Ftordan boshqa VII bosh guruhcha elementlari ya’ni Cl (xlor), Br (brom), I (yod), At (astat) qo’zg’algan holatga o’tishi hisobiga 1, 3, 5, 7 valentli bo’ladi. Oksidlanish darajasi esa -1, +1, +3, +5, +7 bo’ladi. VIII bosh guruhcha elementlarining tashqi pog’onasi to’lgan. Shuning uchun He (geliy), Ne (neon), Ar (argon) umuman valentlik namoyon qilmaydi. Qo’zg’algan holatga o’tishi hisobiga Kr (kripton), Xe (ksenon), Rn (radon) larning 2, 4, 6, 8 valentli birikmalari olingan. Qo’shimcha guruhchalar elementlari valentlik namoyon qilishda avvalam bor tashqi pog’onasidagi s-elektronlari qatnashadi. So’ngra tashqi pog’onadan bitta oldingi pog’onadagi d-elektronlari ham qatnashadi. Ular o’zgaruvchan valentlik namoyon qiladi. Elementlarning eng yuqori valentligi guruh raqamiga teng (mis va oltindan tashqari). Cu (I qo’shimcha guruhchada joylashgan) 1 va 2 valentli, Au (I qo’shimcha guruhchada joylashgan) 1 va 3 valentli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |