Ii yorug’likning kombinatsion sochilishini spektrlar bo’yicha molekulyar analizi. Kombinatsion sochiluvchi yorug’likning spektroskopiya texnikasi. Spektral apparat. Umumiy tavsilot


Download 43.96 Kb.
bet7/13
Sana20.01.2023
Hajmi43.96 Kb.
#1103275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
optika tarjima

Suyuq namuna uchun idishlar.
Oldin aytib o’tilganidek, sochilgan yorug’lik intensivligi uyg’otuvchi nurlanish intensivligidan ancha past. Shuning uchun spektrografga begona nurlanishlarni tushishiga qarshi choralarni ko’rish kerak, ular moddadan sochilgan yorug’lik bilan birga, simob lampasidan chiquvchi nurlanishlardir. Parazit nurlanish manbasi sifatida o’rganilayotgan namuna solingan idish ham bo’lishi mumkin. Shuning uchun ishchi idishga quyidagi talablar qo’yiladi:

  1. Ishchi qism tirnalmagan, pufakchasiz shishadan tayyorlangan bo’lib unda choklar bo’lishi mumkin emas.

  2. Lampa yorug’ligini spektrografda akslanishidan saqlash maqsadida ishchi qismning orqa tarafi bukilgan shox formasiga ega bo’lishi kerak(130,136rasm). Bukilgan qism qora lak bilan bo’yaladi. Bukilish juda ham kuchli bo’lishi kerak emas. Bunday shoxning roli chunarli: ya’ni, idish devorlaridan qaytgan yorug’lik nurlari bir necha martalab qaytishdan so’ng, idishning qoraga bo’ylagan bukilgan qismida deyarli yutilib ketadi. Yassi oynacha yo’nalishida esa idish devorlarida sochilgan nurning sezilmas darjasi yetib kela oladi. Shunday qilib, o’rganilayotgan moddandagi yorug’lik sochilishi deyarli qora fonda kuzatiladi.

  3. Asosiy talablardan birini sochilgan yorug’lik yo’lida joylashgan optik detallardan biri bo’lib xizmat qiluvchi idish oynachasiga qo’yiladi. U bir jinsli bo’lishi lozim, bundan tashqari yassi va tirnalmagan, hamda darz ketmagan bo’lishi kerak. Idish o’qiga nisbatan qiyshayishlarga ham yo’l qo’yilmaydi.

Oynachalrning ustki qismining sifati, unga qiya ravishda to’g’ri chiziqlarni tushirib ko’rib, aksini ko’rish orqali tekshiriladi(misol uchun, oynalarni biriktirishda). Agar ustki qism qavariq yoki botiq bo’lsa, qaytgan chiziqlar qiyshiq bo’ladi.
Parazit nurlar miqdorini sezilarli kamaytirish uchun yoritkich va kondensorli linzalarni spektrograf tirqishiga nisbatan mos ravishda joylashtirish orqali erishish mumkin.
136-rasmda sifatli va miqdoriy molekulyar analiz uchun ishlatiladigan idish formalari keltirilgan. Idishlar 7-10ml hajmli suyuqliklar uchun mo’ljallangan. Idishning chiziqli qizmi 100mm. ichki diametr 6-8mm. 136a rasmdagi birinchi idish odatdatoza etalon moddalar uchun ishlatiladi; ikkinchi idish 136 b)-o’rganiladigan fraksiyalar uchun ishlatiladi. Miqdoriy analizlar bajarilayotganda, ham namunaviy, ham etalon moddalar bir xil ishchi uzunlikka, va iloji boricha bir biriga yaqin bo’ldan diametrga ega bo’lgan idishlarda bo’lishlari kerak.
136-rasm a-etalon uchun kyuveta, b- namuna uchun kyuveta, v-kichik miqdordagi moddalarni o’rganish uchun kyuveta.

Bazi bir xollar bilan bir qatorda, kombinatsion sochilishni o’rganish vaqtida o’rganilayotgan moddaning miqdori kamligi bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar tug’ilib qoladi, misol uchun, deyterlangan moddalarda. Adabiyotlarda bir necha o’nlab kub santimetr hajmli sochiluvchi idish kontruksiyalari berilgan. Silindrik kyuvetalar bilan bir qatorda kvarsdan eritilib yasalgan yassi kyuvetalardan ham foydalaniladi(136v rasm). Kam miqdorli moddalar bilan ishlanayotgan vaqtda sochiligan yorug’lik oqimini kattalashtirish maqsadida odatda kyuveta ichidagi bir necha martalab akslanishdan foydalaniladi(65paragraf).




Download 43.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling