92. Chivin, bo’ka, so’na qaysi turkumga mansub?
A)pardaqanotlilar B)to’g’ri qanotlilar
C)qo’sh qanotlilar D)teng qanotlilar
E)chala qattiqqanotlilar
93. Odam va hayvonlarning qonini so’radigan parazit hasharotlar qaysi qatorda berilgan?
1)bit; 2)burga; 3)chivin; 4)to’shak qandalasi.
A)1,2,3,4 B)2,3,4 C)2,3
D)3,4 E)1,3
94. Hasharotlarning qoni ... ni tashishda ishtirok etmaydi.
A)kislorod, karbonat angidrid
B)oziq, zaharli moddalar
C)oziq, kislorod
D)karbonat angidrid, suv
E)zaharli oziqlar, suv, kislorod
95. Tanasining bosh, ko’krak, qorin bo’limlaridan iboratligi, oyoqlarini uch juftliligi, traxeya bilan nafas olish kabi xarakterli belgilar qaysi hayvonlarga xosligini toping.
A)qisqichbaqasimonlar B)o’rgimchaksimonlar
C)hasharotlar D)yumshoqtanlilar
E)qo’shqanotlilar
Do'stlaringiz bilan baham: |