Iii- chorak 47 dars Mavzu: oksidlarning olinishi va xossalari. I. Darsning maqsadi: Talimiy maqsadi


Download 60.5 Kb.
bet3/3
Sana09.01.2022
Hajmi60.5 Kb.
#260414
1   2   3
Bog'liq
Dars ishl kimyo OKSIDLARNING OLINISHI VA XOSSALARI.

VII. Yangi mavzu bayoni

Mavzuni bayon etishda mavzuga oid slayd namoyish qilinadi oksidlarning olinishiga oid reaksiya tenglamalari doskaga yoziladi



    1. Oddiy moddalarning kislorod bilan ta’sirlashishi ( yonishi) natijasida

4 Al + 3O2 = 2 Al2O3

C+ O2 = CO2



    1. Murakkab moddalarning kislorod bilan o’zaro ta’sirlashishi ( yonishi) natijasida

CH4 + 2O2 = CO2 +2 H2O

2H2S + 3O2 = 2SO2 +2 H2O



    1. Murakkab moddalarning parchalanishi natijasida

a) tuzlarning CaCO3 = CaO + CO2

b) kislotalarning H2SiO3 = H2O + SiO2

v) asoslarning Cu(OH)2 = CuO + H2O

4. Bazi boshqa reaksiyalar natijasida

K2CO3 + SiO2 = K2 SiO3 + CO2

SiO2 + 2Mg = 2 MgO + Si

Kimyoviy xossalari:

1.Ishqoriy va ishqoriy -yer metallarning oksidlari suv bilan ta’sirlashib suvda eriydigan asoslar ( ishqorlar) hosil qiladi.

Na2O + H2O = 2NaOH

CaO + H2O = Ca(OH)2

2 Ba’zi metalmaslarning oksidlari suv bilan ta’sirlashib kislotalar hosil qiladi.

SO2 + H2O = H2SO3 P2O5 + H2O = H3PO4

3. Metallarning oksidlari kislotalar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi.

ZnO + HCl = ZnCl2 + H2O

BaO + 2 HNO3 = Ba(NO3)2 + H2O

4. Metalmaslarning oksidlari asoslar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi.

SO3 + 2NaOH = Na2SO3 + H2O

P2O5 + 3 Ca(OH)2 = Ca2(PO4)3 + 3 H2O

5. Metallarning oksidlari metalmaslarning oksidlari bilan ta’sirlashib tuz hosil

qiladi.


CaO + SO2 = CaSO3 BaO + CO2 = BaCO3

Vatman qog’ozga chizilgan jadval asosida oksidlarning ba’zi hossalarini tushuntirish





Oksidlarning

hossalari



OKSIDLAR

Asosli

Kislotali

Amfoter

Agregat holati

Qattiq

Qattiq,suyuq, gaz

Qattiq

Gidrooksidlarining harakteri

Asos

Kislota

Kislota –asos hossalarini namoyon qiladi

Ishqor bilan ta’sirlashishi

Ta’sirlashmaydi

Ta’sirlashib tuz hosil qiladi

Ta’sirlashib tuz hosil qiladi

Kislota bilan ta’sirlashishi

Ta’sirlashib tuz hosil qiladi

Ta’sirlashmaydi

Ta’sirlashib tuz hosil qiladi

Oksidlar bilan ta’sirlashishi:

  1. asosli oksid

  2. kislotali oksid

Ta’sirlashmaydi

Ta’sirlashib tuz hosil qiladi


Ta’sirlashib tuz hosil qiladi
Ta’sirlashmaydi

Ta’sirlashib tuz hosil qiladi
Ta’sirlashib tuz hosil qiladi



Mavzuni mustahkamlash: “Eng – eng faollar” tanlovini o’tkazish

Yangi mavzuga oid misollar, faollashtiruvchi topshiriqlar berib boriladi, har bir topshiriqda tanlov e’lon qilinadi

1.Tarkibidagi kislorodning massa ulushini toping: “Eng chaqqon” (Mustaqil topshiriqlar beriladi, tez va to’g’ri bajarib kelish)

K2O, Na2O, NO, MnO2


2. Reaksiya tenglamasini davom ettiring: .“Eng zukko”

a) KOH + H2SiO3 = … + …

b) NaOH + MgSO4 = … + …
v) CaCO3 ______ …+ …

3. Quyidagi sxema bo’yicha reaksiya tenglamasini yozing. “Eng bilimdon ”

a). Oksid + oksid = tuz.

b). Asos = oksid + suv.


v). 3 valentli metall + kislorod = oksid

4. Kichik test “Eng bilimdon”

1. Asosli oksidni belgilang.

A. CuO. B. SO3. D. K2O E. Al2O3


2. Asos hosil qila oladigan oksidlar qatori qaysi?

A. CuO, SO2, N2O, MgO.

B. Na2O, CaO, BaO, K2O.

D. CO2, SO3, NO, FeO.

E. P2O5, SiO2, ZnO, N2O3.
3. O’rin olish reaksiya tenglamasini belgilang.

A. CaO + H2 O= Ca(OH)2 B. CaCO3 = CaO + CO2

D. CuCl2 + Fe = FeCl2 + Cu. E. 2K + 2H2 O= 2KOH + H2
4. Maktab laboratoriyasida kislorod qaysi moddalardan olinadi?

1. Havo 2. KMnO4 3. FeO 4.KClO3 5. N2O 6. SO3

A. 2 va 5 B. 1 va 3 D. 2 va 4 E. 5 va 6
5. Kislorod qaysi elementlar bilan reaksiyaga kirishadi?

1 Na. 2 Ag. 3 P. 4 Au. 5 N. 6 S. 7 Pt. 8 Al.

A. 1, 3, 5, 6, 7. B. 1, 3, 5, 6, 8. D. 1, 2 ,4, 6, 7. E. 3, 4, 6, 7, 8.

5. Jadval asosida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan reaksiya tenglamasini yozing. “Eng topqir”




Moddalar

SO3

SiO2

BaO

CaO

Al2O3

ZnO

H2O



















H2SO4



















NaOH


















Tanlov g’oliblari uchun savollar .“Eng zukko va bilimdon ”


Aqliy hujum

1-savol. Murakkab moddalar necha xil bo’ladi? Misol yozing.

2-savol. Oksidlar deb nemaga aytiladi? Misol yozing.

3-savol. Oksidlar necha xil bo’ladi? Misol yozing.

4-savol. Qanday metallarni bilasiz? Misol yozing.

5-savol. Doskada yozilgan metallarga mos keluvchi oksidlarning formulalarini kim yozib beradi?

6-savol. Qaysi metal ll va lll valentli oksid hosil qila oladi? Misol yozing.

7-savol. Suvda erib ishqor hosil qiladigan oksid? misol keltiring

8-savol. Qaysi metallar amfoter oksidlarni hosil qiladi? Misol yozing.

9-savol. Doskada yozilgan SiO2, Al2O3 oksidlarning tuzilish formulalarini kim yozib bera oladi?

10-savol. Na2O + H2O = 2NaOH reaksiya turini ayting
Eslatma : Dars davomida yaxshi qatnashgan o’quvchilar to’plagan doirachalardagi ballarni hisoblab, o’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.

Uyga vazifa berish.

Mavzuni o’qib kelish. darslikdagi 2-va 4- misollarni ishlash.



Qiyidagi asoslar Na2O, CaO,SO2, NO, FeO, P2O5, tarkibidagi elementlarni foiz miqdorini aniqlang, qaysi birida kislorodning miqdori ko’p?
Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling