Ii. Texnalogik qism 8 Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlash 18
Download 0.77 Mb.
|
30% osh tuzi ktjq taxt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
- 1.1 Issiqlik almashinishning qurilmalari
MundarijaKirish 4 1.1 Issiqlik almashinishning qurilmalari 5 II. Texnalogik qism 18 2.1 Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlash 18 2.2 Texnalogik hisoblashlar 22 III. Hayot faoliyati xavfsizligi 26 Foydalanilgan adabiyotlar 30 KirishOxirgi o`n yil ichida kimyoviy tеxnologiya, oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda kеskin o`zgarishlar ro`y bеrib, yangi tеxnologiyalar amalda qo`llanib, rivojlanish boshlandi. Bunday o`zgarishlar jarayon va qurilmalar fanini yanada yuqori darajaga ko`tarilishiga sababchi bo`ldi. Ushbu fanning bunday yuqori saviyaga ko`tarilishiga hisoblash tеxnikasining gurkirab rivojlanishi ham o`z xissasini qo`shdi, chunki u jarayon va qurilmalarni o`rganish, modеllashtirish va hisoblash ishlarini misli ko`rilmagan imkoniyatlarini yaratdi. Har bir jarayonni o`rganishda uning statikasi va kinеtikasiga, ya'ni o`rganilayotgan sistеmaning muvozanat nisbatlari va jarayon mеxanizmiga alohida e'tibor bеrish zarur. Bu fan asnosida ko’plab yangidan-yangi ixtirolar va yangi inavatsion loyihalarni amalga oshirish va uni targ’ib qilish mumkin. Shu o’rinda ona shahrimiz Navoiy ni olsak bo’ladi. O’zbekistonning iqtisodiy poytaxti sanalmish ushbu viloyatda kimyo sanoatiga oid bo’lgan zavod va fabrikalar talaygina. Bu sohada ish yuritayotgan har bir xodimga aloxida o’quv kurslari ochilib ularni bilimli va malakali qilish tog’risida turli qarorlar qabul qilingan va ularni har gal qayta o’qitishganda yangidan-yangi bilimlar berilmoqda. I. Nazariy qism 1.1 Issiqlik almashinishning qurilmalariMa`lumki, sanoatning turli sohalarida xilma-xil xom-ashyo va mahsulotlarni qayta ishlashda issiqlik almashinish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi qurilmalar juda keng miqyosda qillaniladi. Jarayonlarni o’tkazish shartlari va qurilmalarni qillash sohasiga qarab, issiqlik almashinish qurilmalarning tuzilishi turlicha biladi.Ishlash prinsipi qarab issiqlik almashinish qurilmalari sirtiy (rekuperativ), regenerativ va aralashtiruvchi (gradirnya, skrubber, aralashtiruvchi kondensator va h.) qurilmalarga bilinadi. Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltkichlar devor bilan ajratilgan bilib, ularda bir muhitdan ikkinchisiga issiqlik ushbu devor orqali uzatiladi.Konstruktsiyasiga Ko’ra sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari qobiq - trubali, zmeevikli, plastinali, spiralsimon, qirrali, g’ilofli, blok-grafitli va maxsus issiqlik almashinish qurilmalariga bilinadi. Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi galma-gal issiq va sovuq eltkichlar bilan yuvilib turadi. Agar, issiqlik almashinish yuzasi issiq eltkich bilan yuvilib tursa, muhitning issiqligi hisobiga siydi, sovuq eltkich bilan yuvilganda esa - iz issiqligini beradi. Shunday qilib, issiqlik almashinish yuzasi issiqlik eltkichning issiqligini yig’ib oladi, sing esa sovuq eltkichga beradi. Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikkala eltkich bevosita o’zaro aralashuvi paytida issiqlik almashadi. Issiqlik almashinish turiga ko’ra qurilmala isitgich, bug’latkich, sovutkich va kondensatorlarga ajratiladi, Temperaturasi yuqori bo`lgan jismdan temperaturasi past jismga issiqlikning o`z-o`zidan, qaytmas o`tish jarayoniga issiqlik almashinish deyiladi. Jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi, bu har xil temperaturali bo`lgan jismlarning temperaturalar farqidir. Termodinamikaning 2-qonuniga binoan, issiqlik har doim temperaturasi yuqori jismdan temperaturasi past jismga o`tadi. Issiqlik (issiqlik miqdori) – bu issiqlik almashinish jarayonining energetik xarakteristikasi bo`lib, jarayon mobaynida uzatilgan yoki olingan energiya miqdori bilan belgilanadi. Issiqlik almashinish jarayonida ishtirok etuvchi jismlar issiqlik tashuvchi eltkich yoki issiqlik eltkich deb nomlanadi. Issiqlik o`tkazish – issiqlik energiyasining tarqalish jarayonlari to`g`risidagi fan. Issiqlik almashinish jarayonlariga isitish, sovitish, kondensastiyalash, bug`lanish va bug`latishlar kiradi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun mo`ljallangan qurilmalar issiqlik almashinish qurilmalari deb ataladi. Ma’lumki, issiqlik almashinish jarayonlarida kamida 2 ta turli temperaturali muhitlar ishtirok etadi. O’z issiqlik energiyasini uzatuvchi, yuqori temperaturali muhit - issiqlik eltkich deb atalsa, issiqlik energiyasini qabul qiluvchi past temperaturali muhit esa-sovuqlik eltkich deb ataladi. Issiqlik va sovuqlik eltkichlar kimyoviy bardoshli bo`lishi, qurilmalarini emirmasligi va uning devorlarida qattiq, g`ovak, quyqa hosil qilmasligi kerak. Shuning uchun, issiqlik yoki sovuqlik eltkichlarni tanlashda jarayon temperaturasi, narxi va ularni qo`llanish sohalari kabi ko`rsatgichlarga katta ahamiyat berish kerak.Temperaturasi turli bo`lgan muhitlar orasida issiqlik o`tkazish turg`un va noturg`un sharoitlarda amalga oshishi mumkin. Turg`un jarayonlarda qurilmaning temperatura maydoni vaqt o`tishi bilan o`zgarmaydi. Noturg`un jarayonlarda esa, vaqt o`tishi bilan temperatura o`zgaradi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda jarayonlar turg`un boradi, uzlukli (davriy) ishlaydigan qurilmalarda esa – jarayonlar noturg`un b o`ladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling