Iii analitik guruh kationlarining umumiy tavsifi va guruh reagent ta’siri


Download 85.1 Kb.
bet2/16
Sana18.06.2023
Hajmi85.1 Kb.
#1591658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Dildora

Sifat analizi — analitik kimyoning asosiy boʻlimlaridan biri; analiz qilinayotgan modda yoki moddalar aralashmasidagi elementlar, radikallar, funksional guruxlar va birikmalarni kimyoviy, fizikkimyoviy, fizikaviy aniklash va identifikatsiyalash usullari majmui. Sifat analizining muhim tavsifli usullari: 1) oʻziga xoslik (selektivlik) — qidirilayotgan elementni boshqa element ishtirokida aniklash usuli va 2) sezgirlik — nihoyatda oz miqdordagi elementni, yaʼni bir tomchi (0,01—0,03 ml) eritmadagi elementni aniklash. Sifat analizining hozirgi usullarida sezgirlik 1 mkg ga boradi. Anorganik moddalarning klassik Sifat analizi "quruq" yoki "hoʻl" usulda olib boriladi. Sifat analizining "quruq" usuli bir oz miqdorda bura (tanakor) yoki "fosfor tuzi" (NaNH4HPO4 4H2O) qoʻshib tekshirilayotgan modda kukuni (odatda, metall tuzlari yoki oksidlari) qizdirilganda gaz gorelkasi alangasi rangining oʻzgarishiga va rangli shishasimon qotishmalar hosil boʻlishiga asoslangan. Sifat analizining "hoʻl" usuli makro,"yarim makro", "yarim mikro", mikro va ultramikro usullarga asoslangan.
Miqdor analizi, miqdoriy analiz - analitik kimyoning asosiy boʻlimlaridan biri; tekshirila-yotgan namuna tarkibidagi komponentlar miqdori (massasi, konsentratsiyasi va shahrik.) yoki miqdoriy nisbatlarni aniqlash usullari. Komponentlar sifatida atomlar, molekulalar, izotoplar, funksional guruhlar, fazalar va shahrik. boʻlishi mumkin. Analiz qilish uchun olingan moddaning miqdoriga koʻra, makrousullar (namuna massasi 0,1 g dan ortiq), yarim mikro-usullar (0,01—0,1 g), mikro usullar (0,001—0,01 g), submikrousullar (0,1– 1 mg) va ultramikro usullar (0,1 mg dan kam) farq qilinadi. Analiz qilinayotgan modda komponentlarini namuna tarkibidagi miqdoriga koʻra, shartli ravishda asosiy (massasiga nisbatan 1 — 100%), asosiy boʻlmagan (0,01 — 1%) va iz yoki qoʻshimchalarga (0,01% dan kam) boʻlinadi.

I-bob. Asosiy qism.
Sifat analizida kation va anionlar aniqlanadi. Kation–musbat zaryadli ion, anion–manfiy zaryadli ion. Kation va anionlarni aniqlash uchun asosan analitik reaksiyalardan foydalaniladi. Analitik reaksiya deb element, ion yoki molekulani ajratib olish, aniqlash va miqdorini aniqlash uchun ishlatiladigan reaksiyaga aytiladi. Analitik reaksiyalar o`z navbatida xususiy reaksiyalar (sezgir reaksiyalar) deb ham nomlanadi. Analitik reaksiyalarni amalga oshirishning quyidagi shartlari mavjud: cho`kma tushishi, gaz ajralib chiqishi, muhit rangi o`zgarishi va h. z. Analitik reaksiyalarni amalga oshirishga yordam beruvchi moddalar reagentlar yoki reaktivlar deb ataladi.
Kimyoviy o`zaro ta`sir xususiyatiga qarab reaksiyalar 4 guruhga bo`linadi: kislota–asosli (protolitik) reaksiyalar, cho`ktirish reaksiyalari, kompleks hosil qilish reaksiyalari, oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari. Qo`llanilish sohalariga qarab analitik reaksiyalar 3 guruhga bo`linadi: ajratib olish reaksiyalarianiqlash reaksiyalari, miqdoriy aniqlash reaksiyalari.
Sifat analizi ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: quruq va ho`l usullar. Quruq usulda aniqlanayotgan modda alangada yoqib ko`riladi, alanga rangi bo`yicha solishtirib aniqlanadi. Ho`l asosda modda eritiladi, hosil bo`lgan eritma analitik reaksiya yo`li bilan aniqlanadi.

Download 85.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling