Iii analitik guruh kationlarining umumiy tavsifi va guruh reagent ta’siri


Kationlarning vodorod sulfidli analiz metodi bo’yicha


Download 85.1 Kb.
bet4/16
Sana18.06.2023
Hajmi85.1 Kb.
#1591658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Dildora

Kationlarning vodorod sulfidli analiz metodi bo’yicha
Klassifikatsiyasi
2-jadval

Guruh

Kationlar

Guruh reagenti

Birikmalarining eruvchanligi



I-guruh



K+, Na+,
NH4+, Mg2+





Mavjud emas

Sulfidlar
karbonatlar, xloridlar va gidroksidlar suvda eriydi

II-guruh

Ba2+, Sr2+,
Ca2+

(NH4)2S; pH=9,25
NH3 H2O+NH4Cl

Karbonatlar suvda erimaydi

III-guruh

Fe2+, Fe3+,
Cr3+, Al3+,
Mn2+, Ni2+,
Zn2+, Co2+



(NH4)2S;
NH3 H2O+NH4Cl
pH=8-9



Sulfidlar suvda erimaydi lekin
Suyultirilgan mineral kislotalarda eriydi

IV-guruh

Cu2+, Hg2+,
Bi3+, Sn2+,
Sn4+, Sb3+,
Sb5+, As3+,
As5+



H2S, HCl,
pH=0,5



Sulfidlar suvda va suyultirilgan mineral kislotalarda erimaydi

V-guruh

Ag+, Pb2+,
Hg22+


HCl



Xloridlar suvda va suyultirilgan kislotalarda erimaydi

Aniqlanishi kerak bo'lgan ionlami o'ziga xos (spetsifik) reaksiyalardan foydalanib tekshirilayotgan eritmaning alohida ulushlaridan bevosita aniqlash bo’lib -b o’lib analiz qilish deyiladi. Lekin hamma ionlar uchun xos reaksiyalar yo'q. Ayrim ionlar ikkinchisini topishga xalaqit beradi. Masalan, Ba2+ ioni Ca2+ nitopishga xalal beradi. Bunday hollarda har bir alohida ionni ma’lum ketma-ketlikda aniqlash reaksiyalarini ishlab chiqishga to'g'ri keladigan usulidan foydalaniladi. Bunda har bir ionni topishdan oldin uning topilishiga xalaqit beradigan boshqa hamma ionlar oldindan topiladi va eritmadan ajratiladi. Yuqoridagi misolda agar eritmada Ba2+ va Ca2+ ionlari bo'lsa, cho'kmani sentrifugalab, Ba2+ ionini to'liq cho'ktirib ajratib tashlanadi. Buning uchun Ba2+ ioni uchun xos reaksiya, ya’ni K2Cr207 bilan


sariq cho'kmani hosil bo'lishidan foydalaniladi. Cho'kmadan ajratib olingan eritmaga yana ozgina reagent qo'shiladi. Agar cho'kma qaytadan hosil bo'lmasa, eritmada Ba2+ ioni qolmagan bo'ladi va undan Ca2+ ionini (NH4)2C204 ta’sirida topish mumkin. Oq CaC204 cho'kmasining hosil bo'lishi eritmada Ca2+ ioni
borligini bildiradi:
Ca2+ + (NH4)2C204 = CaC204+ 2NH4+
Demak, sistematik analiz qilishda ayrim ionlami topish reaksiyalari bilan bir qatorda, ularni bir-biridan ajratish reaksiyalarini o'tkazishga to'g'ri keladi. Ajratish reaksiyalarida ko'pincha ajratilayotgan ionlar hosil qiladigan o'xshash birikmalarning eruvchanligi bir-biridan farq qilishidan foydalaniladi. Masalan, Ba2+ ionini Ca2+ ionidan ajratish. ВаСrO4 va CaCr04 eruvchanliklarining har xilligiga va hokazolarga bog’liq.

Download 85.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling