “Sharq”-2003-yil.

  13. GelpirinN.I. “Основные процессы и аппараты химической технологии”. Ximiya – 1991-yil.

  14. N.P.Papov “Выпарные аппараты в производстве минеральных удобрений”. Izdatelstvo “Ximiya” – 1974-yil.

  15. KazakovA.I., KlassenP.V. “Химическая промышленность”, 1986-yil

  16. BeskovV.S., SafronovV.S. “Общая химическая технология и основи промишленной экологии”. – M.: Ximiya, 1999-yil.

  17. TaubmanE.I. “Випаривание”. – M.: Ximiya, 1982. -yil.

  18. ZakgeymA.Yu. “Ввидениe в моделирование химико-технологических процесов”. – M.: Ximiya, 1982. –yil.

  19. Kafarov V. V. Osnovi massoperedachi (Sistemi gaz-jidkost, par-jidkost, jidkost-jidkost). 3-e izd.-M.: Vыsshaya shkola, 1979.-439 s.

  20. Kutepov A. M., Sterman L. S., Styushin N. G. Gidrodinamika i teploobmen pri paroobrazovanii. 3-e izd.-M.: Vыsshaya shkola, 1986.-352 s.

  21. Mankovskiy O. N., Tolchinskiy A. R., Aleksandrov M. V. Teploobmennaya apparatura ximicheskix proizvodstv/Pod red. P. G. Romankova i M. I. Kurochkinoy.-L.: Ximiya, 1976.-367 s.

  22. Pomankov P. G., Frolov V. F. Teploobmennыe protsessы ximicheskoy texnologii.-L.: Ximiya, 1982.-288 s.

  23. Isachenko I. P., Osipova V. A., Sukomel A. S. Teploperedacha.-M.: Energiya, 1975.-480 s.

  24. 24.Qudratov O, G’aniyevT, Yo’ldoshev U. “Hayot faoliyatixavfsizligi” T; 2006

  25. 25. Yormatov G’ “Hayot xavfsizligi” T; 2005-yil


Internet saytlari
http://thermalinfo.ru/svojstvo-gazov/neorganicheskie-gazy/plotons-teopprovodnost-teoploemkost-kisloroda
http://thermalinfo.ru/svojstvo-gazov/neorganicheskie-gazy/plotons-azotovteoploemkost-kisloroda


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling